Ikki mayyitga bir janoza o‘qisa bo‘ladimi?
Savol: Bir masjidda ikkita mayyitga bitta janoza o‘qildi. Shu to‘g‘rimi?
Javob: Ikki-uch mayyit to‘planib qolsa, ularga bitta janoza o‘qisa bo‘ladi. Ammo ularning janozalari alohida-alohida o‘qilsa yaxshiroqdir. Qaysi biri avval kelsa, shunisiga birinchi o‘qiladi. Agar teng kelib qolsa, marhumlardan fazilatli kishining janozasi oldin o‘qiladi. Qolganlari ham fazilatiga qarab navbati bilan o‘qiladi.
Imom bir necha mayyitning janozasini birdaniga o‘qimoqchi bo‘lsa, har bir mayyitning ko‘ksi imomning ro‘parasiga to‘g‘rilab qo‘yilgan holda saf qilinadi, keyin janozalari o‘qiladi. Bunda ham tartibga rioya qilinadi: imomga yaqin joyga avval erkak, keyin o‘g‘il bola, so‘ngra xunasa va keyin ayol mayyiti qo‘yilib, janozasi o‘qiladi.
Agar zarurat yuzasidan bir necha mayyit bir qabrga ko‘miladigan bo‘lsa, janozada qo‘yilgan tartibning aksicha bo‘ladi: qibla tomonga erkaklar, o‘g‘il bolalar, keyin ayollar qo‘yiladi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.