background
logotype
image1 image2 image3

Saflarning hukmi qanday?

SavolNamozda saflarning tekis bo‘lishi zarurligini bilamizAmmo yaqinda safdagilar quloq qoqib (takbiri tahrima aytibbo‘lganidan keyin orqadagi kishi oramizga yorib kirib oldiikkiyondagi kishi beixtiyor siljib ketdiShu to‘g‘rimi?

JavobJamoat namozining shartlaridan biri saflarning tekis va jips bo‘lishidir. Saflar imom orqasidan boshlab o‘ng va chap tomonga teng qilib to‘ldirib boriladi. Birinchi saf to‘lgach, ikkinchisi, uchinchisi va keyingi saflar mazkur tartibda to‘ldirib boriladi. Avvalgi safda ochiq (bo‘sh) joy turib, keyingi safda namoz o‘qish makruhdir. Namoz boshlanmasdan oldin saflarni jips qilib olish kerak. Safda ochiq joy qoldirmaslik lozimligidan namozni boshlagach, o‘zi turgan safdan oldingi qatorda ochiq joy borligini ko‘rgan kishi uni to‘ldirish uchun yurib o‘tsa, namozi buzilmaydi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam namozda saflarni jips va tekis qilishni buyurganlar («Zaxira»).

Saflarning jipsligi miqdori namozxonlar yelkalarining bir-biriga tegib turishidir. Shu miqdorda jips bo‘lgan safga suqulib kirgan kishi o‘zgalarga ozor yetkazgan bo‘ladi. Bu mumkin emas. Shuning uchun jamoat namozida sajda holida tirsaklar tizza to‘g‘risida tutiladi. Har qanday holatda ham musulmonlarga ozor yetkazish harom bo‘lganidan Payg‘ambarimiz alayhissalom shunday marhamat etganlar: «Musulmonlarga ozor yetkazishdan qo‘rqib birinchi safda turmagan kishiga birinchi safning savobi ikki hissa qilib beriladi» («Durrul-muxtor», «Fatovoi Olamgiriyya»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.