Juma namozi xutbalari
Savol: Allohga shukrki, yaqindan juma namozini ado eta boshladim. Juma namozi masalalari haqida ma'lumot bersangizlar.
Javob: Juma namoziga ikki marta azon aytiladi. Birinchi azon juma vaqti kirganida aytiladi. Bu azondan so‘ng to‘rt rakat sunnat namozi o‘qiladi. So‘ng imom minbarga chiqadi va uning qarshisida ikkinchi azon aytiladi. Bu azondan so‘ng imom minbarda tik turib, qavmga qarab ikkita xutba o‘qiydi. Ikki xutba o‘rtasida uch oyat miqdori o‘tiradi. Ikkinchi xutba tugagach, muazzin namoz uchun iqomat aytadi va bomdodning ikki rakat farz namozi kabi ikki rakat farz namozi o‘qiladi. So‘ng yana to‘rt rakat sunnat namozi o‘qiladi. Shu bilan juma namozi tugaydi.
Xutba o‘qigan kishi jumaning farz namoziga imom bo‘lishi lozim. Xutbani bir kishi, namozni ikkinchi kishi o‘qishi joiz emas (jumadan oldingi mav'izani boshqa odam qilsa, bo‘laveradi). Imom minbarga chiqqanida nafl namozlar o‘qilmaydi, so‘zlashilmaydi. Xutba vaqtida qavmning xatibga qarab quloq solib turishi mustahabdir.
Xutbaning farzi xutba vaqtida Alloh taoloni zikr etishdir. Shunga asosan xutba niyatida hamd yo tasbeh yoki tahlil aytilsa, xutba o‘rniga o‘tadi. Xutbani tik turib, qavmga yuzlanib, eshittirib qilish, xutba boshlashdan oldin ichida ta'avvuz aytish, uni hamd bilan boshlab, unda Allohga sano, shahodat kalimasi, Payg‘ambarimizga salovot aytib, Qur'oni karimdan tilovat qilish sunnat amallaridir. Xutbada qavmga pandu irshod, musulmonlar haqqiga duo qilish va ikki xutba o‘rtasida o‘tirish ham sunnat amallardandir.
Imom bo‘lishga haqli kishi juma namoziga ham imom bo‘ladi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.