background
logotype
image1 image2 image3

Azon aytilganidan so‘ng masjiddan chiqib ketsa bo‘ladimi?

Savol: Azon aytilganidan so‘ng masjiddan chiqib ketsa bo‘ladimi?

Javob: Namoz o‘quvchining masjidda azonni eshitganda namoz o‘qimasdan undan chiqishi makruhdir.

Namoz o‘quvchi boshqa bir masjidning doimiy qavmi bo‘lsa (imomi yoki muazzini bo‘lsa), uning o‘sha yerdan chiqishi makruh emas.

Namozxon agar peshin yoki xufton namozini o‘qigan bo‘lsa, u uchun ham chiqish makruh emas. Ammo u kishi takbir (iqomat)ni eshitsa, masjiddan chiqishi makruhdir, chunki bu namozlarga nafl sifatida iqtido qilishi mumkin.

Namozxon bomdod, asr va shom namozlari uchun takbirni eshitsa ham, masjiddan chiqmoqligi makruh emas.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.