background
logotype
image1 image2 image3

Iymonning ruknlari nimalardan iborat?

SavolIymonning ruknlari nimalardan iborat?

JavobIymon ruknlari quyidagi «Mufassal iymon» kalimasida jamlangan: «Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rusulihi val yavmil axiri val qodari xoyrihi va sharrihi min Allohi ta'ala val ba'si ba'dal-mavt». Ma'nosi: «Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, rasullariga, oxirat kuniga, qadarga - yaxshilik va yomonlik Allohning xohish-irodasi bilan bo‘lishiga va o‘limdan keyin qayta tirilishga ishondim (iymon keltirdim)».

Quyidagi yetti narsaga iymon keltirish iymonning ruknlari (shartlari)dir:

1. Allohga iymon keltirish;

2. Uning farishtalariga iymon keltirish;

3. Allohning kitoblariga iymon keltirish;

4. Uning rasullari (payg‘ambarlariga) iymon keltirish;

5. Oxirat kuniga iymon keltirish;

6. Qadarga - yaxshilik va yomonlik Allohning xohishi bilan bo‘lishiga iymon keltirish;

7. O'limdan keyin qayta tirilishga iymon keltirish.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.