background
logotype
image1 image2 image3

"Iymonning rukn va shartlari" deganda nima tushuniladi?

Savol: "Iymonning rukn va shartlari" deganda nima tushuniladi?

Javob: Islom dinida iymon keltirish lozim bo‘lgan narsalarni qalb bilan tasdiqlab qabul qilish va til bilan iqror bo‘lish iymonning ruknidir. Bu Islom dinida iymon keltirish lozim bo‘lgan narsalarni kishi qalbida tasdiq etib qabul qilmasa va ularga iqror bo‘lmasa, iymonli bo‘lmaydi, demakdir.

Islom dinida qalb bilan tasdiqlab qabul qilish lozim bo‘lgan narsalar iymonning shartlaridir. Iymon shartlaridan birortasini inkor qilish bilan kishi Islom dinidan chiqadi, kofir bo‘ladi.

Iymon shartlari Qur'oni karim, mutavotir (ko‘pchilik rivoyat qilgan) hadislar, ijmo' (mujtahidlar ittifoqi) bilan sobit bo‘lgan.

Iymon masalalarining barchasi qalbga taalluqlidir. Shuning uchun ular "aqida masalalari" ham deb ataladi. Zero, aqida qalb bog‘langan narsa, demakdir.

Sof va to‘g‘ri aqida Payg‘ambarimiz alayhis-salom va sahobai kiromlar sobit bo‘lgan aqidadir. Bu aqida "ahli sunnat val jamoa aqidasi" deb ataladi. Ahli sunnat val jamoa aqidasi ash'ariyya va moturidiyya mazhablaridan iborat. Yurtimiz musulmonlari ahli sunnat val jamoa aqidasining moturidiyya mazhabidadirlar.

Aqida masalalari zamon, makon, shaxs va jamiyatga qarab o‘zgarmaydi. Aqida masalalarini to‘laligicha qabul qilish va ularga iqror bo‘lish lozim. Ularning bir qismiga iqror bo‘lib, boshqasini inkor qilish mumkin emas.

Aqida masalalari batafsil bayon etilgan ilm "aqoid" yoki "usul ilmi" deyiladi. Zero, Islom dinining qolgan to‘rt asosi: namoz, ro‘za, zakot va haj hamda boshqa masalalar aqidaga bog‘liq.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.