background
logotype
image1 image2 image3

Istirjo' aytish qanday bo‘ladi?

SavolBir majlisda «Boshga musibat yetganida istirjo' ayting»deyishdiIstirjo' o‘zi nima va u qanday aytiladi? 

Javob: «Inna lillahi va inna ilayhi roji'un» (ya'ni, «Biz Allohnikimiz va albatta Unga qaytajakmiz»), deyish istirjo'dir. Alloh taolo  Qur'oni  karimda bunday deb marhamat qiladi:  «(Ey  Muhammad alayhissalom), biron musibat yetganida «Biz Allohnikimiz va albatta Unga qaytajakmiz», deydigan sobirlarga xushxabar bering» (Baqara surasi, 155-156-oyatlar mazmuni).

Istirjo' aytish musulmonlarga xosdir. Bu haqda Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamdan bir necha hadis vorid bo‘lgan. Mo‘minalar onasi Ummu Salama roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir kuni Abu Salama Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan keldi va: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir gap eshitib, juda xursand bo‘ldim. U zot: «Biron musulmonga musibat yetganida istirjo' aytsa va: «Allohim, musibatimga ajr ber va menga undan yaxshirog‘ini ato et», desa, Alloh unga yo‘qotganidan yaxshirog‘ini beradi», dedilar», deb aytdi. Men kalimalarni yodlab oldim. Keyin Abu Salama vafot etganida istirjo' aytdim va «Allohim, musibatimga ajr ber va menga undan yaxshirog‘ini ato et», deb duo qildim. Lekin ichimda: «Abu Salamadan yaxshisini qaerdan ham topardim?» der edim. Iddam tugagach esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni o‘zlariga jufti halollikka so‘rab huzurimga kirdilar...» (Imom Ahmad va Muslimlar rivoyati).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.