background
logotype
image1 image2 image3

Bir do‘stim "Musulmon kishi Tavrot va Injilga ham iymon keltiradi", dedi. Men uning bu gapiga qo‘shilmadim. Bunda kim haq?

Savol: Bir do‘stim "Musulmon kishi Tavrot va Injilga ham iymon keltiradi", dedi. Men uning bu gapiga qo‘shilmadim. Bunda kim haq?

Javob: Iymonning yana bir sharti Alloh taoloning rasullari va nabiylariga nozil qilgan kitoblariga ishonishdir. Alloh taoloning hamma kitoblari Uning kalomi (so‘zi) va vahiydir, maxluq emasdir. Ularning hammasi bir kalomdir, nazm, o‘qish va eshitish jihatidan bir nechtadir. Bu e'tibordan nozil bo‘lgan kitoblarning eng afzali Tavrot, Injil, Zabur va Qur'oni karimdir. Bu to‘rt kitobning eng afzali Qur'oni karimdir. Qur'oni karim nozil bo‘lgach, qolgan barcha kitoblarni o‘qish va yozish bekor bo‘lgan. Chunki ulardagi hukmlar muayyan xalqqa yo‘llangan edi. Qur'oni karim hukmlari esa butun insoniyatga qaratilgan. Tavrot Muso alayhissalomga, Zabur Dovud alayhissalomga, Injil Iso alayhissalomga, Qur'oni karim esa Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga yuborilgan. Qur'oni karim hukmlari qiyomatgacha o‘zgarmaydi, biror harfi ziyoda yoki kam bo‘lmaydi, tillarda va dillarda saqlanib boradi. Qur'oni karim o‘qish ibodat hisoblanadi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.