background
logotype
image1 image2 image3

Alloh taolodan boshqa iloh yo‘q!

Savol: Hamon fikri chalg‘ib yurgan bir mahalladoshim bahslarimizdan birida shunday savol berib qoldi«Alloh hamma narsaning Yaratguvchisi bo‘lsaunda Uning o‘zini kim yaratgan?»Men uning bu kufrona savoliga bilimim yetganicha javob berdimSizlardan iltimosshuto‘g‘rida atroflicha javob bersangizlar.

JavobMashhur olim Ibn Arabiy «Yaratuvchining o‘zini kim yaratgan?» degan savol telbalarning miyasidagina paydo bo‘lishi mumkin, degan edi. Zero, «Aqli joyida bo‘lgan har bir kishi Yaratuvchini tanishi lozim» (Abu Hanifa). Har bir narsa to‘la sifatlari bilan aql orqali bilinadi. Aql bilan nafaqat seziladigan, balki sezilmaydigan narsalar ham bilinadi.

Demak, olam, butun borliq yaratilgandir. Olamni yaratgan Zot Allohdir. Alloh qadimdir. Alloh qadimligining avvali yo‘qdir. Chunki Alloh qadimligining avvali (boshlanish davri) bo‘lsa, u birinchi paydo bo‘lgan narsa hisoblanadi va yaratuvchiga muhtoj bo‘ladi. Bu mutlaqo mumkin emas. Allohning borligi olamga bog‘liq emas. Alloh olamni yaratmasdan oldin ham bo‘lgan. U olamni yo‘q qilishidan so‘ng ham bo‘ladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar: «(Allohim), Sen - avvalsan, Sendan oldin hech narsa yo‘qdir. Sen -oxirsan, Sendan boshqa barcha narsa yo‘q bo‘lur. Sen - zohirsan, Sendan buyuk yo‘qdir. Sen - botinsan, Sendan boshqa yo‘qdir!» («Sahihi Muslim».)

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.