background
logotype
image1 image2 image3

Sog‘ odamga, g'ayridinga sadaqa berish mumkinmi?

SavolTo‘rt muchali sog‘, ishlashga quvvati yetadigan kishilarga sadaqa bersa bo‘ladimi? G'ayridinlarga-chi?

JavobHa, mazkur kishilarga sadaqa berish joiz. G'ayridinlarga zakot, ushr kabi farz sadaqalardan boshqa nafl sadaqalarni bersa bo‘ladi. Ammo bu o‘rinda shuni ta'kidlash kerakki, bir kunga yetarli ozuqasi (emishi) bor kishining tilanchilik qilishi halol emas, haromdir. Tilanchida bir kunga yetadigan ozuqa borligini bilib, unga sadaqa bergan kishi gunohkor bo‘ladi («Durrul-muxtor»).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.