background
logotype
image1 image2 image3

Masjidga kirgandan so‘ng salomlashish mumkinmi?

Savol: Masjidga kirgandan so‘ng salomlashish mumkin emasmi? Agar salomlashib qo‘ysak, noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lamizmi?

Javob: Umuman olganda musulmon kishilarning bir birlari bilan uchrashganlarida salomlashishlari sunnat hisoblanadi. Bu haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan bir qancha hadislar vorid bo‘lgani hammamizga ma’lum. Masjidga kirganda namozxonlarga xalaqit bermagan holda “Assalomu alaykum” deb kirishning zarari yo‘qdir. Lekin masjidda namozlardan so‘ng ko‘rishishni odat qilib olish makruh deyilgan. Chunki doim qilinaversa, ba’zi avom kishilar namozdan keyin masjidda ko‘rishish ibodatning bir juz’i ekan, bu sunnat ekan, deb o‘ylab qolishi mumkin. Bunda ibodat bo‘lmagan narsani ibodatning ichiga kiritib yuborish xavfi vujudga keladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.