background
logotype
image1 image2 image3

G‘iybat dinimizda man etilgan narsalardan ekanligi ma'lum. Ammo...

Savol: G‘iybat dinimizda man etilgan narsalardan ekanligi ma'lum. Ammo do‘stlarimizdan biri g‘iybat qilsa ham bo‘ladi, deb aytib qoldi. Shu to‘g‘rimi?

Javob: Faqih Abu Lays Samarqandiy g‘iybat haqida shunday deydilar: «G‘iybat to‘rt turlidur: kufr, nifoq, gunoh va muboh. Birodarini g‘iybat qilayotgan kimsaga g‘iybat qilma, deyilganida, kimsa: «Bu g‘iybat emas, haqiqatni aytyapman», desa, Alloh taolo harom etgan narsani halol hisoblagan bo‘ladi. Haromni halol hisoblash kufrdir.

Munofiqlik hisoblangan g‘iybat - shaxs nomini tilga olmay, o‘zini yaxshi ko‘rsatib kishilar huzurida g‘iybat qilish. Vaholanki, ular kimni nazarda tutayotganini bilishadi.

G‘iybat qilish mumkin emasligini bilaturib muayyan shaxsni tilga olib g‘iybat qilish gunohdir. Bunga mubtalo bo‘lgan kimsa istig‘for aytishi zarur.

Fosiqni yo bid'atchini kishilar bilib qo‘ysin, deb gapirish muboh bo‘lgan g‘iybatdir. Bu holda kishilarni ogoh qilgani uchun «g‘iybatchi» ajr ham oladi».

Sizning do‘stingiz g‘iybatning bu turini nazarga olganligi muqarrardir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.