background
logotype
image1 image2 image3

Ayol bemorni erkak shifokor yoki, aksincha, erkak bemorni ayol shifokor davolashiga to‘g‘ri kelsa, dinimizga muvofiq qanday yo‘l tutiladi?

Savol: Ayol bemorni erkak shifokor yoki, aksincha, erkak bemorni ayol shifokor davolashiga to‘g‘ri kelsa, dinimizga muvofiq qanday yo‘l tutiladi?

Javob: Bemorlik holati zarurat holati hisoblanadi, shuning uchun uning hukmlari boshqa holatlar hukmlaridan keskin farq qiladi. Oddiy hollarda ruxsat berilmagan narsalarga zarurat tug‘ilganda ruxsat etiladi ("Al-ashbah van-nazoir". Ibn Nujaym, 85-bet). Shundan kelib chiqib, bemor ayolga qarash uchun yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan ayol shifokor topilmasa, u holda unga erkak shifokor qarashiga ruxsat beriladi. Aksincha bo‘lsa ham, hukmi shunday. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Ummu Sulaym va boshqa mo‘mina ayollarning ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga jangda qatnashishgani va jangchilarga suv tashishgani, yaradorlarni muolaja qilishgani haqida so‘z boradi. Albatta bu jangchilar ayollarga nomahram bo‘lishgan. Ushbu hadisi sharifdan ham zarurat chog‘ida ayol shifokorning begona erkakka qarashi mumkinligi kelib chiqadi. Zero. inson hayotini saqlab qolishda har qanday taqiqlar olib tashlanadi. Biroq shifokor va bemor muloqoti kasallik doirasida, kasallik chegarasida bo‘lishi kerak, bundan ortiq munosabatga yo‘l yo‘q. Shuningdek, agar muolajaga xalaqit bermaydigan bo‘lsa, muolaja joyida mahramlarining bo‘lishlari ma'quldir.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.