background
logotype
image1 image2 image3

Nutriya va qisqichbaqani iste'mol qilsa bo'ladimi?

Savol: Ayrim birodarlarimiz suv hayvonlarining bari halol deyilgan, deb nutriya va qisqichbaqani bemalol iste'mol qilishadi. Shariatda bu haqda qanday ko‘rsatma bor?

Javob: «Hidoya» kitobida shunday deyiladi: «Suv hayvonlaridan baliqdan boshqasi yeyilmaydi». «Fatovoi Qozixon»da: «Suvdagilardan baliqdan boshqasi yeyilmaydi», deyiladi. Shayx Muborakfuriy ilm ahllari baliqdan boshqa dengiz havonlari borasida ixtilof qilishganini bildirib, «Hanafiylar nazdida baliqdan boshqasining go‘shti harom», deydi. Bunga «A'rof» surasining 157-oyati dalil qilingan, oyat mazmun shunday: «... pok narsalarni ular uchun halol qilib, nopok narsalarni ularga harom qiladi...». «Baliqdan boshqa suvdagi hayvonlar nopokdir», deyiladi «Hidoya»da.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.