background
logotype
image1 image2 image3

Nifosning qanday hukmlari bor?

SavolAyollarning ko‘zi yoriganida bachadonlaridan nifos (lohusa) qoni keladiAna shuning shar'iy hukmlarini bilmoqchi edimShu haqda batafsilroma'lumot berolmaysizlarmi?

JavobKo‘zi yoriganida xotinning bachadonidan keladigan qon nifos, deyiladi. Turkiy tillarda buni lohusalik, deb atashadi. Lohusalikning eng kam muddati uchun bir chegara yo‘q: bir kun, bir soat qon kelishi yoki ayol umuman qon ko‘rmasligi mumkin. Bunday ayollar lohusa hisoblanmaydilar, darhol yuvinib-cho‘milib, namoz o‘qiydilar, ro‘zalarini tutadilar. Lohusalikning eng ko‘p muddati qirq kundir. Qon kelishi qirq kundan ziyod davom etsa, qirqinchi kun to‘lgach, yuvinib-cho‘milib, ibodatlarini ado etishga kirishadilar. Qirq kundan so‘ng kelgan qon uzr qonidir - istihozadir. Nifos sanalmaydi. Har bir vaqt namozi uchun alohida tahorat olinib, namoz o‘qiladi.

Egiz tuqqan xotin lohusalik muddatini birinchi chaqaloq tug‘ilgandan hisoblaydi.

Nifos muddati ichida ko‘rilgan poklik nifos hukmidadir. Masalan, o‘n kun qon kelgach, besh kun to‘xtasa va tag‘in o‘n kun qon kelsa, yigirma besh kunning hammasi nifos muddatiga kiradi. Nifosdagi ayol namoz o‘qimaydi, ro‘za tutmaydi, eri bilan jinsiy munosabatda bo‘lmaydi. Toza bo‘lgandan so‘ng qoldirgan ro‘zalarini tutib beradi.

Agar bir xotin ko‘zi yorigach, hech qon kelmasa, lohusa sanalmaydi. Bunday xotinga g‘usl qilish shart emas, tahorat kifoya. Ro‘zasi buzilmaydi. Lekin Imomi A'zamga ko‘ra, bunday xotinning g‘usl qilishi a'lodir.

Lohusa ayol qoni ilgari ma'lum bo‘lgan odatidan avval to‘xtasa, yuvinib-cho‘miladi, namozini o‘qiydi, ro‘zasini tutadi, faqat eri bilan jinsiy munosabatda bo‘lmaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.