background
logotype
image1 image2 image3

Go‘dakni emizish majburiymi?

Savol: Qaynonam bolangizni emizsangizyaxshi bo‘lardi, sun'iy ovqatlarning foydasi ko‘pemasdeb tayinlayveradilarGaplarida jon bormi?

JavobGo‘daklar uchun ona sutidan foydaliroq, zarurroq hech narsa yo‘q. Hech qanday ne'mat, hatto eng zamonaviy ilmlar bo‘yicha tayyorlangan sun'iy taomlar ham ona sutining o‘rnini bosa olmaydi. Alloh taolo marhamat qiladi: «Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni benuqson qilmoqchi bo‘lgan kishilar uchundir» (Baqara surasi, 233-oyat).

Ilmiy izlanishlar tabiiy emizish tufayli go‘dakdagi kasalliklardan himoyalanish quvvatini kuchayishini ko‘rsatdi. Ona suti go‘dakning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi, xususan, u birinchi oylarda kerak bo‘ladigan asosiy ozuqa unsurlarini o‘z ichiga olgan. Ona suti toza va musaffo, chaqaloq oshqozon va me'dasining haroratiga munosibdir. Shuningdek, u yengil hazm bo‘ladi, go‘dakni ichburug‘, qabziyat va oshqozon yallig‘lanishidan asraydi. Iqtisodiy tomondan uning oilaga qo‘shimcha hech qanday og‘irligi yo‘qdir.

Tabiiy emizish go‘dakda rahmdillik va o‘ziga ishonch kabi sifatlarni tarbiyalaydi. Unga sokinlik va xotirjamlik bag‘ishlaydi. Bu narsalar esa bolaning kelajakda kuchli shaxsiyat egasi bo‘lishiga yordam beradi. Ijtimoiy hayot jarayoniga mutanosib ravishda o‘sishiga sabab bo‘ladi. Yana boshqa tomondan onaning ko‘krak saratoniga duchor bo‘lmasligiga bois bo‘lib, ona tanasidagi unsurlar muvozanatini saqlaydi.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.