Ruh ko‘chib yuradimi?
Savol: Yaqinda gazetalarning birida «Inson o‘lgach, ruhi yangi tug‘ilayotgan insongako‘chadi», degan gapni o‘qib qoldim. Shu to‘g‘rimi?
Javob: Bu kabi gaplar botil va kufrdir. «Tanosux» aqidasiga ishonuvchi toifalardan bir turi ana shunday deydi. Bunga ba'zi ravofizlar ishonishadi. Ularning e'tiqodiga ko‘ra, inson ruhlari farishtalardan jannatni tortib olmoqchi bo‘lib, ular bilan tortishganda Alloh ularni yerga tushirgan va ularni yer yutgan. Alloh taolo yerdan bir qabza va ba'zi ruhlarni olib Odam alayhissalomni yaratgan. Qolgan ruhlar yerdan o‘sib chiqqan o‘t-o‘lan va daraxtlar bilan chiqadi. Ularning o‘sishi ruh ta'sirida bo‘ladi. Qaysi bir ruhning gunohi kechirilgan bo‘lsa, uning ta'sirida o‘sgan o‘t yo daraxt mevasini inson yeydi va u inson ruhiga qo‘shiladi. Gunohi kechirilmagan bo‘lsa, uni hayvon yo qushlar yeydi va yana yerga qaytadi, shu holda aylanib yuradi. Agar gunoh qilsa, u o‘lgach, ruhi it yo to‘ng‘iz yoki kofir jasadiga o‘tadi va azoblanadi. Oqibatda barcha ruhlar qilgan gunohidan poklanib Alloh taologa qaytadi.
Bunday e'tiqod qilish kufrdir (Alloh O'zi saqlasin).
Ahli sunna val jamoa e'tiqodi shunday: har bir jasadning alohida ruhi bor. Har bir jasad o‘z ruhi bilan qiyomatda qayta tiriladi va hisobga tortiladi. Qur'oni karimda shunday marhamat qilinadi: «(Ey Muhammad alayhissalom), sizdan ruh-jon haqida so‘raydilar. Ayting: «Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir». Sizlarga juda oz ilm berilgandir» (Al-Isro surasi, 85-oyat); «Ular (jannatda) birinchi o‘limdan (ya'ni, dunyo hayotidan ko‘z yumganlaridan) boshqa o‘limni totmaslar. (Alloh) ularni do‘zax azobidan saqlagandir» (Duxon surasi, 56-oyat).
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.