background
logotype
image1 image2 image3

Jin, shayton, Iblis va Azozilning o‘rtasida farq bormi?

SavolJinshaytonIblis va Azozilning o‘rtasida farbormiYoki ularning bari bir narsaga dalolat qiladimi?

JavobIbn Jarir sahih isnod bilan keltirgan rivoyatda aytilishicha, Odam alayhissalom insonlarning asli bo‘lganlaridek, Iblis jinlarning aslidir. Iblis o‘t (olov)dan yaralgan. U Odam alayhissalomga (hurmat ko‘rsatib) sajda qilishdan bosh tortib gunohkor bo‘lgunicha Azozil, deb atalgan. «Shayton» haq va yaxshiliklardan uzoqlashgan ma'nosidadir. «Shayton iborasi Iblisga sifat bo‘lsa-da, haq va yaxshiliklardan uzoq hamda insonlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdiruvchi, u xoh inson, xoh jin bo‘lsin, barchaga nisbatan qo‘llaniladi» (Ibn Kasir va Nasafiy tafsirlari).

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.