Ba'zilar ko‘z tegibdi, kinna kiribdi, deb kinnachilarga murojaat qiladi. Shunday qilish mumkinmi?
Savol: Ba'zilar ko‘z tegibdi, kinna kiribdi, deb kinnachilarga murojaat qiladi. Shunday qilish mumkinmi? «Issiq-sovuq» qilish-chi?
Javob: Ko‘z tegishi - haq, bor narsa. Xalqimiz orasida «kinna kiribdi» iborasi ham ko‘z tegishi ma'nosida ishlatiladi. Ko‘z tegishi bir kishining o‘zga birovga hasad qilishi natijasidir. Kishilarga zarar etkazish, jumladan, hasad qilish haromdir. Xabarda: «Ko‘z tuyani qozonga, kishini qabrga kirgizadi», deb vorid bo‘lgan. Biror kimsaning hasad bilan qarashi natijasida o‘zini noxush sezgan kishining kinnachi yoki baxshilar (doira chalib duo o‘quvchilar) oldiga borib, davo izlashi shariatimizda mumkin emas. Chunki kinnachi va baxshilarning amali sehrning bir turi bo‘lib, shaytoniy amaldir. O'ziga ko‘z tekkanini his qilgan kishi Qur'oni karim oyatlari va ma'sur duolar bilan dam soldirishi shar'iydir, mashru'dir, shifo shundadir.
«Issiq-sovuq» qilish esa sehr hisoblanadi. Sehr esa haromdir. O'rtalarida sovuqchilik sezgan er-xotin Qur'oni karim oyatlarini va ma'sur duolarni o‘qib, o‘zlariga dam solsalar yoki dam soldirishsa, inshaalloh, totuvliklari ziyoda bo‘ladi.
Dinda savolim bor
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.