background
logotype
image1 image2 image3

Muallif: Ahmad Lutfiy Qozonchi
Hajmi: 391 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
 Saqlab olish
Online o'qish 

Ahmad Lutfiy Qozonchi
O’GAY ONA
(Roman)

Quyoshni bahorning boshi va kuzning adog‘ida har qachongidan ko‘ra qattiqroq, ko‘proq suyushimizni ta’kidlashga hojat bo‘lmasa kerak. Odamlar ilk bahor kuyoshini askarlikdan qaytgan o‘g‘lini yoki g‘urbatga uzatilgan, ya’ni uzoqqa kelin bo‘lib tushgan qizini kutib olgan otaona kabi qarshilaydilar. Kuzgi quyosh esa bamisoli bayram ta’tilida kelgan mehmon — loaqal yana bir kunga qolishi istalgan suyukli farzand... U bulutlar bag‘ridan boqishi bilan bog‘chalarga, supalarga, ayvonlarga, derazalar tubiga ko‘rpachalar solinadi, suhbatlar kurilib, tikish-bichish singari qo‘l yumushlariga kirishiladi.
Aprelning boshlarida, ikki qavvatli uy derazasi oldida o‘tirib ham ip yumaloqlagan, hamda to‘r parda uzra tushayotgan oqshomni kuzatayotgan ikki ayol aslida ko‘pdan orziqib kutganlari — quyosh nurlari bois shu yerda o‘tirardilar. Online o'qish


2004-2021 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.