Otdan tushsam, xotinim taloq boʻlsin!
O‘tgan asrning boshlarida Marg‘ilonning Galatoy mahallasida yashovchi tajangligi bilan xalq orasida tanilgan Rayim mirob ismli kishi bir kuni Soybo‘yi dahasiga ketayotganida Bekat choyxonasida birodarlari uni dasturxonga taklif qilishadi. Lekin u shoshib ketayotganini aytib uzr aytadi. Ular esa bunga ko‘nmay, yana majbur qiladilar. U yana uzr aytadi.
Ular bilib turib atayin majbur qiladilar. Oxiri u bundan tajang bo‘lib, jahl ustida: “Otdan tushmayman, tushsam xotinim taloq bo‘lsin!”, – deb yuboradi...
Gapidan qo‘rqib ketib nima qilishini bilmay, kechgacha otdan tushmay yurgan mirob oxiri kishilarning maslahati bilan to‘g‘ri Xojajon qozi huzuriga boradi.
Qozixona sahnida birovni otliq yurganini ko‘rgan qozi domla, nima gap o‘zi, deb mirzolaridan so‘raydi. U voqeani bilib keladi. U ertalabdan beri otdan tusha olmayotgani, tushsa ayoli taloq bo‘lishini aytadi.
Uni tinglagan qozi domla: “Otingni bur, anavi tut oldiga bor-da, otdan tutga chiq", – deydilar. U hayron bo‘lib tutga chiqadi. Endi pastga tush, deydilar. U pastga tushadi. Bor ketaver, ayoling taloq bo‘lgani yo‘q, deydilar.
Hali ham xushiga kelmay turgan yigitga “sen otdan emas, tutdan tushding”, deydilar.
Rahmatulloh Fayzullayev
Marg‘ilon shahridagi «Robiya hoji ona» masjidi imom-xatibi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.