Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
Oramizda xalqi, kasbi va oilasiga fidokor insonlar ko‘plab topiladi. Hatto ularning ayrimlari odamlar osoyishta hayoti, tinchligi yo‘lida jonlarini ham ayashmaydi. Qissamiz qahramoni ana shunday fidoyi insonlardan. U dinimiz ravnaqi yo‘lida ko‘p mehnat qilgan, hatto sog‘ligini ham yo‘qotgan.
Abdurrahmon ibn Jabr Ansoriy, Avsiy, Horisiy. Johiliyatda ismi Abdul Uzzo (ba’zi rivoyatlarda Ma’bad) bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning ismini Abdurrahmonga o‘zgartirganlar. U Abu Abs kuniyasi bilan mashhur. Onasi Laylo binti Rofe’. Farzandlari: Muhammad, Mahmud, Ubaydulloh, Zayd va Humayda.
Nubuvvat kelganda Abu Abs roziyallohu anhu Allohning chaqirig‘iga labbay deya javob berdi, Nabiy alayhissalomga ergashib, barcha fathlarda yelkama-elka kurashdi. Imom Buxoriy rahimahulloh bunday rivoyat qiladi: “Abu Abs Ansoriy buyuk sahobalardan biri. Nabiy alayhissalom Abu Absni Muhammad ibn Maslama, Salkon ibn Saloma va Abbod ibn Bishr roziyallohu anhum bilan Ka’b ibn Ashrafni o‘ldirishga yuborganlar. Sababi, Ka’b ibn Ashraf va Abu Rofe’ ibn Abu Huqayq musulmonlarga ko‘p ozor berardi. Allohning izni bilan Abu Abs roziyallohu anhu Ka’b ibn Ashrafni qatl etadi. Bu hodisa Baroat surasi nozil qilinishidan oldin bo‘ladi. Abu Abs roziyallohu anhu Abu Burda ibn Niyor bilan Banu Horisa qavmining butlarini sindirishga bosh bo‘lgan.
Johiliyat zamonida Abu Abs roziyallohu anhu arab xatida yaxshi yozardi. U payt arab yozuvini biladiganlar oz bo‘lgan. U Islomga kirganidan keyin Nabiy alayhissalom Xunays ibn Huzofa Sahmiy bilan og‘a-ini tutintirib qo‘ydilar.
Zubayr ibn Bakkor “Al axbarul muvaffaqiyat” kitobida bunday yozadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Absga ko‘zlari ko‘rmay qolganda aso hadya qilib: “Mana shu bilan yorug‘lan”, dedilar.
Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Abs ibn Jabr Ansoriy Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni taom tayyorlab chaqirdi. Shunda Nabiy alayhissalom dasturxon atrofiga kelib o‘tirmoqchi bo‘lganlarga: “Taom oldida kovushlaringizni yechib o‘tiringlar. Bu go‘zal sunnatdir”, dedilar.
Yazid ibn Abu Maryam roziyallohu anhu Aboya ibn Rufo’aning: “Abu Abs ibn Jabr Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: “Qaysi bandaning oyoqlari Alloh yo‘lida g‘uborlansa, Parvardigor u oyoqlarga jahannamni harom qiladi”, deganlarini rivoyat qilgan. Abu Abs roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qilgan hadisni o‘g‘li Zayd va nabirasi Abu Abs ibn Muhammad ibn Abu Abs va Aboya ibn Rufo’alar rivoyat qilishgan.
Abu Abs Islom dini ravnaqi yo‘lida tinimsiz mehnat qildi. Oldin ko‘z nuridan, keyin esa xotirasidan ayrildi. Hazrat Umar va hazrat Usmon roziyallohu anhumo xalifalik davrlarida Abu Absni odamlarga sadaqa tarqatish uchun yuborishardi. Kunlarning birida hazrat Usmon roziyallohu anhu Abu Absning holidan xabar olish uchun uning xonadoniga boradi. Shu payt Abu Abs hushsiz edi. So‘ng u o‘ziga kelgach, hazrat Usmon roziyallohu anhu: “O‘zingni qanday his qilyapsan?” deb so‘raydi. Abu Abs roziyallohu anhu: “Barcha amallarimdan ko‘nglim xotirjam. Faqat ko‘p yillik tinimsiz mehnat orqasidan xotiram zaiflashdi. Mana shundan xalos bo‘lolmadim”, deb javob beradi.
Abu Abs Madinada yetmish yoshida vafot etgan. Janozasini hazrat Usmon roziyallohu anhu o‘qigan. Baqi’ qabristoniga dafn etilgan.
Ma’mura Siddiqova tayyorladi | “Islom nuri” gazetasi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.