Hayit va jum'a namozlari
HAYIT NAMOZI
1. «Alloh rizoligi uchun Ramazon (yoki Qurbon) hayiti namozini o'qishni niyat qildim. Yuzimni qibla tarafga qaratdim. Ushbu imomga iqtido qildim», deb niyat qilinadi.
2. Imom «Allohu akbar», deya takbir aytgach jamoat ham qo'llarini ko'tarib, ichida iftitoh takbirini aytadi.
3. Har kim ichida Sano duosini o'qiydi. So'ngra imom ketma-ket qo'llarini quloqlariga ko'tarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qo'llar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so'ng qo'llar bog'lanib, qiyom holida turiladi.
4. Shundan keyin imom ichida «A'uzu»ni va «Bismillah»ni aytib, ovoz chiqarib Fotiha surasini va zam surani o'qiydi.
5. Ruku va sajdadan so'ng ikkinchi rakatga turiladi. Imom Fotiha surasi bilan bir kichik sura o'qigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi. To'rtinchi takbirdan keyin qo'llar bog'lanmasdan rukuga ketiladi va sajdalar ado etiladi. Sajdadan so'ngra «Attahiyyat» va «Salovot» o'qib, salom berilib, namoz tugatiladi.
JUMA NAMOZI
Juma namozi ikki rakat farz bo'lib, undan oldin va keyin to'rt rakat sunnat o'qiladi. Ilk va oxirgi sunnatlar peshin namozining sunnatlari kabi o'qiladi. Imomga iqtido qilib o'qiladigan ikki rakat farz esa, bomdod namozining farzi kabi o'qiladi.
Juma namozida ikki rakat farz o'qilmasdan oldin imom minbarda xutba qiladi.
Juma namozi hur, ozod, muqim, salomatligi joyida, oyoqlari sog' kishiga farzdir.
Juma namozining shartlari:
1) peshin namozi o'qiladigan vaqtda o'qish;
2) namozdan oldin xutba o'qish;
3) juma o'qiladigan joy hammaga ochiq bo'lishi;
4) imomdan tashqari kamida uch kishidan iborat jamoat bo'lishi;
5) imom juma namozini o'qishi uchun rasman ruxsatli bo'lishi;
6) juma o'qiladigan joy shahar yoxud shahar hukmida bo'lishi kerak.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.