Qalb oynasi
Bir oila istiqomat uchun yangi uyga ko‘chib keldi. Ertalab uyqudan turganlarida xotin oynadan atrofga qaray boshladi. Shunda usti boshi kir qo‘shni ayolni ko‘rib qoldi-da, eriga:
— Buni qarang, qo‘shnimizning usti boshi kir bo‘lib ketibdi. Qanday qilib bunaqa kir kiyimlarni kiyib yuribdi ekan. Balki kir yuvish vositalari yaxshi emasdir, balki toza qilib yuvishni bilmas. Unga o‘rgatib qo‘ysam bo‘lar ekan, — dedi.
Eri esa gazeta o‘qib o‘tirar, xotinining gapiga e’tibor bermas edi.
Xotin har safar oynadan qo‘shni ayolni ko‘rganida o‘sha gaplarini qaytarar, o‘zicha birnimalar deb ishini davom ettiraverardi.
Ertasiga ertalab ayol yana oynadan qo‘shnisini ko‘rib qolib, birdan xursand bo‘lib ketdi:
— Buni qarang, qo‘shnimizning kiyimlari bugun top-toza bo‘lib qolibdi. Shunday yursa ham bo‘lar ekanu! Balki kir yuvish vositasini o‘zgartirgandir yoki kirni qanday yuvishni endi o‘rgangandir, siz nima deysiz?
— Yo‘q... shunchaki, — javob berdi eri, — bugun ertaroq turib oynani tozalab yuvib, artib qo‘ygandim...
Xayotimiz ham shu kabi. Hamma narsa biz uning vositasida qarayotgan “oyna”mizga bog‘liq. “Oyna”miz toza bo‘lsa, atrof-olam ham biz uchun toza, go‘zal. Aksincha bo‘lsa-chi... O‘zgalarni tanqid qilishdan oldin qalbimizga va niyatimizga e’tiborli bo‘laylik.
Rus tilidan Akbarjon Abdulmajid tarjimasi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.