background
logotype
image1 image2 image3

Hazrati Usmon zinnurayn

SHAHIDUL MEHROB
USMON IBN AFFON Raziyallohu anhu

Bundan maqsad, ul ulug‘ning uchinchilari bo‘lgan, xilm va viqorda nihoyatda go‘zal namuna bo‘lgan va hamda tajovuz va zulm tufayli namoz o‘qiyotgan mehroblarida o‘ldirilgan, Rasulullohning ikki muborak qizlarining kuyovlari, o‘zlaridan keyingi ikki xalifalarning xalifa lari bo‘lgan Usmon ibni Affon ibni Abdul Os ibni Umayya ibni Abdu Shams ibni Abdumannobning ta’riflaridur.
U kishi asli quraysh toifasidan bo‘lib, nasablari Rasululloh nasablariga Abdumannob orqali birlashadi. Usmon (r. a.) fil yilining oltinchi sanasida, ya’ni eng to‘g‘ri rayga ko‘ra Rasululloh hazratlarining tug‘ilishlaridan olti yil keyin dunyoga kelganlar. U zot barokat Toif shahrida olamga keldilar. Onalari Arvo Qurayz ibni Habib ibni Abdu Shams ibni Abdumannobning qizlaridurlar.
Momolari esa nabiy alayhissalomning ammalari bo‘lmish Abdul Mutallibning Bayzo nomli qizlari edilar. Usmon (r. a.)ning Islomdan avvalgi hastlari to‘grisida tarix bizga juda oz narsani ma’lumot bsrgan. U kishi ko‘rkam, o‘rta bo‘yli, chiroyli yuzli edilar, demoqdan o‘zga narsalar to‘g‘risida mufassalroq xabar bsrmaydi. «Quyuq sochli, bug‘doyrang yuzlarida chechakdan qolgan ikki nuqtalari bo‘lgan xushtabiat bir kishi edilar», deya yozadi tarix kitoblari. Bundan tashqari, ya’ni u zot Quraysh qabilasining nasabida ulug‘laridan bo‘lganliklari hamda yaxshi-yomonni ajratishda tamizli bir zot bo‘lganliklari, xasli hamda, Qurayshning katta savdogarlaridan bo‘lganliklari ham qayd etilgan. U kishi haqlarida Islomga kslmasdan burun aytilgan gaplar, aniqrog‘i mana shulardan iboratdur.


USMON RAZIYALLOHU ANHUNING
ISLOMGA KIRISHLARI VA UNDAN KYEYINGI HAYOTLARI

Rasululloh hazratlari olamga nuri hidoyat etib yuborilganlaridan so‘ng darhol u zot bu xabarni birodarlari Abu Bakr Siddiqqa kelib aytdilar. Abu Bakr Siddiq darhol u kishini tasdiq etib imon keltirganlar.
Abu Bakr Islomga doxil bo‘lganlaridan uch kun o‘tgach, bir guruh, Do‘stlarining ichlarida turgan Usmonu Zinnuraynga Islomni arz etdilar. Usmon (r. a.) ham Abu Bakrning takliflarini qabul qilib dinga kirganlar. Usmon dilni qabul qilganlarini eshitgan amakilari
Hakim ibni Os u kishini ushlab olib kelib uyga zanjirlab bog‘lab qo‘yadi va u kishiga qarab: «Hali sen ota-bobolaringning dinlaridan qaytib allaqanday dinni qabul qildingmi? Ollohga qasamki, yana ota-bobolaring diniga qaytib kirmasang, kishandan hargiz bo‘shatmasmen!» dedi.
Usmon uning so‘zini tinglab shunday javob berdilar: «Olloh nomiga qasam ichib aytamanki, hargiz bu dindan qaytmasmen. Ssn esa qo‘lingdan kelganini qilaver». Amakilari Usmonni bunday sabotliklarini ko‘rgach, o‘z hollariga tashlab qo‘ydi va zanjirdan bo‘shatib yubordi Islomga doxil bo‘lganlaridan keyin Usmon (r.a.) Rasululloh. hazratlariga eng yaqin sirdosh kishilardan bo‘lib qoldilar. Rasululloh qizlari Ruqiyani u kishiga xotinlikka berdilar. Usmon Ruqiyaga Makkada yashagan vaqtlarida uylangandilar. Birgalikda Xabash viloyatiga xijrat qilganlar.
Xabashda Abdulloh ismli o‘g‘illarini ko‘rganlar. Usmon (r.a.) mazkur o‘g‘illarining nomi bilan kuniyalanib Abu Abdulloh deya atardilar.
Abdulloh olti yoshga yetganlarida ko‘zlarini xo‘roz chuqib olganligidan, yuzlari jarohatlanib vafot etganlar.
Rasululloh, hazratlari Badr urushiga tayyorgarlik kurayotgan paytlarida Ruqiya kasal bo‘lib qoladilar. Rasululloh hazratlari Usmonni Ruqiyaning kasaliga qarab turishlik uchun Madinada qoldirib ketadilar. Badrda musulmonlar mushriklar ustidan zafar topganliklarining sevinch xabari Madinaga kelgan kuni Ruqiya vafot etadilar. Usmon xotinlari vafotidan so‘ng qattiq qayg‘uradilar.
Rasululloh u kishining bunday qattiq alam chekayotganlarini ko‘rib: «Sizga nima bo‘ldi, muncha ham qattiq qayg‘urmasangiz», deganlarida Usmon u zoti barakotga qarab: «Biror kishiga hanuz mening boshimga tushgan kabi musibat tushganmiki, Rasulullohning mening nikohimdagi qizlari vafot etgan bo‘lsa, endi o‘rtadagi kuyovlik aloqasi uzilgan bo‘lsa», deya javob berdilar. Rasulullohga qarab shunday deb so‘zlab turgan paytlarida Rasululloh hazratlari «Jabroil kelib menga Olloh taolodan sizga qizimning singlisi Ummu Gulsumni bermoqlikka farmon bo‘lganligini buyurayaptilar» dedilar. Avvalgi mahr barobariga Ummi Gulsumni Usmon (r. a.)ga to‘y qilib berdilar. Usmon (r. a.) u kishi bilan olti yil umr ko‘rganlaridan keyin vafot etib ketadilar. Qizlari vafot bo‘lganidan keyin Rasululloh hazratlari agar yana bir qizim bo‘lsa edi, albatta Usmonga xotin qilib berar edim, degandilar. Mana shu sababli Zinnurayn deya nom olgandilar. Zero, u kishi Rasulullohning ikki pokdamon muborak qizlariga uylangan edilar.


USMONNING HAYOTLARI TO’G’RISIDA BIR SHINGIL

Hazrati Usmon nihoyatda qattiq xisli, uyatchan kishi edilar. Oyisha onamizdan shunday rivoyat qilingan: Abu Bakr Siddiq Rasulullohning xonalariga kelib, oldilariga kirmoqlikka ijozat so‘radilar. Rasululloh, o‘rinlarida Oyisha onamizning choponlariga o‘ralib yotardilar.
Shunday holda yota turib kirishlariga ruxsat berdilar. Abu Bakr oldilariga kirib ishlarini bitkazib, qaytib chiqib ketdilar. Keyin bir ozdan so‘ng Umar (r. a.) oldilariga kirmoqlikka ruxsat so‘rab keldilar. Avvalgi hollarida yotganlaricha kirishlariga ijozat berdilar. Kirib, ahvollarini gapirib, ishlarini bitkazib chiqib ketdilar. Birozdan keyin Usmon (r. a.) kelib oldilariga kirishga ruxsat so‘ragandilar. Rasululloh darhol o‘rinlaridan turib o‘ltirdilar. Oyisha onamizga qarab: «Choponingizni kiyib oling» dedilar. Usmon, oldilariga kirib, ishlarini bitkazib chiqib ketdilar. Ketganlaridan so‘ng Oyisha onamiz Rasulullohga qarab: «Yo Rasululloh, Abu Bakr va Umarga nechun Usmonga qilganingiz tarzida muomala qilmadingaz?» deb so‘radilar. Rasululloh u kishiga qarab: «Usmon nihoyatda uyatchan kishi, agar mazkur holda tursam u o‘z hojatini gapirolmay qolishdan havf etganligim uchun o‘rnimdan turib o‘ltirdim», deb javob berdilar. Abu Muso Ash’ariy hazratlari: «Men falonchining bog‘ida Rasululloh bilan birga o‘ltirgan edim. Eshikni bekitib qo‘ygan edik, kimdir kelib, eshikni taqillatdi. Rasululloh menga qarab: «Ey Abdulloh ibni Qays, borib eshikni ochib qo‘ying, jannati kishi keldi», deya bashorat berdilar. Men o‘rnimdan turib eshikni ochdim. Abu Bakr kelgan ekanlar. U kishiga Rasulullohning bashoratlarini yetkazdim, eshitib xursand bo‘lganlaridan Ollohga hamd aytib ichkariga kirdilar va majlisga o‘ltirdilar. Keyin yana eshikni zanjirlab qo‘ydim. Rasululloh qo‘llaridagi novdani yerga sanchib o‘ltirar edilar. Shu asnoda yana eshik taqillab qoldi. Rasululloh menga, turing eshikni oching, jannati kishi keldilar deya bashorat berdilar. Men borib eshikni ochsam, Umar turgan ekanlar. U kishiga sevinch xabarini aytdim, eshitib shodlanganlaridan Ollohga hamd aytib, ichkariga kirib hammaga salom berdilar, va qatorga kelib o‘ltirdilar. Rasululloh boyagi novdani egib o‘ltirib edilar, yana kimdir eshikni qoqib qoldi. Menga yana Rasululloh eshikni ochmoqni buyurib jannati kishi kelganini bashorat berdilar. O’rnimdan turib eshikni ochsam oldimda Usmon turibdilar. Men u kishiga Rasulullohning bashoratlarini aytganimda g‘oyatda sevinib Ollohga hamdlar ayta-ayta kelib o‘ltirdilar».
Rasululloh hazratlari Usmon (r. a.)ni jannatga kirishlari bilan bashorat bsrgan hamda u janobni Rasululloh hazratlarining huzurlarida juda ham katta hurmatga ega ekanliklarini ko‘rsatgan hadislarni aytganlar. Usmon (r.a.) o‘zlarining vahiy kotiblaridan edilar.

USMONNING MAKKAGA ELCHILIKLARI

Xudaybiya g‘azotida Rasul akram hazratlari Umar ibni Hattobni chaqirdilar. U kishiga «Siz Makkaga borib Qurayshning sardorlariga men Makkaga ular bilan urushgani emas, balki Baytullohning ulug‘ligini yetkazib, saqlangan holda ziyorat etmoqlik maqsadida kelganim xabarini yetkazib keling», dedilar. Rasul akram hazratlariga qarab: «Yo Rasululloh, men qurayshlar oldiga borishdan havf etaman, chunki Makkada bani Addiy qabilasidan menga madad bera oladigan biror kimsa yo‘q. Lekin men sizga qurayshlar uchun mendan ko‘ra hurmatliroq bo‘lgan Usmonni yuborishingazni maslahat beraman», deb javob berdilar. Keyin Rasululloh hazratlari Usmonni chaqirtirib keldilar va Makkaga borib quraysh sardorlariga «Rasululloh sizlar bilan urushgani emas, balki Ka’bai-muazzammani ziyorat qilmoqlik uchun kelganlar», deya xabar berishlari uchun yubordilar. Usmon Rasulullohning huzurlaridan chiqib Makkaga qarab jo‘nadilar. Kiraverishda Saidga yo‘liqdilar. Keyin uning himoyasi ostida Makkaga kirib keldilar.
Makkada Abu Sufyon hamda qurayshning boshqa sardorlariga uchrashib ularga «Rasululloh bu yil sizlar bilan urushgani emas, balki Baytullohni ziyorat qilmoqlik maqsadida kelganlar», deya aytdilar. Ular esa Usmonga qarab: «Agar o‘zing Baytullohni tavof etmoqni xoqlasang, marqamat tavof et», dedilar. Usmon esa ularning so‘zlariga kirmay «Rasululloh tavof etmagunlaricha hargiz men aslo tavof etmasmen», dsb javob bsrdilar. Bundan g‘azablangan qurayshlar Usmonni tutib qamoqqa oldilar va xalq orasida «Usmon o‘ldirildi», deya shum xabar tarqatdilar. Ushbu mash’um xabar Rasululloh hazratlarining quloqlariga yetgach, «Ularga qarshi urushmay turib, bu yerdan hargiz ketmasmen», dsdilar. Shu yerda Bayatirruzvon voqeasi bo‘ldi. Hamma sahobai qirom bir-bir kelib bay’at bera boshladilar. Navbat Usmonga yetganida Rasululloh o‘ng qo‘llarini chap qo‘llari ustiga qo‘yib: «Ey ulug‘ Olloh, bu sening hojatingda va Rasulingning hojatida yurgan Usmon tomonidan bay’at demakdir», dedilar.


USMONNI ISLOMGA KIRISH SABABLARI

Usmon (r. a.) serpul, savdogar odam edilar. Tabuk g‘azotida musulmonlarning qo‘shinini to‘liq qurollantirgan kishi mana shu Usmon bo‘ldilar. Ibni Ishoq «Usmon tabuk jangchilariga shunchalik ko‘p pul sarfladilarki, hech bir kishi u zot barobarida pul sarflagan emasdur», deb yozadilar. Usmon Rasulullohni hujralariga ming dinor pulni olib kelib sochib yuborganlar, 950 ta tuya va 50 ta ot hadya qilib olib kelganlar.
Rasululloh hazratlari bunday saxovatlarini ko‘rib: «Usmon bu ishi bilan aslo zarar qilgani yo‘q», deganlar. Keyin esa: «Kimki nochor askarni qurollantirsa, unga jannat nasiba bo‘ladi», deb bashorat qildilar.
Usmon bu bilan ham kifoyalanib qolmay, balki yahudiydan Rum qudug‘ini ham sotib olganlar. Yahudiy uning suvini sotib foydalanardi. Mazkur quduqning yarmini 20 000 tanga va yuzta yosh tuya barobariga sotib oldilar. Musulmonlar o‘zlariga belgilangan muddatda kelib mazkur quduqning suvidan olib keta boshladilar. Hech kim yahudiyning suvini olmay qo‘ydi. Buni ko‘rib yahudiy qolgan yarmini ham juda arzonga sotib yuboradi. Mazkur quduqning hammasini sotib olganlaridan so‘ng Usmon musulmonlarga Olloh yo‘lida hadya qilib yuborganlar.
Abu Bakr Siddiq xalifalik qilayotgan vaqtlarida bir yil yog‘ingarchilik kam bo‘lib ocharchilik boshlanadi. Abu Bakr odamlarga: «Bor narsalaringni berkitmay to Olloh kenglik bergunga qadar yeb turinglar», deb buyuradilar. Ertasiga Abu Bakrga Usmonning hovlilariga ming qop bug‘doy va taom kelib tushganligini xabari yetadi. Ertalab savdogarlar Usmonning hovlilariga borib eshiklarini qoqdilar. Usmon eshikni ochib ularga peshvoz chiqdilar-da, «nega keldingiz» deb so‘radilar. Ular «siznikiga ming qop bug‘doy va taom kelib tushibdi, shuni eshitib sotib olgani keldik» deyishdi. «Unday bo‘lsa, marhamat, ichkariga kiraveringlar»— deb Usmon ularni hovliga boshlab kiradilar. Hovlida bug‘doylar to‘lib yotibdi. Usmon ularga qarab: «Shomdan sotib olgan bahoyimga qanchadan foyda berasizlar?» deb so‘radilar. Ular: «o‘niga o‘n ikkidan beramiz», deyishdi. Usmon «bu kamlik qiladi», deganlarida ular «bo‘lmasa, o‘n beshdan beraylik» deyishdi. Usmon «yana qo‘shinglar», deganlarida, ular «yana qancha qo‘shaylik», axir biz Madina savdogarlarimiz-ku?» deyishdi. «Har tangasiga o‘n tangadan bera olasizmi?» dedilar. Ular «yo‘q» deb javob berishdi. «Unday bo‘lsa guvoh bo‘ling, ey savdo ahli, bu bug‘doy Madina kambag‘allariga sadaqa qilinadi» dedilar va hammasini bepul sadaqa qilib yuborganliklarini ibni Abbos rivoyat qiladilar.
Usmon shu darajada oliy himmat saxiy edilar. U janob Ollohdan benihoya qo‘rqardilar. U kishi Abu Bakr, Umar va boshqa sahobalar kabi urushdan katta martabalarga ega bo‘lmaganlar. Zero, Rasululloh hazratlari Zotir ruko’ va G’atfon g‘azotlariga chiqqanlarida Usmonni Madinada o‘z o‘rinlariga qoldirib ketgandilar. Qurayshlar ichida qarindoshlariga yaxshilik qiladiganlaridan edilar. Kunduzlari ko‘pincha ro‘za tutardilar, kechalari esa uyg‘onib namoz o‘qirdilar. Rasululloh hazratlari 146 ta hadis rivoyat qilganlar. O’zlari so‘zamol kishi bo‘lmaganlaridan xalifalikka saylangan vaqtlarida xutbalar o‘qiyotib ham va’z ayta turib juda qiziqib, zo‘rg‘a gapirar edilar.

USMON MUSULMONLARNING XALIFALARI

Usmon xalifalikka 23-hijriy yil zulhijja oyining oxirgi kuni saylandilar. 24-hijriyning birinchi muharram oyida davlat kursisini qabul qilib oldilar. Shu vaqtda yoshlari hijriy yil hisobida 70 da edi.
Usmonni xalifalikka saylanishlari Umar (r. a.) Sho‘batuoni Mug‘iraning quli majsusiy Abu Lu’luaning qo‘lidan xanjar yeganlaridan keyin sodir bo‘lgan. Umarning o‘lishlari aniq bo‘lib qolganidan keyin sahobalar oldilariga kirishib u kishidek xalifalikka biror kishini tayinlab qoldirishlarini so‘radilar. Shunda Umar, agar bu ishni shunday qoldirib ketsam, mendan avval, mendan ko‘ra afzalroq zot, ya’ni Muhammad alayhissalom qoldirib ketgandilar. Va agar tayinlab ketsam, mendan ilgari, mendan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgan zot, ya’ni Abu Bakr tayin etib ketgandilar. Men olti kishini, ya’ni Alini, Zubayrani, Usmonni, Talxani, Abdurahmonni, Sa’d ibni Abu Vaqqosni saylovchilar qilib qoldiraman. Chunki Rasululloh vafot etib ketgan onlarida mazkur olti kishidan rozi bo‘lgan holda ketdilar. Abdulloh ibni Umar ham saylovda hozir bo‘ladi. Lekin saylanishda hech qanday ovozga ega bo‘lolmaydi. Mazkur olti shaxsdan birlaringizni xalifa etib saylab olinglar. Agar o‘rtada xiloflik chiqsa yoki ikki kishiga ovozlar teng bo‘lib qolsa, Abdullohni hakam etinglar. Mabodo Abdullohni hakam etishga rozi bo‘lmasangizlar, unda Abdurahmon ibni Avf bo‘lgan tomondagi shaxsni saylanglar. Saylov uchun uch kun kengashinglar. Biroq to‘rtinchi kuni xalifa saylangan bo‘linishi shart. O’rtada fitna tug‘ilib, ixtilof kuchayib ketmasligi uchun Abdurahmon ibni Avf bo‘lgan tomondagi shaxsni xalifa etib saylashga qolgan boshqa guruh qarshilik ko‘rsatsa, qilichdan kechiringlar. Uch kunga qadar Suxayb kishilarga namozda imom bo‘lib tursin, deya vasiyat etaman, dedilar.
Umar (r.a.) vafot etganlaridan so‘ng yuqoridagi nomlari kechgan kishilardan Talxa ibni Ubaydullohdan boshqalari Misvar ibni Maxrajning hovlilariga to‘plandilar. Talxa ibni Ubaydulloh bu vaqtda Madinada emasdilar. Tezda o‘rtalarida tortishuv kelib chiqdi. Lekin Abdurahmon ibni Avf tortishuvning alanga olib ketishidan saqlab qoldilar. Ularga qarab shunday taklif kiritdilar: «Sizlardan kimki o‘zini saylashlaridan bosh tortsa — o‘sha sizning eng afzalingizdur!» Hech kim bu taklifga javob bermadi. Shunda o‘zlari «Men o‘zimni saylashlaridan voz kechdim», dedilar. Alidan boshqa hammalari rozi bo‘ldilar.
Abdurahmon: «Ey Abu Hasan, siz nima demoqchisiz?» deb so‘radilar. Ali (r. a.) Abdurahmonga qarab: «Siz menga faqat haqni tanlayman, xohishimga ergashmayman, men qarindoshlarni qarindosh bo‘lganliklari tufayli boshqalardan ko‘ra xosroq etmayman, deb so‘z bering», dedilar. Abdurahmon hammalariga qarab: «Sizlar menga kimni o‘zgartirsam va almashtirsam mening bilan birga bo‘lishlikka hamda Ollohga ont ichib, qarindoshimni xos qilmayman deb bergan ahdimga ko‘ra, men kimni sizlarning ichingizdan xalifalikka tanlasam rozi bo‘lmoqlikka so‘z beringlar», dedilar. Keyin Abdurahmon ulardan bir-bir ahd oldilar. O’zlari ham ularga ahd berdilar. Shundan so‘ng u zot sahobalar va harbiy boshliqlar va katta kishilar bilan nomzodlar o‘rtalarida xalifalikka qay birlari loyiqroq bo‘ladilar, deya maslahatlasha boshladilar. Ba’zilari Usmonni ko‘rsatishdilar. Abdurahmon Ali (r. a.)dan «Agar siz bu ishga saylanmay qolsangiz kimning bo‘lishiga rozilik berardingiz»? deb so‘radilar. Hazrati Ali «Usmonning bo‘lishiga rozilik berardim» deb javob berdilar. Shuningdsk Zubayr va Sa’d (r.a.) dan so‘raganlarida ular ikkovlon «Usmonga rozi bo‘lardik», deb javob berishdi. Usmonning o‘zlaridan so‘raganlarida «men Alining bo‘lishlariga rozi bo‘lardim», deb javob berdilar. Oxirida xalifalikka saylanishlik Ali bilan Usmon o‘rtalarida xos bo‘lib qoldi. Hazrati Umar shart etgan to‘rtinchi kun yetgach, Abdurahmon (r. a.) odamlar ichlarida yurib voqeani o‘rganganlaridan keyin tong namozi paytida masjidga kirdilar va o‘rinlaridan turib: «Ey odamlar, kishilar o‘zlarini saylagan kishilarini bilishlikni istaydilar», dedilar. Ammo ibni Yosir o‘rinlaridan turib: «agar odamlar ixtilof qilishmasun, desangiz Alini saylang», dedilar. Miqdod ibni Asvad ham Ammorning gaplarini qo‘llab-quvvatladilar. Abdulloh ibni Sarh esa o‘rinlaridan turib: «agar qurayshlar o‘rtasida ixtilof kelib chiqmasun, desangiz tezdan Usmonni saylangda, ikki firqa o‘rtasidagi janjalni, toki ularni bo‘lib tashlamay turib, pasaytirib qo‘ying», dedilar. Said ibni Abu Vaqqos Abdurahmonga qarab: «odamlar fitnaga tushmay turib ishni hal etib qo‘ya qoling,» dedilar. Bu gaplarni tinglab bo‘lganlaridan keyin Abdurahmon «men tekshirib chiqdim va kengashdim, sizlar janjallashmay turinglar», dedilar.
Bir vaqt Alini chaqirib: «Ey Ali, OLLOHning kitobi va Rasulining sunnati hamda u zotdan keyingi ikki xalifalarning siyratlari bilan amal qilaman, deb OLLOHga qasam ichishingiz lozim bo‘ladi», dedilar. Ali ham «men kuchimni yetganicha, bularga amal etaman, deb umid qilaman», dsya javob berdilar. Keyin Usmonni ham chaqirib Aliga aytgan gaplarni qaytarib aytdilar. Usmon ham shunday qilishlikka qat’iy so‘z berdilar. Abdurahmon shu onda Usmonni xalifalikka saylab bay’at qildilar. Shuning bilan saylov nihoyasiga yetdi. Usmon (r. a.) xalifa etib saylandilar.
Usmon (r. a.) bay’at berilgan vaqtidan boshlab musulmonlar o‘rtalarida umaviylarga, hoshimiylarga, alaviylarga taqsimlanish yuz berganligini mulohaza etamiz.


USMONNING BIRINCHI XUTBALARI

Usmon Zinnurayn saylov tugab, xalifalik mansabiga ega bo‘lganlaridan keyin asta minbarga ko‘tarilib, odamlarga qarata mana bu mazmundagi nutqni so‘zladilar:
«Ey odamlar, albatta sizlar hozir vaqtinchalik kulbadasizlar. Muddatli umrni yashaysizlar. Shunday bo‘lgach, vaqtlaringizni iloji boricha yaxshi amallar qilish bilan o‘tkazinglar, dunyodan ertalab kelib, yo peshinda, yo esa kechqurun ketgandek ketasizlar. Ogoh bo‘linglarki, dunyo kishini aldovchi narsadur. Sizlarni dunyoda tirik turishingiz aldab qo‘ymasun. OLLOHning yodidan bir nafas ham beparvo qilib qo‘ymasun. Uzlaringizdan avvalgi yashab o‘tgan avlodlaringiz holidan ibrat oling. Keyin esa jiddiy harakatga tushing, g‘aflat ila aziz umringizni behudaliklar yo‘lida o‘tkazib yubormang. Zotan, amal sizdan hargiz g‘olib qolmagay. Aytingchi, qani bu dunyoni aziz ko‘rib jon-dillari ila mehr-muhabbat qo‘yib yashaganlar, ularni ham dunyo o‘z og‘zidan tupurib tashladimi? Dunyoni OLLOH qaerga otgan bo‘lsa, sizlar o‘sha yerga yetinglar-da, oxirat hastini istaydigan bo‘linglar. Zero, Olloh taolo oxirat hayotini dunyo hastidan ko‘ra yaxshiroq deb ta’rifladi. Dunyo hayoti haqida sha’ni buyuk OLLOH mana bunday dedi: «Dunyo hayotini ularga zarbulmasal qilib bering, u go‘yoki biz suvni yerga tushirdik, keyin u suv yordamida yerda o‘simliklar o‘sdi, keyin esa shamol uchiradigan xazonga aylandi». OLLOH narsani o‘lchovli qilgandur. Mollar va farzandlar dunyo hayotining bir ziynati xolos. Abadii qoladigan yaxshi amallar esa OLLOH oldida savobi ulug‘ va yaxshiligi umidliroq», deya so‘zlarini tugatdilar. Ushbu xutbalaridan ko‘rinib turibdiki, Usmonning hech qanday amaliy yo‘llarining siyosatini bayon etuvchi bir reja emas, siyosatga hech qanday aloqasi yo‘q bo‘lgan xolis diniy nasihatdangana iboratdur. Go‘yoki Usmon o‘zlarining musulmonlarini va hamda boshqa islomiy davlatda yashovchi aholilarni xotirjam etadigan biror xos siyosat bilan bog‘lanishlikni xohlamadilar. Biroq u zot tezdan ommaviy va siyosiy ishlarning tadbirini ko‘rgani kirishib ketdilar. Viloyat hokimlariga, askar boshliqlariga va xiroj yig‘uvchi amaldorlarga, hamda shaharlardagi umum musulmonlarga xatlar yubordilar. Yozgan maktublarida ularni amru-ma’ruf qilishlikka, naxiy-munkar etishlikka, ahli zimmiylarga shafqat bilan muomala qilmoqlikka, xirojni adolat bilan yig‘ib olishga tavsiyalar berardilar. Xiroj yig‘uvchi amaldorlarga mana bu mazmundagi xatlarni jo‘natgandilar: «Albatta, OLLOH mahluqotlarni haqlik-la yaratdi. Shu sababli OLLOH faqatgina haqni qabul qiladi. Sizlar ham haqli yerdan olinglar va xaqli yerga beringlar. Omonatni haqlik bilan saqlanglar. Sizlar xoinlardan bo‘lib qolmanglar. Va’dalaringizga vafo etinglar. Yetimlar haqqiga va hamda ahdlashganlar haqqiga zulm etmanglar. Zotan Olloh taolo ularga zulm etganlarga dushmandur».
Naqadar ma’naviy axloq cho‘qqisiga yetgan, o‘z qo‘l ostidagilarga haqlik bilan muomala qilishlikka tavsiya etuvchi maktub. Bunday tavsiyali maktublar faqat qog‘ozdagina qolib ketmadi, balki amaliy hastda ham o‘z aksini ko‘rsatdi. Islom amaldorlari mana shunday oliy janob ko‘rsatmalarga amaliy jihatdan faollikda bo‘lganliklari tufayli tarixan juda qisqa davr ichida Islom yer yuziii juda ko‘p mamlakatlariga o‘z qanotini yozdi. Bashar tarixida bunga o‘xshagan voqea bo‘lganligi ma’lum emasdur.


USMONNING XALIFALIK DAVRLARIDAGI AMALLARI

Usmon (r. a.) xalifalik davrlarida ham Umar Foruq davrlarida boshlangan chet davlatlarni fath etishlik zanjiri uzilib qolmadi. Usmon fathlarni kelgan yeridan yana boshlab yuborganlar. Usmon (r. a.) hukmronlik davrlarida Armaniya, Afrika va Kipr davlatlari fath etilgan. Tabariston viloyati Said ibni Osning qo‘llarida fath etilgan 31-yilda Xuroson aholisi Usmonga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targanlar. Ularni bostirishlik uchun Basra vyuoyatidan hukmdorlari bo‘lgan Abdulloh ibni Omirni katta qo‘shin bilan yuborganlar. U yerda Abdulloh to‘la muvaffaqiyatga erishganlar. Keyin esa Ahmad ibni Qaysni katta qo‘shin bilan Tabariston tomon yo‘naltirdilar. Tabariston qo‘shinlari bilan qattiq janglardan keyin g‘alabaga erishdilar. Bu yerdan chiqib yo‘lda uchragan shaharlarni sulh tuzib fath etganlar. Keyin Xorazmni ham fath etishga kirishganlar. Biroq bunga erisha olmaganlar. Orqalariga qaytib Amudaryoni kechib o‘tdilar. Movarounnahrdagi shaharlarga yetib kelganlar, ular bilan sulh tuzdilar. Shuningdsk, Usmon ba’zi bir Islomiy davlat qo‘l ostida yashayotgan qo‘zgolonchilarni ham shafqatsiz ravishda bostirganlar,
Qufaga Valid ibni Ukbani voliy qilib tayinlagan edilar. Vaqtiki, Ozarbayjon viloyati juz’ya berishdan bosh tortgan vaqtida va Arman davlati Islom hukumatiga itoat etishdan bo‘yintovlik qilgan vaqtida Valid ibni Uqbani Usmon (r. a.) ularga qarshi yuborganlar. Valid u yerga borib ularni butunlay tor-mor keltirib tashlaganlar. Muoviya ibni Abu Sufyon Umar xalifalik davrlaridan Shom viloyatida voliy edilar. Muoviya (r. a.) harbiy daryo floti tuzgan edilar. Ularning yordamida Vizantga qarshi urush qilardilar. Hatto kichik Osiyoni ichkarisiga kirib ketgandilar. Shu kabi yana Kipr va Rodos orollarini hamda juda ko‘p qit’alarni fath etgandilar.
Kipr oroli O’rta Yer dengizidagi eng katta orollardan bo‘lganligi sababli uning fath etilishining alohida ahamiyati bor edi. Orolning fath etilishi 28-hijriy yilida ro‘y bsrdi. Zsro, Muoviya (r. a.) Kiprga qarshi urushni Umar ibni Hattob zamonlarida fikr qilgan va bu to‘g‘rida Umardan izn so‘raganlar. Xims qo‘rg‘onidan rumliklarga qarshi O’rta Yer dengizidan kirib urush qilishga ijozat so‘ragandilar.Umarga shunday degandilar: Ey amiral mo‘‘minin, Ximsning qishloqlarida yashovchi rumliklar itlarining vovullashini, xo‘rozlarining qichqirishini eshitib turadilar». Bu gapdan keyin Umar ibni Osga dengizni va unda bo‘lgan kemalarni ta’riflab berishliklarini so‘rab xat yozgandilar. Hali u vaqtda musulmonlarning dengiz flotlari mavjud emasdi. Amr ibni Os Umar hazratlariga O’rta Yer dengizi nihoyatda katta ekanligini va u yerda qudratli flotga ega bo‘lgan qal’alar borligini, musulmonlarga ular bilan urishishlik uchun imkon yo‘qligini ko‘rsatib javob xati yozgandilar. Mazkur javobni olganlaridan so‘ng Umar (r. a.) dengizda urush qilishlikka ruxsat bermagandilar. Shu bilan Kiprga qarshi yurish to‘xtab qolgan edi. Usmon (r. a.) xilofot masnadiga jonishin bo‘lganlaridan so‘ng yana Muoviya (r. a.) u kishiga Kiprga qarshi yurish boshlashga izn so‘rab bir necha marta xatlar yozib ijozat so‘raydilar. Oxiri Usmon (r. a.) ijozat beradilar. Biroq dengizda qilinadigan janglarda qatnashishlik uchun musulmonlarni majbur qilmaslik, balki har kimning ixtiyoriy o‘ziga berishlikka shart etdilar. Kiprga qarshi urush qilish uchun Abdulloh ibni Qays qo‘mondonligi ostida birinchi musulmonlar dengiz flotini jihozlatgan edilar. U kishiga Iskandariya portidan suzib kelgan kemalar bilan Abdulloh ibn Said ham kelib qo‘shildilar. Kipr yaqinida har ikki flot qo‘shildi.
Ular Kipr aholisi bilan har yili rumliklarga to‘lab kelishayotgan 7000 dinor to‘lashlik barobariga sulh tuzdilar. Shunday qilib, musulmonlar osonlikcha Kipr orolini egallab oldilar. U yerda masixiylarni himoyachilari juda oz bo‘lganligi sababli ular musulmonlarga qarshi urishishga yarolmadilar.

MALXONNING QIZI UMMU XIROM QISSASI

Mana shu Kipr uchun bo‘lgan janglarda ulug‘ sahobai muhtaram, sahoba Ubodat ibni Sobitning xotinlari Malxonning qizi Ummu Xirom shahodat sharafiga noil bo‘lganlar. Ummu Xirom Islomga birinchilar qatori kirgan ansoriylardan edilar. Rasululloh hazratlari u kishining hovlilariga ziyorat etgani keladilar. Masjidil Qubo yaqinidagi xonalarida peshin vaqtlarida uxlab istirohat etardilar. Kunlardan bir kuni Rasululloh hazratlari Ummu Xiromning uylarida kunduzi uxlab dam olayotgan edilar. Uygonib tabassum qilgan holda: «Men tushimda bir guruh ummatimni O’rta Yer dengizida kemada suzib yurganlarini ko‘ribman», dedilar. Ummu Xirom shunda: «Yo Rasululloh, duo qiling, Meni ham OLLOH o‘shalardan qilsun», dsdilar. Rasululloh hazratlari «Sen o‘shalar bilan bir bo‘lasan» dedilar. Keyin yana yotib uxladilar. Bir ozdan so‘ng kulgan hollarida uyg‘ondilar. Kulganlarining sababini Ummu Xirom so‘ragandilar, Rasululloh.: «men tushimda ummatimdan bir guruhining O’rta yer dengizida suzib yurganlarini ko‘ribman», deb javob berdilar. Shunda Ummu Xirom: «Yo Rasululloh, duo qiling men ham o‘shalardan bo‘lay», deganlarida, Rasululloh «albatta, ssn birinchilardan bo‘lasan», dedilar. Ubodat ibni Sobit u muhtaram aslga uylandilar. Keyin o‘zlari bilan birga birinchi dengiz jangiga boshlab chiqdilar. Qirg‘oqqa yetganlarida Ummu Xirom bir eshakka minib olib qirg‘oq bo‘ylab ketardilar. Yo‘lda eshak yerga yiqitib urdi va o‘ldirib qo‘ydi. Mana shu sababli Ummu Xirom Kipr uchun bo‘lgan janglarda eng birinchi shahid bo‘ldilar. U aziza aslning qabrlari Kipr butunlay turk musulmonlari qo‘l ostida bo‘lgan vaqtda musulmonlar ziyorat qiladigan mazor bo‘lib turdi. Keyinchalik Kiprga Markos prezident bo‘lib saylangach, orol ikkiga taqsim qilindi. Ummu Xiromning qabrlari bo‘lgan mavzu nasroniy taqsimiga o‘tib qoldi. Nasroniylar endilikda musulmonlarga mazkur ulug‘ yodgorlikni kelib ziyorat etmoqlikni ma’n etib qo‘ydilar. Endi Misrda bo‘lib o‘tgan voqealarga kelsak, rumliklar bilan bo‘lgan o‘rtadagi ahd buzilgan edi. Iskandariya xakimlari o‘zlarining xorlik chekayotganlarini shikoyat qilib va Iskandariyani bosib olish yo‘llarini ko‘rsatib, qirol Konstantinga maktub yo‘lladilar. Iskandariyada musulmonlarning himoyachilari oz sonli qo‘shindan iborat edilar.
Konstantin lashkarboshisi Emannuel boshchiligida juda katta qo‘shinni Iskandariyani bosib olishga yubordi. Ular osonlikcha bosib oldilar. Kibtiylar rumliklarni yana qaytadan Iskandariyani bosib olganliklardan g‘azablanib xalifaga Amr ibni Osni urushmoq uchun bosh qo‘mondon qilib tayin etishlarini so‘rab xat yozdilar. Usmon Amr ibni Osni hokimiyatdan chetlatgan edilar. Yana qaytadan tayinlab rumliklarga qarshi urishishlikka ijozat etdilar. Amr ibni Os bilan rumliklar o‘rtasida quruqlikda va dengizda juda qattiq dahshatli janglar davom etdi. Ancha davom etgan shiddatli janglardan keyin musulmonlar dushman ustidan to‘la g‘alabaga erishdilar. Dushmanni Iskandariyaga qadar quvlab borib qaqshatgich zarba berib, butunlay tor-mor keltirdilar. Urush musulmonlar g‘alabasi bilan tugagach, Amr jangni to‘xtatishga buyurdilar. Bo‘lib o‘tgan buyuk voqeadan nishona bo‘lib qolishligi uchun «Masjidi rahmat» deb nom qo‘yilgan masjidni qurishlikka amr etdilar.

HAZRATI USMON XALIFALIK DAVRLARIDA TASHQI FATHLAR

Amr ibni Os (r. a.) hazrati Umar tomonlaridan Misrga voliy qilib saylangan edilar. Misrning g‘arbiy chegaralari Burka (krilanka) viloyatini 21-hijriyda sulh bilan fath etilgani sababli va 22-yil Tarablusni jang bilan egallanilgani tufayli xotirjam edi.
Keyin Nofi bilan ibni Abdul Qaysni Nubil viloyatini fath etishlik uchun katta qo‘shin bilan yubordilar. Nofi (r. a.) Nubilda juda qattiq jang qildilar. So‘ngida dushmanlar Nubilni musulmonlarga bo‘shatib berib chiqib ketdilar. Amr ibni Os ishdan chetlatilib o‘rinlariga Abdulloh ibni Abu Sarh tayinlanganlaridan so‘ng u zot Afrikaga qarshi yurish boshlashni fikr etdilar, va bu to‘g‘rida xalifa Usmondan ijozat so‘radilar. Xat yetib kelganidan keyin Usmon (r. a.) sahobai qiromni to‘plab majlisga chaqirdilar va ular bilan bu haqda maslahat qildilar. To‘planganlar Afrikaga qarshi yurish qilish uchun Abdullohga ruxsat berishlik kerak degan ittifoqga keldilar. Qaror qabul qilingandan so‘ng Usmon (r. a.) Abdullohga madad uchun katta qo‘shin tayyorlab Madinadan jo‘natdilar. Qo‘shin ichida bir necha adat ulug‘ sahobalar ham hamroh bo‘ldilar. Qo‘shin Afrikaga qarab yo‘l oldi. Oradan ancha vaqt o‘tgach, Afrikaga jo‘natilgan qo‘shindan hech qanday xabar kelmay qoldi. Bundan tashvishga tushgan xalifa bir necha kishilar bilan Abdulloh ibni Zubayr janoblarini qo‘shinlarining ahvollarini bilib kelishlik uchun Afrikaga jo‘natdilar. Abdulloh ibni Zubayr Afrikaga yetib keldilar, kelganlaridan keyin Abdulloh ibni Sarhni urush rejasini tekshirib chiqib, uni xatoga chiqardilar. Chunki bu rejaga ko‘ra qo‘shin ertalabdan to kech peshinga qadar dushmanga qarshi jang qilar, kech peshin bo‘lgach, jangni to‘xtatib, ertasiga qadar hech qanday hujum uyushtirmas edi, Abdulloh ibni Zubayr buni dushman qo‘shinlariga qayta tayyorlanish uchun berilgan fursat deb topdilar. Bunday fursatdan ularni mahrum etishlik uchun ibni Sarhga qo‘shinni ikkiga bo‘lishlikni tavsiya qildilar. Ertalabdan to peshinga qadar birinchi qismdagi jangchilar bilan urishib turadilar. Ikkinchi qismdagi askarlar esa dam oladilar. Peshindan so‘ng esa birinchi qism jangchilar dam olgani to‘xtadilar. Bu payt ikkinchi qismdagi askarlar behosdan dushman ustiga hujumga o‘tadilar. Bunday qilish bilan dushman qayta tartibga kelish fursatidan, imkoniyatidan mahrum etiladi. Ushbu usulga ertasidan boshlab amal qilgan askarlar peshinga qadar birinchi qism bilan urishib keyin o‘z manzilgohlariga dam olish uchun qaytib kelgan dushman ustiga birdan kutilmaganda hujum qilib qoldilar. Bunday bo‘lishni kutmagan dushman askarlari sarosimaga tushib, betartib ravishda mudofaaga o‘tishdi. Biroq, biroz fursat ham o‘tmay qo‘shin ichida mutlaqo tartib qolmagani tufayli Islom lashkarlari buyuk g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Dushman qo‘shinlari qo‘mondoni Jirjis ham mana shu jangda musulmonlar qo‘lida halok bo‘ldi. Islomning shonli askarlari Abdulloh ibni Zubayrga va u janobning xayrli maslahatlariga amal qilganliklari tufayli dushman ustidan to‘la g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Mazkur jangda musulmonlar dushmanlaridan juda ko‘p g‘animatlarni qo‘lga kiritdilar. Bilozariy «Futuxi Buldon» nomli kitoblarida va Kinday «Alv Lot» nomli kitoblarida yozishlariga qaraganda, bitta otliq askarning mana shu g‘animatdan nasibasi uch ming dinorga, piyoda askarlarning esa ming dinorga yetgan edi.
Jang tugab, g‘alaba qo‘lga kirganidan keyin Abdulloh ibni Zubayr janoblari Madinaga qaytib ketdilar. Xalifa Usmon hazratlariga xushxabarni yetkazdilar. Xalifa ushbu xabardan benihoya sevinchga to‘ldilar. Abdulloh ibni Zubayrdan ushbu quvonch xabarini odamlarga masjidda xutba o‘qib eshittirishlarini iltimos etdilar. Abdulloh ibni Zubayrda «bunday xushxabarni odamlarga o‘zingiz yetkazing», deb Usmonga aytdilar. Usmon (r. a.) odamlar o‘rtasida turib ushbu sevinchli xabarni uzun xutbaning ichida ularga eshittirdilar.
Bundan keyin ibni Sarh Nubilga qaytdilar. U yerda Nubil bilan yangidan g‘azot qildilar. 31-yili hatto Dungolo nohiyasiga qadar yetib bordilar. U srning aholisi ibni Sarhga qarshilik ko‘rsatgani tufayli ular bilan mislsiz jang qildilar. Biroq ibni Sarh, ular ustidan butunlay g‘alabaga erisha olmadilar. O’rtada yarash sulhi tuzildi. Ibni Sarh Misr bilan Qubil o‘rtasida yarim iqtisodiy shartnoma o‘rnatdilar. Bu shartnomaga ko‘ra Misr Nubilga urug‘lik bug‘doy va sabzavotlar yuborib turdi. Nubil esa o‘z navbatida un mahsulotlarini jo‘natadigan bo‘ldi.
34-yili Iskandariya yaqinida, O’rta Yer dengizi havzasida musulmonlar bilan rumliklar o‘rtasida urush olovi yoqildi. Rum qo‘shinlariga qirol Konstantinning o‘zi rahbarlik qilardi. «Suvoriylar jangi» deb nom olgan mazkur urushda arablar rumliklar ustidan ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Dengiz jangida arablarning qo‘lga kiritgan harbiy kemalari, birinchi Islom Flotini barpo etishlikda juda qo‘l keldi. Barpo etilgan mana shu flot ummaviylar hukmronligi vaqtida musulmonlar bilan vizantiyaliklar o‘rtasida davom etgan dengiz janglarida juda katta ishlarni amalga oshirishda benihoya xizmatlar qilgan.

USMONIING BA’ZI BIR AMALLARI

Usmon (r. a.)ning Olloh taolo va taborakning roziligini istagan holda sof niyatda amalga juda ko‘p islohotlari va maqtovga loyiq ishlari bo‘lgan. Mazkur islohot va amallarni xalifalik davrlarida o‘zlarining bevosita taklif va jiddiyatlari tufayli amalga oshirganlar. Quyida biz u zot harakatlari orqasida amalga oshgan ba’zi bir ishlarni hurmatli o‘quvchilarga taqdim etamiz.
Makka aholisi 26-yili Eson dengiz portini yangidan Jidda yaqinidagi sohilga ko‘chirish to‘g‘risida maslahat qildilar. Chunki bunday qilinganda port Makkaga yaqinroq bo‘lgan bo‘lur edi. Hazrati Usmon o‘zlari sahobai qiromlar bilan birgalikda Jidda sohiliga boradilar. U yerni sinchiklab o‘rganganlaridan so‘ng, port quriladigan joyni ko‘rsatib bergandilar. Keyin dengizga tushib u yerda g‘usl qilganlar. «Bu yer muborak sohil bo‘lsin», deb duo qilganlar. O’zlari bilan kelganlarni ham dengizga tushib cho‘milib, qirg‘oqda oftobga tovlanib yotishga amr etdilar. O’sha davrda barpo etishga asos solingan Jidda porti hanuzgacha Makkayi-mukarramaga xizmat qilib kelmoqda. Yana o‘sha yili Baytullohning atroflaridagi hovlilarni sotib olib Baytullohga qo‘shganlar. Baytulloh atrofiga katta koshonali xonalarni bino ettirganlar. Ollohning baytul haramini birinchi bo‘lib kengaytirgan shaxs Usmon (r. a.) bo‘ldilar. Shuningdek, Baytullohning muborak padarpushlari johiliyat zamonida teridan qilingan edi. Hazrati Usmon Baytullohning ustlaridagi teri yopqichni oldirib tashlab, o‘rniga Misr ipak paxtasidan to‘qilgan oq mato yoptirganlar. 24-yilda Madina aholisi Usmon (r. a.) bilan Masjiddin nabaviyni kengaytirish xususida so‘z yuritganlarida hazrati Usmon kibor sahobalar ila bu haqda maslahat qildilar. Hammalari eski masjidni buzib, o‘rniga keng va kattaroq masjid bino qilishlikka ittifoq etdilar. Ushbu maslahat bir yerga tinganidan so‘ng hazrati Usmon peshin namozini xalq bilan o‘qidilar. Namoz tugagach, o‘rinlaridan turib minbarga chiqdilar va xalqqa qarata nutq so‘zladilar.
Nutqlarining iborasi quyidagicha edi: — Ey xaloyiq! Men masjidi Rasulullohni buzub tashlab o‘rniga qaytadan yangi va keng, kattaroq qilib qurmoqchiman. Men guvohlik berib aytamanki, Rasululloh alayhissalomdan, «Kimki bir masjidni bino qilsa, unga jannatda bir xona bino qilinadi», deganlarini juda ko‘p bor o‘z qulog‘im bilan eshitganman. Mendan avvalroq o‘tgan salaf Umar ibni Hattob ham masjidni kengaytirganlar. Men o‘shalarga ergashgan bo‘laman. Men kibor sahobai kirom ila bu haqda maslahatlashdim. Ular masjidning eski binosini buzib tashlab o‘rniga kengroq va ulkanroq qilib qurishga ittifoq qildilar.
To‘plangan xaloyiq Usmon (r. a.)ning ushbu fikrlarini to‘g‘ri deb topdilar. Shundan keyin Usmon (r. a.) ishchilarni yollab, o‘zlari ish boshida boshqarib turib qurilishni boshlab yubordilar. Qurilish 29-yil rabiul avval oyida boshlanib, bir yilga yetmagan vaqt ichida ya’ni 30-yil boshlarida nihoyasiga yetkazildi.
Rivoyat qilinishicha, Usmon (r. a.) odamlar bilan gaplashib masjidni buzish haqida maslahatlashmoqni iroda qilgan vaqtlarida oldilariga Mavlon ibni Xikam kelgan ekan va u kishiga qarab: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, juda xayrli ishga kirishibsiz. Biroq, odamlarning esidan chiqmaydigan bir ish qilsangiz bo‘lardi», degan ekan. So‘zini tinglab turib Usmon «holingga voy, Usmon bizga qattiqliklar qilardi, deb gapirib yurishlarini yomon ko‘raman»— deya javob berdilar. Mavlon debdi: «Umar masjidni kengaytirgan vaqtlarida ularga qanday muomala qilganlarini ko‘rmadingizmi?» Usmon ung‘a qarab: «Jim bo‘l! Umar ularni juda qattiq qo‘lliq bilan ushlab turganlaridan hammalari u kishidan qo‘rqqanlar. Agar hammalarini bir tor hujraga kirgizsalar edi, kirib ketaverar edilar. Men esa ularni unday qilolmayman. Ularni qo‘rqitadigan bo‘lib qolishni istamayman», debdilar. Shunda Mavlon u kishiga qarab; «Bu gapingizni biror kimsa sizdan eshitib qolmasun. Unda sizga qarshi chiqishga jur’atli bo‘lib qoladi», debdi. Usmon (r. a.) xalifalik yillarining barchasida musulmonlar bilan birgalikda, Rasulullohning zavji-muboraklarini qo‘shib olib xajga borgandilar, Faqat uylariga qamal qilib qo‘yilgan yillarida xajga borolmay qolganlar xolos.

DAHSHATLI FITNA

Hazrati Usmon xalifaliklarining yarmiga qadarli davr ichida musulmonlarning sevikli xalifalari va butun Islom olami rozi bo‘lgan shaxs sifatida hukm surdilar. Musulmonlar hazrati Usmonning yumshoq ko‘ngil, xushfel bo‘lganliklari sababli doimiy xalifalik etishlarini orzu etardilar. Xususan, u kishi qattiqqo‘l Umar xalifaliklaridan keyin davlatga rahbarlik qilganliklari uchun odamlarga juda ham yoqqan edilar. Hazrati Umar musulmonlarni qattiq intizomda saqlar hamda ularni shaharlarga safar etishlikdan man etgan va katta qasr va hashamatli imoratlarga ega bo‘lishlikdan tiygan edilar. Buning sababi musulmonlar dunyo matolariga aldanib, natijada fitna kelib chiqmasligi uchun edi. Davlat hukmronligi Usmon qo‘llariga o‘tgach, odamlar benihoya shodlanib xalifalikda yuritgan ishlaridan rozi bo‘ldilar. Xalifalik mansabiga mingan vaqtlarida yoshlari yetmishda bo‘lgan. U kishi, tabiiyki, yoshliklaridan ko‘rkam hayotga odatlanib katta bo‘lgan edilar.
U janob Abu Bakr kabi va Umari odil kabi qattiqqo‘l emasdilar. Bunday sifatlar Islom davlati kabi bepoyon mamlakatni boshqarishlikda hokimiyat tepasida turgan hukmronga lozim bo‘ladigan sifatlardan edi. Xususan arablar oddiy, qashshoq hast kechirishlik davridan dabdabali va mo‘lko‘lchilik davriga o‘tayotgan davrlarida boshchilik qilayotgan hukmronga mana shunday jasurlik, qattiq qo‘llik kabi sifatlar zarur bo‘lardi. Usmon (r. a.) kibor sahobalarga chet mamlakatlarga safar otishga va u yerlarga borib mol-dunyo ortdirishga yo‘l qo‘ydilar. Ular esa qanday istasalar shunday ado etadigan bo‘ldilar. Madina va Makkaga har tomondan kelib to‘plangan boyliklar avvalda bunday mo‘l-ko‘lchilikka odatlanmagan arablar ruhida o‘z ishini ko‘rsatadi. Bunday katta boylik ularni asta-sekin dabdaba va isrof yo‘llarida foydalanish darajasiga yetkazdi. Avvallarda Madinada noma’lum bo‘lgan har xil behuda o‘yinlar, kaptarbozlik kabi lavh ishlar shaharda tarqala boshladi. Hatto ish shu darajaga yetdiki, oxirida Usmon (r. a.) bunday behudagarchiliklar bilan shug‘ullanadigan kimsalarni jazo choralari belgilab tiyib qo‘yishlikka majbur bo‘lib qoldilar. Birinchi bo‘lib Ka’b ibni Zulxayqani noo‘rin harakati uchun jazoladilar. Bundan achchig‘i chiqqan Ka’b o‘zining bir necha oshna-og‘aynilari hamda o‘g‘illarini ishga solib, o‘zi bilan birga achchiqlangan holda Shomga ko‘chirib olib chiqib ketdi. Shuningdek, behuda o‘yin-kulgi va ichkilik ichgani uchun Zobi ibni Xorisni hibs etishga buyurdilar.
Qufada bir necha jamoat to‘plangan bo‘lib ichlarida Ashtar va Zayd ibni Sujon ham bor edi. Ular ham Usmonga qarshi fitnagarlik qilishga urindilar. Ular: «agar modomiki Usmon hokimiyat tepasida turarkan, hech kimning boshini ko‘targani ham qo‘ymaydi» deb fitna, ig‘vo, qutqu-gaplarni tarqatdilar. Bunday ig‘vogorona gaplardan junbushga kelgan Zobi va Kuxayl ibni Ziyod kabi befarosat kimsalar esa «biz Usmonni albatta o‘ldiramiz», deyishgacha bordilar. Tabariyning rivoyat etishlariga qaraganda, hazrati Usmonga qarshi fitna chiqib, juda qattiqlashib ketgan paytda Umayr avvalda qilgan qasdidan qaytadi, ammo Kuxayl esa o‘ldiraman, degan qasdida mahkam turdi. Hatto, Usmonning oldilariga tajovuzkorlar bostirib kirgan paytida o‘ldirgani jasorat etib harakat ham qiladi. O’ldirgani payt poylab Usmonga tashlangan vaqtida hazrati Usmon u beadabni musht bilan urib yubormaganlarida, balki u befarosat hazrati Usmondek oliyjanob bir sahobani shahid etgan bo‘lardi. Fitnaning boshlanishi yoki ahvolning o‘zgarishi mana shu nuqtadan boshlangan edi. Bunga qo‘shimcha yana ba’zi bir kibor sahobalar bilan Abdulloh ibni Mas’ud, Abu Zar G’ifforiy va Ammor ibni Yosir kabi hurmatli sahobalar bilan hazrati Usmon o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchiliklar ham fitnaning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Bu ishdan ibni Mas’ud qattiq ranjidilar. Ibni Mas’udni hazrati Usmon taraflaridan ozorlanganliklarini ko‘rib u kishiga tarafdor bo‘lgan bani Xuzayl va Bani Zuhro urug‘i Usmon hazratlarini juda yomon ko‘rib qoldilar. Abu Zarning achchiqlanganlarini ko‘rib G’iffor va ularga ittifoqchi bo‘lgan urug‘lar ham Usmondai g‘azablanib qolishdi. Bani Maxzum urug‘i esa xalifa Usmon (r. a.) Ammor ibni Yosirni ixonat etganliklari uchun unga qarshi bo‘lib qoldilar, bularning barchalari hazrati Usmonga qarshi isyonga chaqirayotganlarga tezlik bilan javob beradiganlar edilar. Juda ko‘p odamlar ochiqdan-ochiq u kishining tutayotgan ishlaridan norozi bo‘lishar va yurg‘izayotgan siyosatlaridan xafa bo‘lib tanqid etardilar. Misol uchun siz hazrati Usmonning avvalgi ikki xalifa davrlarida bo‘lmagan ishlarni yangadan paydo qilganliklarini olib ko‘ring. U kishi takbirda eng birinchi ovozlarini past etgan va eng birinchi bo‘lib zakot berishlikni odamlarning o‘zlariga topshirgan va eng birinchi bo‘lib otlardan zakot olgan va eng birinchi bo‘lib chorvador boqishligi mumkin bo‘lmagan chegara to‘siqlarini yo‘qotgan kimsa bo‘ldilar. Shuningdek, Usmon hazratlari amakilari Hikam ibni Os hamda bola-chaqalarini Madinaga qaytarib olib kelganlari uchun ham odamlarning achchig‘i kelib qoldi. Hikam vafot etganda hazrati Usmon qabrning ustiga chodir tiktirdilar. O’g‘lini esa Madinadagi bozorga oqsoqol saylab qo‘ydilar. Bozorga oqsoqol bo‘lib olganidan so‘ng uning fe’li o‘zgardi, asta-sekin mol jamg‘arishga tushib qoldi. Shu kabi boshqa amakivachchalari bo‘lgan Mavlon ibni Hikamni juda iltifot ko‘rsatib o‘zlariga vazir hamda maslahatchi qilib oldilar. Noto‘g‘ri maslahatchi bo‘ldi. Shuningdek, musulmonlar hazrati Usmonning Umar tayinlagan voliylarini birin-ketin ishdan olib, ularning o‘rniga o‘z qarindosh-urug‘larini tayinlab qo‘yganlari uchun xafa bo‘lib qolishdi. Bular Madinada bo‘layotgan ishlar edi. Ammo Madinadan tashqarida esa hazrati Usmonning siyosatlariga qarshi turganlarga qo‘shimcha yana yallig‘lanib yonay deb turgan ikki tabaqa ham mavjud edi. Bir tabaqa behisob boyliklardan xohlaganicha foydalanayotgan holda ikkinchi tabaqa esa hayot go‘zalliklaridan butunlay mahrum bo‘lgan bechorahollar edilar. Mana shu ishlar Islom davlatini o‘zgartirib yubordi. Ushbu o‘zgarishlik esa xalifaning siyosatiga qarshilikni kuchaytirdi. Davlat ishlarida yurgizayotgan tartiblariga kishilar noroziligini tug‘dirdi. Madinada va qolgan boshqa o‘lkalarda xalifa siyosatiga qarshilik ko‘rsatish harakatini yuzaga keltirdi. Mana shunday g‘azab va nafrat bilan to‘lgan holat esa Abdulloh ibni Sabo’ hamda unga ishonib ergashganlar da’vatini qabul qilishga imkoniyat yaratib berdi. Ibni Sabo’ odamlarni xalifa Usmonga qarshi qo‘zg‘agan eng birinchi shaxslardan va hamda ushbu ulug‘ sahoba OLLOH jannat bilan bashorat bergan buyuk zotni o‘ldirishlik fitnasiga boshchilik qilgan odam edi.
Abdulloh ibni Sabo’ning xalifa Usmonga qarshi yuritayotgan g‘alamislik chaqirig‘i Basrada juda keng tusda qabul etila boshladi. Ishning bunday keng tus olayotganini hamda katta bir xatarning kelib chiqishini sezgan Basra voliysi ibni Sabo’ni shahardan badarg‘a qildirdi. Ibni Sabo’ Basradan quvilganidan keyin Qufa viloyatiga keldi. U yerda odamlarni xalifa hamda voliyga qarshi g‘azabini qayrashga kirishdi. Odamlar Qufada voliyga nisbatan qattiq nafratda edilar. Ular Balko va Iroq chegaralarida joylashgan Sivor nomli o‘rinda yashayotgan qurayshlarni badnom etib, obro‘larini to‘ka boshladilar. Qo‘zg‘olonchilar Sivorda qurayshlarga tegishli bo‘lgan bog‘larni ulardan tortib olib qo‘ydilar. Mulklarini taladilar.
Isyonchilar asta-sekin ochiqchasiga birlashishga va Usmonga ochiq-oydin la’natlar ayta boshladilar. Ular dunyoda sodir bo‘lgan jinoyatlar ichida eng dahshatlisi bo‘lgan og‘ir jinoyatni sodir qilishga kirisha boshladilar.
Ibni Sabo’ Qufadan ham xorlarcha voliy tomonidan quvilgach, Shomga qarab yurdi. Shomda esa chaqirig‘iga labbay, deb javob beradigan odamlarni topa olmadi. U yerdagi holat anchagina intizomda edi. Shomda o‘rin topa olmagach, Misrga qarab yo‘lga chiqdi. U yerda o‘zining, din libosini kiygizib odamlar ko‘zini bo‘yagan zaharli ta’limotni tarqatishga imkon topa olmadi, ammo keyinroq imkon topa oldi. Odamlar ichida Ali ibni Abu Tolibga tarafkashlik qilish chaqirig‘ini yoydi. Raj’iy mazxabini e’lon etdi. Ya’ni «Rasululloh yana ikkinchi marta hayotga qaytib keladilar», degan uydirma xurofiy fikrlarni odamlar o‘rtasida va yana «Ali Rasululloh vasiyat qilgan xalifalari va hamda o‘zlaridan avvalgi o‘tgan xalifalardan afzal», degan safsataning zararli oqimini odamlar miyasiga quydi. Shuningdek yana musulmonlar o‘rtasida forslardan o‘tgan ilohiy haq nazariyasini rivojlantirdi. Bunday nazariyani Islom qat’iy ravishda ma’n etadi. Ushbu nazariya ta’limotiga ko‘ra go‘yo Ali Nabi alayhissalomdan so‘ng eng haqiqiy xalifa emishlar. Va hamda Ali Nabi davlat ishlarini yurgizishda Ollohdan madad olarmishlar. Hazrati Usmon esa xalifalikni nohaq egallagan emishlar. Bu nazariya oxirigacha mana shunday zaharli fikrlardan iborat bo‘lgan, Islomga qarshi bir uydirma edi. Abdulloh ibni Sabo’ Misrda Misr xalqi xalifa Usmon tomonidan tayinlangan voliy Abdulloh ibni Sa’dga qarshi bo‘lganliklari sababli o‘z da’vatini keng tusda yeyishga muvaffaqiyat topa oldi. Zero, voliy xalifaning qarindoshlaridan bo‘lganligi uchun Misr xalqi uni yomon ko‘rib qolgandi.
Shu kabi Muhammad ibni Xuzayfa bilan Muhammad ibni Abu Bakrni ushbu da’vatga qo‘shilishlari g‘azab o‘tini Misrda alanga olishiga va hamda ibni Sabo’ o‘zining zaharli ta’limotini yoyishda muvaffaqiyat topishiga yordam berdi. Misrda, Basrada va Qufada holat ancha yomonlasha boshladi. Oxirida Usmon davlat arboblaridan mazkur viloyatlardagi aniq holatini tekshirib bilib kelishlik uchun to‘rt kishini tanlab u yerlarga yuborishga majbur bo‘lib qoldilar. Shundan keyin Muhammad ibni Salamani Qufaga, Usoma ibni Zaydni Basraga, Abdulloh ibni Umarni Shomga, Ammor ibni Yosirni esa Misrga yubordilar. Ammor ibni Yosirdan tashqari qolgan uch kishi u yerdagi holatni tekshirib haqiqiy voqeani aks ettirgan ma’lumotlarni to‘plab xalifa qoshiga qaytib keldilar. Ammor ibni Yosir esa ilgari eslatib o‘tganimizdek, xalifa bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan kelishmovchiliklar tufayli qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketdilar. Bu esa qo‘zg‘olonchilarni yanada shijoatlantirib yubordi.
Ibni Sabo’ viloyatlarini xalifa Usmonga qarshi birlashtirishga erisha oldi. Unga haybatli hamda nufuzli Muhammad ibni Abu Bakr, Muhammad ibni abu Xuzayfa va Ammor ibni Yosir kabi sahobalar ham qo‘shildilar. Ibni Xuzayfa ibni Sabo’ni yozgan maktublarini Misr, Qufa va Basra xalqi orasida yoyishda ishtirok etdilar. Shundan keyin har bir viloyatdan yetti yuzdan oshiq kishi chiqib Madina tashqarisiga kelib to‘plandilar. Keyin ular o‘zaro Usmondan so‘ng kimni xalifa etib tayinlash xususida tortishib qolishdi. Basrada kelgan jamoalar Zubayrni, Qufadan kelganlar esa Talxani, Misr aholisi esa ibni Sabo’ boshliq Alining bo‘lishligini talab etdilar. Hazrati Usmon Misr elchisini qabul qildilar va talablarini qondirishga va’da berdilar. Keyin ular tinchlanib o‘z mamlakatlariga keta boshladilar. Ular yo‘lda ketayotgan vaqtlarida uzoqdan bir otliqni goh ko‘rinib, goh ko‘rinmay ketayotganini ko‘rib qolishdi. Ular mazkur otliqdan shubhaga tushib quvib ketishdi. Tutib olib tintuv qilishdi. Uning yonidan xalifa Usmon tomonidan yozilgan maktubni topib olishdi. Xat oxirida Misr voliysiga isyonchilarning hammasini Misrga kirgan zahoti tutib dorga osishlik buyurilgan edi. Xatni o‘qigan isyonchilar yana qayta g‘azablangan holda Usmonning oldilariga qaytib kelishdi. Hazrati Usmondan bu haqda so‘rashdi. Hazrati Usmon bu xatni yozmaganlariga, buyurib ham yozdirmag‘anlariga qasam ichdilar. Ular bu Mavlon ibni Hikamning xalifa nomidan o‘zi yozib yuborganligini dalil ila bilib oldilar. Shundan so‘ng ular Mavlonni ularga topshirishlikni talab etdilar. Usmon (r. a.) esa Mavlonni ularga topshirishlikdan bo‘yin tovladilar. Keyin hazrati Usmon hovlilarini isyonchilar yigirma kunga yaqin musoxara etib to‘rdilar. Bu, Usmon Zinnuraynga qarshi ochiqdan-ochiq musoxara bo‘ldi. Bir jamoa sahobalar fitna o‘z ishini ko‘rsatmasligi uchun u kishini himoya etishga kirishdilar. Hazrati Usmon atrof viloyatlarga madad so‘rab maktublar jo‘natdilar. Isyonchilar xaj mavsumi tugaganini va atrof viloyatlardan yuborilgan madad kuchlar bexosdan bostrib kelib qolishligini o‘ylab ishga jiddiyroq kirishdilar. Mudofaachilar bilan ular o‘rtasida qattiq olishuvlar bo‘ldi, keyin Usmonning hovlilariga xoinona bostirib kirib bordilar. Hazrati Usmon madad tilab hazrati Aliga maktub yozib yuborgan edilar. Hazrati Ali o‘g‘illari Hasan va Husan (r. a.) ni hamda Zubayr boshliq bir necha adad bahodir kimsalarni yubordilar. Ularga hazrati Ali Usmonni poylashlikka hamda biror kishi hazrati Usmonga izo va jafo yetkazishligi uchun imkoniyat bermaslikni buyurib edilar. Ular kelib hazrati Usmon hovlilarining darvozasini to‘sib turdilar.

OG’IR JINOYAT

Biroq isyonchilar darvozani qo‘yib tuynuklardan kirishga harakat qildilar. Ular u yerdan kirib xalifani qo‘lga olishga harakat qilib qoldilar. Buni ko‘rib hazrati Usmon ularning oldiga chiqdilar va ularga qarab: «Sizlardan Olloh nomi bilan so‘rayman, sizlardan Rasululloh alayhissalom sahobalari tariqasida so‘raymanki, sizlar Rasululloh «qurol topa olmagan kishilarni qurollantirgan kimsaga jannat bo‘ladi» deganlarida men o‘sha askarlarni qurollantirganimni bilmaysizlarmi? Rasululloh Rum qudug‘ini qazigan kishi jannati bo‘ladi deganlarida men o‘sha quduqni qazdirganimni bilmaysizmi?» dedilar. Lekin ular aqlsiz, vijdonsiz bir qavm bo‘lganliklari sababli bu gaplar ularga ta’sir qilmadi. Hech qanday ibosiz holatda hazrati Usmonniig hovlilariga vahshiyona bostirib kirdilar. Hazrati Usmon ro‘za tutgan holda namozgohlarida Ollohning muborak kitobini o‘qib o‘ltirgan edilar. Mana shu holatda o‘ltirgan kimsaning oldilariga ulardan bittasi yaqinlashib keldi-da, qo‘lidagi o‘tkir temir asbobi bilan qattiq zarba urdi. Bu zarbadan hazrati Usmon hushdan ketib yiqildilar. Muborak qonlari, o‘qib o‘ltirgan sahifaning ustiga sochildi. U zot quyidagi oyatni tilovat etib turgandilar. Mazmuni: «Olloh sizni ulardan tezda himoya atadi. Olloh eshituvchi va dono zotdur». Yana bittasi Usmon tomonlariga tashlanib, qilichi bilan hamla qilmoqchi bo‘lganida xotinlari Noila hazrati Usmonni himoya etib ustlariga tashlandilar. Mazkur ablahning qilichi Noilaning qo‘llarini, barmoqlarini qirhib ketdi. O’lganlarini bilgan zahoti uylarini talashga va mol-mulklari, ya’ni musulmonlar mulkini egallab olishga kirishib ketdilar. Ular hech qanday ahtsga rioya qilmadilar, parvardigorlaridan qo‘rqmadilar. Shahriya xaramni ham ehtirom etmadilar. Zero, bu voqea 35-yilda zulhijja oyining sakkizinchi kuni sodir bo‘lgandi.
Ular badxulq, bezori, dinsiz kishilar edilar. Shu sababli umr bo‘yi ro‘zador, kechalari namozguzar sakson yoshdan o‘tgan bir kimsani ro‘za holida Ollohning kitobini o‘qiyotgan paytida hech narsaga e’tibor va hurmat ko‘rsatmay o‘ldirdilar. O’ldirmaslaridan biroz burunroq hazrati Usmonning xizmatkorlaridan birlari oldilariga kelib, «Ey amiral mo‘‘minin, biroz choy va non olib kelsam tamaddi qilib olasizmi?» deb so‘raganlarida hazrati Usmon «yo‘q» deb javob berdilar. «Men Rasulullohni hofimda qo‘rdim, u janob menga birga nonushta qilamiz deb bashorat berdilar», dedilar.
Usmonu Zinnurayn raziyallohu anhu o‘ldirilishlari tufayli Islom olamida hanuzgacha balqi qiyomatgacha, davom etadigan kulfat va baxtsizlik boshlandi. Yillar o‘tar, asrlar o‘tar, zamonlar o‘zgarar, hokimlar yangilanar, ammo ushbu jinoyatning qora dog‘i Islom tarixidan aslo yuvilib ketmagay. Rasulullohning xalifalarini, ikki muborak qizlarining erlarini va rumo arig‘ini qazitgan kimsani, askarlarni g‘azotga jihozlagan kimsani, sanoqsiz shaharni fath etgan zotni, birinchi Islom harbiy flotini tashkilotchisi, qolaversa saxiy, mehribon, hayoli kishini o‘ldirishlikka qanday jur’at etildi?! Nechun shunday ulug‘ zot o‘ldirilarkan, axir, yagona nushaga umum musulmonlarni amal qilishga jamlagan kishini va Islomga kirgan kundan boshlab butun umri davomida benihoyat manfaatlar yetkazgan kimsaga qo‘l ko‘tarish mumkinmidi? Qanday qilib, qaysi vijdon, qaysi qo‘l bilan o‘ldirilarkan shunday sifati oliylarga ega bo‘lgan kishi?! Muncha jinoyat nima uchun qilindi va nima uchun shunday zotga ko‘rildi. Ba’zi bir kamchiliklarni qildilar debmi? Yoki bir necha qarindoshlarini ishonib ishga qo‘yganlari, ular esa Rabbilaridan hayiqmay ishonib ish topshirgan kimsaga hiyonat etganlari uchunmi? Ular razil vazirlar, badbaxt maslahatchilar bo‘lganligi uchun isyonchilar o‘zlarini hakam deb o‘ylab, qutqaruvchilar deb o‘ylab, mehrobda shahid bo‘lgan kimsaga hujum qilib uni jinoyatkorona tarzda uldirdilarmi? Mol-mulklarini beibona taladilarmi? Xosxonalariga xiyonatkorona bostirib kirdilarmi?
Ey, pok parvardigor! Albatta, bu narsa sen rozi bo‘lmaydigan jinoyatdur, lekin sening ulug‘ qudrating va oliy azamatingdur. Buni albatta, bizning aqllarimizdan maxfiy bo‘lgan sening o‘zingga xos hikmatlari bor. Ey bor xudoyo! Zulmona, jabrona o‘ldirilgan, mehrobda shahid bo‘lgan zotdan rozi bo‘lgin. Shunday zotni o‘ldirishga jur’at etib qo‘l ko‘targan jinoyatchi xoinlardan, qotillardan intiqom olgin.
Zotan, sen hokimlarning eng adolatlisi, odillarning eng hikmatlirog‘idursan. Albatta, ssn «agarchi ko‘knor urug‘i vaznida biror ish qilingan bo‘lsa, uni hisobga olgaymiz, biz har narsani hisobini olishga yaraymiz», deb va’da bergansan. Albatta, sening va’dang barhaq. Demak, hech qanday arzimas, oz deb gumon etilgan jinoyat ham, yaxshilik ham buyuk Ollohning oldida, uning nazaridan chetda qolmas ekan-da. Parvardigor! Qilgan xatoliklarimizni avf etgin. Zero, sen arxamar roximinsan. Omin va rabbil olamin.

"Xulofoi roshidiyn" kitobidan 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.