background
logotype
image1 image2 image3

Hazrati Ali karramallohu vajhahu

Tong otib, olamga quyosh charog‘on nurlarini yoygan pallada quraysh shayxlaridan bo‘lgan Abu Tolibning ayoli Asadning qizi Fotima Makka ahlining kunlik odatlariga ko‘ra qiladigan ibodatlari bo‘lgan Ka'bai musharrafani tavof qilish uchun bordilar. Yetib kelib hanuz bir necha martaba ham qa'bai muazzamni aylanib chiqmagan edilar. Birdan qattiq og‘riq tutib qoladi. Shunchalik og‘riq tutadiki, hatto tavofni nihoyasiga yetkazishdan ham to‘xtatib qolgudsk bo‘ladi. Lekin o‘zlarini mahkam tutib, og‘riqqa ham e'tibor etmay tez-tez aylanib tavofni oxiriga yetkazishga shoshiladilar.

TO'RTINCHI HALIFA HAZRAT ALI (raziyallohu anhu) DAVRLARI

HAZRATI ALI KARRAMALLOHU VAJXAHU XALIFALIK DAVRLARI TO'G'RISIDAQISQACHA MA'LUMOT

IKKI SHAHIDNING SHAHID OTALARI

Birdan og‘riq qattiq tutib ketganidan madad istagan holda Ka'baning pardapushlariga osilib atrofga qarab, erlari Abu Tolibni istashga tushadilar. Abu Tolibni topib o‘zlari tushib qolgan holatdan yordam olmoqchi bo‘ladilar. Biroq bexosdan to‘lg‘oq tutib qoladi. Atrofdagilarning ko‘zlari tushib qolishidan uyalib Ka'baning pardapushiga o‘ralib olgan holda orqasiga o‘tib bekinib oladilar. 

Mana shu holda Ka'ba pardapushiga o‘ralib odamlar ko‘zidan bekinib turadilar. Bir necha daqiqalar o‘tib-o‘tmay Fotima Ka'ba pardapushiga o‘ralgan bolani ko‘tarib zohir bo‘ladilar. Bu tug‘ilgan bola shunday ulug‘ sharafli makonda, shunday ulug‘ sharafga ega bo‘lgan birinchi bola edi. Bundan avval ham, bundan keyin ham biror bola bunday yuksak sharafga noil bo‘lolmagandur. Olloh taolo quraysh shayxini hamda Islom dini zohirga kelgan paytda ikkinchi ayol bo‘lib dinni qabul qilgan onasini shunday ikromga vosil etdi. Onalari bolaning nomini o‘tgan bobolarining nomini eslab turish-lik uchun Haydar deb qo‘ymoqchi bo‘ldilar, lekin otalari Abu Tolib bolaning yuksak oliy bir maqomda tug‘ilish sharafiga noil bo‘lganligini ko‘rib nomlarini Ali deb qo‘yganlar. 

Mana shunday buyuk bir sharafli holatda Hasan va Husaynning otalari ahli baytning vakili bo‘lgan Ali ibni Tolib melodning 601 yilida dunyoga keldilar. Ota-onalarining qo‘ynida sakkiz yoshga qadar (ba'zi rivoyatlarda esa to‘qqiz yoshga qadar) tarbiya topdilar. To‘qqiz yoshga yetgan paytlarida Rasululloh hazratlari Ali ibni Tolibni o‘z tarbiyalariga oladilar. Ibni Ishoq bu voqeani kitoblarida shunday deb rivoyat etadilar:

Quraysh aholisining qattiq qahatchilik balrsi yetganligi aslida Ali ibni Tolibga Ollohning cheksiz in'omi va unga Olloh, yetkizgan yaxshiliklarni iroda etganligi bo‘ldi. Qurayshga ocharchilik yetgan edi. Abu Tolib serbola odam edilar. Shu sababli bir kuni Rasululloh hazratlari amakilari Abbosga qarab: «(Abbos qurayshlarningboyrohlaridan edilar) «Ey amaki, birodaringiz Abu Tolib serbola odam, ahvolini ko‘rib turibsiz, hamma yoqda ocharchilik, yuring, borib biroz bo‘lsa-da, bolalaridan yengillataylik. Men bittasini olay, siz ham bittasini oling, sal unga yengillatib qo‘yaylik», dedilar. Abbos «xo‘p bo‘lmasa, shunday qilaylik, yuring», deb ikkovlon Abu Tolibning oldilariga kelib, muddaolarini aytdilar. Abu Tolib ularning gaplarini tinglab, «mayli ixtiyor o‘zlaringda», deya javob berdilar. Shundan keyin Rasululloh bolalarning ichidan Alini olib ketdilar. O'z uylarida to Olloh taolo va taborak olamga payg‘ambar qilib yuborgunga qadar birga saqlab yurdilar. Olloh taolo va taqaddus u zot insoniyatni baxt-saodat yo‘llariga yo‘l ko‘rsatishlik uchun olamga rahmat payg‘ambari qilib yuborgan paytida hazrati Ali Rasulullohga ergashdilar va imon keltirdilar, rost deb tasdiq etdilar. Hazrati Ali yosh yigitlar ichida yangi porloq dinga birinchi bo‘lib bo‘ysinganlardan edilar. Va hamda qurayshlar ichida butlarga aslo sajda qilmagan birinchi kishi ham edilar. Mana shu sababga ko‘ra, hazrati Alini karamallohu vajxahu Olloh mukarram qilgan zot deyiladi. Zsro, Rasulullohning xonadonlarida o‘sganliklari tufayli, Rasululloh. hazratlari o‘zlari ham payg‘ambarlik payg‘omi kelmasdan burun butlarga sajda qilishlikni karix ko‘rardilar. Nomaqbul ish deb sanardilar. Mana shunday bir oilada ulg‘aygan bola albatta, o‘sha oilaning muhiti ta'siridan sezilarli hissa olgan edi. 

ISLOMGA QANDAY DOXIL BO'LGANLIKLARI

Hazrati Ali kunlardan bir kuni Rasululloh. alayhissalomning hovlilariga kirdilar. Kirgan paytlarida uyda Rasululloh bilan birgalikda asllari Xadicha hamda kichkina qizlari Fotima birga edilar. Hazrati Ali Rasululloh hamda Xadicha onani birga ruku' va sajda qilayotganlarini, yonlaridagi qizchaning ham ularga o‘xshab yotib-turganini ko‘rib hayratdan qotib qoldilar. To‘xtab turib, Rasulullohning xazin va yoqimli talaffuzda o‘qiyotgan so‘zlariga quloq sola boshladilar. Tugatganlaridan keyin Ali u zotdan nima qilayotganlarini so‘radilar. Va nimani o‘qiganliklarini aniq tushuntirib bering deya o‘tina boshladilar. Rasuli akram hazratlari hazrati Aliga o‘qigan narsalari Ollohning kalomi ekanligini va hamda yangi din kelganligini, bu din basharga qismatga qadar baxtlarini ta'minlashga layoqatli ekanligini tushuntirib berdilar. Keyin esa «agar xohlasangiz mana shu buyuk ne'mati ilohiy bo‘lgan dinni qabul etish va hamma oshkoru-muhfiydan xabardor va ko‘rib turadigan, o‘zing esa hech qachon ko‘zlar ko‘rolmaydigan yakka ulug‘ xalloqu olamga ibodat qiling», deb so‘z yuritadilar. Rasulullohdan bu gaplarni eshitib hazrati Ali dedilar: «Siz menga bir necha kun muhlat bering, toki men otam bilan bir maslahatlashib kelay», dedilar. Rasulullox, «Mayli, maslahatlashib keling», dedilar. Keyin Ali Rasulullohni uylarida qoldirib, otalari ila maslahatlashgani jo‘nab ketdilar. Lekin uylariga otalari ila maslahatlashgani bormay, balki amakilari uylarida kechasi bilan o‘ylab fikr etib tonggacha uxlamay bezovta bo‘lib chiqdilar. Erta saharda o‘rinlaridan turib xonadan tashqariga chiqib ketayotganlarida bir necha yosh yigitlarga yo‘liqdilar. Ular Alini qattiq ovoz bilan chaqirayotgan edilar. Ulardan bittasi turib: «Ey, Ali, erta turib shoshib baytullohni ziyorat etgani ketayapsizmi?» deb so‘raydi. Yo‘q, men boshqa yerga ketayapman», deya javob beradilar. Yana bittasi «agar biror ishingiz bo‘lmasa biroz fursatdan keyin biz ham tavof qilgani boramiz, biz bilan borarsiz», deganiga javoban: «meni o‘z holimga qo‘y», deb rad javobini beradilar. Bunday ters javobni eshitgach: «Ey Ali, onang seni sanamlar uyida tuqqan bo‘lsa, sen esa borishdan bo‘yin tovlasang, bu qanaqa gap?» dedi. Ali esa uning so‘zini bo‘lib: «balki Ibrohimning uyida tuqqanlar, ammo sizlar talpinadigan butlarga kelsak, men unga yuzimni ko‘rsatishdan or qilaman», dedilar. Ular o‘z yo‘llariga ketaverdilar. Ali esa darhol Rasulullohning oldilariga keldilar va shunday dedilar: «Ey amakivachcham, men siz aytgan hamma gaplaringizni eshitdim va hammasini dilimdan qabul qildim, hamda men Ollohdan o‘zga hech bir loyiqi ibodat zot yo‘q deb, siz - Ollohning barhaq payg‘ambarisiz, deb Islom shahodatini beraman». Keyin esa: «yo Rasululloh, men otamga eshittirishni va dinni qabul qilishligimda maslahatlashishni istamadim. Tahqiq, Ollox, meni yaratishlikda otam bilan maslahat qilmagan-ku, albatta men, yo Rasululloh, Olloh tomonga yetaklandim. Men bu dinga faqat Ollohning roziligi, istaganim uchungina kirdim», dedilar. Hazrati Ali uch yilga qadar Rasulullohga ergashib, boshqa ergashgan musulmonlar bilan Rabbilarining vazifasini odamlar ko‘zidan bekitgan holda ado etib yuradilar. Bir kuni kechqurun sahrodan namozni o‘qib kelayotganlarida oldilaridan otalari chiqib qoladilar. U kishining bemahal sahrodan kelayotganlarini ko‘rib: «Ey o‘g‘lim, qaerda o‘ynab yuribsan, sahro senga o‘yinxonami?» deb so‘raydilar. Otalarining so‘zlariga javoban: «Men Rabbimning haqqini ado etib kelayapman», dedilar. Boshqa rivoyatlarda Ali bilan Abu Tolib o‘rtalaridagi gapning jarayoni to Abu Tolib: «Ey o‘g‘lim, Muhammad albatta seni faqat yaxshilik tomonga yetaklaydi, sen uni mahkam tut», degunlariga qadar davom etgan. Rasululloh hazratlari da'vatni oshkora aytishga Rabbilari tomonlaridan buyurilib, o‘zlarining qarindoshlarini bunday buyuk sharafli vazifani bajarishlikda yordam berishlariga chaqirgan paytlarida ular bunday yordam berishdan bo‘yin tovlik qilib, amakilari Abu Lahab esa Rasulullohni qattiq jerkib bergan vaqtida hazrati Ali, qarindoshlarining o‘zlarini bunday tutishlaridan achchiqlari keladi va o‘rinlaridan shart turib Rasululloh tomonga qo‘llarini cho‘zadilar: «Siz aslo qayg‘uga tushmang, Ollohga qasamki, albatta siz odamlarning eng pokrog‘isiz. Ularning adashganliklari kasofati o‘zlariga uradi, albatta men va Olloh sizning yordamingizdamiz. Men, siz dushman bo‘lgan kimsaga dushmanman», deydilar. Shunda qarindoshlaridan bittasi Abu Tolibga qarab: «o‘g‘ling nima deyayot-ganini eshityapsanmi?» - deydi, Abu Tolib esa: «qo‘yaveringlar, men amakisining o‘g‘li undan yaxshiliklarini ayamaydi, deb o‘ylayman», deb javob qaytardilar. Yana boshqasi esa Rasulullohni masxara qilib: «Ey Muhammad, mana shu go‘dak senga yordamchilikka yetsa ke-rak", deb ta'naomuz so‘z qildi. 

HIJRAT KUNIDA RASULULLOHGA JON FIDOLIKLARI

Rasulullohni doimiy ravishda o‘z himoyalarida mushriklar jafosidan saqlab yurgan Abu Tolib vafot etgach, qurayshlar Rasulullohga astoydil izolar boshladilar. Holat bu darajaga yetganidan Rasululloh asxoblariga Madinai munavvaraga hijrat etmoqlariga amr etdilar. Saxobalar birin-ketin vatanlarini, mol-mulklarini tashlab yagona imonlarini saqlab qolish uchun Madina shahriga jo‘nab ketdilar. Rasululloh esa Rabbilarining amriga muntazir bo‘lib Makkada bir muncha vaqt yashab turdilar. Oxiri mushriklar hammalari bir ray' ila Rasulullohni o‘ldirib butunlay u kishidan xalos bo‘lishlikni qat'iy qaror qilishgach, Rabbilari u zotga kofirlarning yomonligi va hiylalaridan qutulishlikni ajab bir rejasini tuzib berdi. 

Rasululloh, hazrati Alini chaqirib: «Bu tun menga mushriklar behosdan hujum uyushtirmoqchilar. Rabbim menga Makkadan jo‘nab ketishlikka ruxsat berdi. Shuning uchun siz mening joyimga yotib xoinlarning ko‘zini bo‘yashlik uchun chakmonimga o‘ralib olasiz»,- dedilar. Ali Rasulullohning aytganlarini darhol hech qanday to‘xtovsiz qabul qildilar va o‘rinlariga yotib o‘ralib uxladilar. Holbuki, tashqarida tish-tirnog‘igacha qurollangan shafqatsiz kishilar poylab turganligini va ular hammasi birdan yopirilib Rasulullohni xuddi bir kishi o‘ldirgani kabi o‘ldirishlik uchun shaylanib turganligini va hamda ular Alini Rasululloh deb gumon etib bilmasdan o‘ldirib qo‘yishlari ham mumkin ekanligini juda yaxshi bilardilar. Mana shularni bilib turib, biroq o‘zlari ixtiyoriy ravishda xo‘p, deb qabul etdilar. Jonlarini risolat sohibiga toki dinlari odam ahliga yoyilishligi uchun, Ollohning kalimasi oliy bo‘lishligi uchun fido etdilar. Jonni fido etishlik degani, jumardlikning eng yetuk cho‘qqisidur. Mana shunday oliy cho‘qqiga hazrati Ali yeta oldilar. Jonlarini hech ayamay, achinmay, qo‘rqmay Ollohning dinini olam uzra hukmron bo‘lishligi yo‘lida risolat sohibiga fido etib yubora oldilar. Ana saxiylik, ana jumardlik, ana jonfidolik, tarix bunday jonfidolikni ilgari ham keyin ham uchrata olmagan bo‘lmasa kerak. O'z jonini Islom yo‘lida fido etishlikni hech narsa fahmlamay bemalol fido etib yuboraverdilar. Bunday jonfidoliklar besamara qolgani yo‘q, albatta. Dunyoda ham juda ulkan yutuqlarni qo‘lga kirita oldilar, oxiratda, albatta Olloh oldida buyuk, ulkan mukofotlarga ega bo‘ladilar.

Olloh taolo va taborak o‘zining Rasulini kofirlar xiylalaridan saqlab, hadsiz kuvvati bilan ixota etib ularning qo‘llaridan qutqazib yubordi. O'z jonini Olloh yo‘lida qurbon qilishga tayyor zotni ham qonxo‘rlar qo‘lidan qutqazib qoldi. Shundan keyin Ali bir necha kunlar Makkada qolib ketdilar. Rasulullohga omonat qo‘yganlarning omonatlarini egasiga yetkazib, topshirib bo‘lganlaridan so‘ng Ali otalari Ibrohim qurgan baytullohni vidolashuv tavofi bilan ziyorat qildilar. Ziyoratni tugatib, yayov holda Madina tomonga yo‘lga tushdilar. 

Uzoq va davomli, mashaqqatli yo‘lni piyoda bosib o‘tguncha juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keldilar. Hammasiga bardosh berib mardona qadamlar ila olg‘a ketaverdilar. Madinaga uzoq kunlar yurib, oyoqlari qavarib, shishib ketgan holda ozib-to‘zib yetib keldilar. Rasululloh hazratlari Alini mana shunday majruh bir suratda ko‘rib rahmdan yig‘lab yubordilar. Va qadamlariga muborak tupuklarini surtib duo qildilar. Shundan keyin Alini oyoqlari aslo og‘rigan emas. Madinada muhojirlar bilan ansorlarni Rasululloh o‘zaro birodar bo‘lib olishdi. Yolg‘iz Ali o‘zlari qoldilar. Rasululloh Aliga qarab: «Siz mening diniy birodarimsiz», dedilar. 

ISLOM G'ALABASI YO'LIDA QILGAN MEHNATLARI

Hazrati Ali shajoatli, jasur, juda ham pahlavon kimsa edilar. Badr jangida mardlarcha kurashib quraysh mushriklarining bahodirlaridan bo‘lgan Valid ibni Utaybani jang asnosida kallasini tanasidan judo qilganlar. Va mana shu ulug‘ Badr jangida amakilari Hamza bilan birgalikda Utba ibni Rabiaga sherdek tashlanib iflos ruhini do‘zax tomonga jo‘natganlar. Shuningdek, Hunayi g‘azotida ham bahodirlarcha jang qilganlar. Ushbu jangda Alining shijoatlari namoyon bo‘lgan va mushriklar qo‘rg‘onini vayron etishda mohirliklari oshkor bo‘lgan. Jonlarini hech ayamay, achinmay, qo‘rqmay, Ollohning dinini olam uzra hukmron bo‘lishligi yo‘lida risolat sohibiga fido etib yuboroldilar. Rasululloh hazratlari haybar yahudiylariga qarshi jang qilayotgan vaqtida ularning Naim qo‘rg‘onini qo‘lga olishda bir necha ulug‘ sahobalarga bayroqni berganliklari, biroq qo‘rg‘on qo‘lga olinmay barchalarini ham qo‘llaridan bayroq yerga tushganligi rivoyat qilinadi. Rasululloh hazratlarining oldilariga kelib bo‘lgan voqea xabari aytilgan paytda, Rasululloh hazratlari: «Men ertaga bayroqni shunday kishi qo‘liga topshiramanki, u kishi Ollohni hamda Rasulini sevadi, Oloh va Rasul ham u kishini sevadi», dedilar. Sahobai kirom barchalari eshitgach, mana shunday kishi kim bo‘larkin, deb har birlari kutib yotdilar. Tong otgach, Rasululloh hammadan ilgari «Ali qaerda?» deb so‘rardilar. «Ko‘zlari og‘rib qolibdi», deb javob berildi. 

Rasululloh Alini chaqirtirib olib keldilar va ko‘zlariga muborak tupuklaridan surtib qo‘ydilar. Ollohning izni bilan o‘shal onda ko‘zlari butunlay tuzalib qoldi. Keyin Alining qo‘llariga bayroqni berdilar va duo qildilar. Shundan keyin haybar yahudiylari bilan sherlarcha olishib, ularni butunlay tor-mor etib, ulkan g‘alabaga erishib qaytib keldilar. Haybarda o‘zlaridan bir necha barobar sonda ortiq bo‘lgan yahudiylar ustidan musulmonlar hazrati Ali qo‘mondonliklari ostida mardonavor jang qilib zafar quchganlar. Bu jangda Alining o‘zlari shijoatda hammaga shaxsiy namuna ko‘rsatib, Ollohning dushmanlarini butunlay tor-mor keltirganlar. Ali, karamallohu vajxahu, shijoatliklaridan tashqari yana shariat asrorlariga olim, dinni juda puxta biladigan huquqshunos, uning usul va maromlarini chuqur tushunadigan va hujjatlari sobit bo‘luvchi bilimdon, dunyo matolaridan yuz o‘girgan zohid ham edilar. Doim xalloqu olam, Olloh taolo va taborakning fikriga cho‘mib yurardilar. Rasululloh hazratlarini «Men ilmning shahariman, Ali esa uning eshigi", deganlari sahih hadislarda kelgandur. Islom millatining eng hushyor bilimdoni bo‘lgan Abdulloh ibni Abbos: «biror narsani Ali aytganlari bizga isbot bo‘lgan chog‘da boshqa kishi nima derkin deb turmas edik», deydilar. Amiral mo‘‘minin Umar ibni Hattob ham hazrati Alidan ko‘p masalalarda maslahat qilardilar. U kishining aytgan maslahatlari qanchalik yuksakka parvoz etganliklarini hamda din va shariat hukmlarini bag‘oyat yaxshi bilishliklarini ko‘rsatib turibdi. Umar kabi bir zot ham Aliga diniy masalalarda murojaat etib, keyin esa aytgan fikrlariga amal qilishliklari, albatta bu o‘z-o‘zidan Alining qanchalik maqomga ega ekanliklarini ko‘rsatib turmoqda. 

FOTIMAI ZAHROGA UYLANISHLARI

Hazrati Ali o‘zlari boy sohib mulk kishi bo‘lmasliklariga qaramasdan Rasulullohning oldilarida yaqinliklari va hayrixoxliklari hamda ishonchliliklari tufayligidan juda qadrli bir kishi edilar. Shuning uchun Rasululloh Rabbilariniig amri bilan nasablarini saqlashlik uchun hazrati Alini tanlaganlar. 

Tarix kitoblari shunday rivoyat qiladi: Abu Bakr bilan Umar Rasulullohdan: «Qiyomat kuni butun nasablar uzilishib ketadi. Magar meni nasabimgina uzilmaydi»,- deganlarini eshitgani tufayli o‘z nasablarini Rasululloh nasablariga qo‘shishlikka nihoyatda xaris bo‘lgan edilar. Rasululloh sulolaridan faqatgina erga chiqmagan yolg‘izgina olam ayollarining sayyidasi bo‘lgan Fotimai Zahro qolgan edilar. 

Kunlardan bir kuni Abu Bakr Rasulullohning oldilariga bordilar va Fotimaning katta bo‘lib qolganligini eslariga soldilar. Rasululloh alayxissalom esa bir nima deb javob qaytarmaydilar. Bundan Abu Bakr savollari muvofiq kelmaganligani tushunib indamay huzurlaridan odob-la chiqib ketadilar. Hazrati Umar indamay alohida bir kun kelib Fotimani so‘raganlarida Rasululloh hazratlari indamay qo‘ya qoldilar. U kishi ham savollari nomuvofiq kelganligini tushunib huzuri muboraklaridan ta'zim-la chiqib ketdilar. 

Hazrati Ali esa bu vaqtlarda na Fotimaga va na boshqa bir ayolga uylanish to‘g‘risida kambag‘alliklari sababli hamda o‘zlari bilan o‘zlari ovora bo‘lib yurganliklari tufayli fikr ham qilib ko‘rmasdilar. Kunlardan bir kuni singillari Ummu Xoni u kishi bilan gaplashib turib gapning orasida: «Abu Bakr bilan Umar Rasulullohning oldilariga alohida kelib Fotimani so‘rashibdi, biroq Rasululloh rozilik bermabdilar. Mening o‘ylashimcha, Rasululloh Fotimani sizga saqlab tursalar kerak, vaqtni o‘tkazmay sovchi bo‘lib boring» - dedilar. Bunga javoban Ali: «Fotimaga uylanishlik uchun nimam bor? Rasululloh menga Fotimani berishlari mumkinligani kim aytdi, dedilar. Shunda Ummu Xoni: «Men buni o‘zim sezib yuribman, siz taraddudga tushmay tez boravering», dedilar. Ummu Xoni Alini holjonilariga qo‘ymay qistayverganlaridan keyin Ali Rasulullohning uylariga borishga jazm qildilar. Rasulullohning xonai muboraklariga kelib u janobni ko‘rgan zahotilariyoq tillari duduqlanib gapirolmay qoldilar. Holbuki, Ali nihoyatda gapga chechan kishilardan edilar. Shunga qaramay hijolatdanmi tillari kalimaga kelmay qoldi. Rasululloh hazratlari esa jilmayib tabassum-la Aliga boqib: «gapiravering, gapiravering» deb shijoatlantirdilar. Shundan keyin Ali istaklarini duduqlana-duduqlana tushuntirishga boshlab: «Fotimani bir eslab keluvdim» dedilar. Mehribon va mushfiq zot sallallohu alayhissalom u kishiga boqib: «xush kelibsiz» dedilar, xolos. Boshqa so‘z aytmadilar. Ali esa Rasulullohning ishlaridan hayratga tushib qaytib ketaverdilar. Lekin Alining ba'zi bir oshnalari: «bu deganlari «xo‘p» deb qabul qilganlari» deb Alini xotirjam qildilar. Mehribon ota qizlarining yonlariga borib tabassum ila boqib, ra'yilarini so‘raganlarida, Fotima indamay turaverdilar. Bir oz jim turgach: «Ey otajon, menga qurayshning ichidan shu kambag‘al yigitdan boshqa kishini topmadingizmi?» - dedilar. Rasululloh hazratlari Fotimaning bu so‘zlariga qarshi: «Ey Fotima, sizni haqiqatda Olloh hamda uning Rasuli erga beryapti», deganlarida, Fotima: «Unday bo‘lsa men Olloh va Rasuli buyurgan kishini qabul qilaman», dedilar. Shundan keyin Rasululloh Alini chaqirtirib kelib: «Biror narsangiz bormi?» deb so‘radilar. Ali esa «Qalqonimdan o‘zga hech narsam yo‘q», dedilar. «Bo‘lmasa qalqoningizni sotib keling» deb buyurdilar. Ali qalqonlarini hazrati Usmon Zinnuraynga yetmish to‘rt dirhamga sotdilar. Keyin pulni choponlarining bir bariga tugib olib Rasulullohning oldilariga qo‘ydilar va «Rasululloh, mana shu qalqonning puli», dedilar. Rasululloh puldan bir necha tangani olib hazrati Bilolga bozordan atir-upa sotib olib kelishlarini buyurdilar. Qolganini esa Ummu Salama oldiga borib nikoh kuni kelinchakka taqib yasatishlik uchun taqinchoqlar olishga beradilar. Keyin kambag‘al sahobalarni chaqirtirib keladilar va ularga g‘oyat mazmunli va maroqli xutba o‘qiydilar. Xutbalari asnosida Ollohga xos bo‘lgan sanolar aytdilar va hamda uylanishlik foydalarini so‘zladilar, Gaplarini: «Men Fotimani Ollohning izni bilan Aliga xotinlikka berdim», deya yakunladilar. Hazrati Aliga va Fotimaga Olloh taolo solih farzandlar ato etsun, deya duolar qildilar. Nikoh marosimi tugagach, bir tovoqda xurmo keltirdilar. Rasululloh hozir bo‘lganlarga qarab: «Qani xurmodan olinglar», deb marhamat qildilar. Fotima yangi uylariga borib joylashganlaridan keyin u kishini otalari shunday kalimalar bilan chaqirdilarki, bular Alini Rasululloh qoshlarinda naqadar izzatga ega ekanliklariga guvoh bo‘la oladi. 

Rasululloh Fotimaga qarab: «Men seni, ey aziz qizcham, imoni har qanday boshqa insondan ko‘ra quvvatliroq, ilmi hammaning ilmidan ko‘ra ko‘proq, o‘zi esa qavmimiz ichida axloq va sharafda afzalroq bir kishining oldiga omonatga qo‘yib qo‘ydim», deganlar. Rasulullohning bu aytgan gaparidan hazrati Alini qanchalik darajada ehtirom qilishlari bilinadi. Hazrati Ali Islomga jon fidoliklari tufayli mana shunday oliy martabaga noil bo‘ldilar. 

RASULULLOH ALAYHISSALOM VAFOTLARIDAN KEYINGI VOQEALAR

Musulmonlar o‘z payg‘ambarlari bo‘lgan Rasulullohni Rabbil olamin o‘z panohiga olishlikni ixtiyor qilganligini bilgan vaqtlarida ularga juda qattiq qayg‘u va musibat tushdi. Odamlar ikki toifaga - rost deguvchi va yolgon deguvchilarga bo‘linay deb qoldilar. Agar Abu Bakrni mana shunday holatda dinning hiybatini hamda Islomning jiddiyligini saqlagan qattiq turishlari bo‘lmasa edi, ishlar oxiri nima bilan tugashini yolg‘iz Ollohning o‘zidan boshqa hech kim bilmas edi. 

Bu paytda Ali muborak choponlariga o‘rab qo‘yilgan ulug‘ bobolarining bir yonlarida o‘ltirgan edilar. O'zga tomonlarida esa amakilari Abbos hamda amakizodalari Fazl va Qusam o‘ltirardilar. Shu vaqt Abbos Aliga qarab: «Ey Ali, qo‘lingizni bering, men sizga bay'at beraman. Odamlar Rasulullohning amakilari amakivachchalariga bay'at beraveradi», dedilar. Bunga javoban Ali ko‘zlarini muborak jussaga qaratgan holda: «Ey amaki, biz Rasululloh bilan mashg‘ulmiz. U kishini janozaga tayyorlashimiz kerak, zaruri shu», dedilar. Bular bu ahvolda turishgan paytda musulmonlar bani Saidning Saqifa nomli soyagohida xalifa masalasini maslahatlashuv uchun to‘plangandilar. Oxiri Abu Bakrga hamma bay'at berishlik bilan ish tugadi. Ushbu kengashda Ali va hamda bani Hoshimdan biror kishi ham ishtirok etmadi. Zero, ular xalifalikka o‘zgalardan ko‘ra haqliroqmiz degan e'tiqodda edilar. Umar ibni Hattob Alini bay'at bermoqlikka qistab ham ko‘rdilar. Biroq Ali bay'at berishdan bosh tortdilar. Chunki xalifani to‘g‘ri saylanganligiga qanoat hosil qilmagandilar. Axiri ancha vaqt o‘tgandan keyin Ali Abu Bakrga bay'at qiladilar va bu bilan o‘rtadagi kelishmovchilik barham topadi. Hazrati Ali Abu Bakrga bay'at qilganliklaridan keyin o‘z ishlari bilan shug‘ullanib yurdilar. Abu Bakr u janobni qizg‘anib hech bir jangga yubormadilar. O'z oldilarida eng yaqin maslahatchi qilib ushlab turdilar. Qachon biror diniy ish xususida Abu Bakr hukm chiqarishda qiynalsalar, darhol Alini chaqirib so‘rardilar. Abu Bakr xastaliklariga yo‘liqgunga qadar ahvol mana shunday davom etdi. Qachon Abu Bakr kasallari og‘irlashib ajallari yaqinlashganida, o‘limni sezgach, Usmon ibni Affonni chaqirib o‘zlaridan keyin o‘zlariga Umar ibni Hattobni valiahd etib qoldirganliklarini yozdirib muhrlatib qo‘ydilar.

Umar ham Abu Bakr Ali bilan qanday muomalada ish yuritgan bo‘lsalar, shunday ish yuritdilar. Balki u kishidan ham ko‘proq Aliga murojaat etadigan bo‘ldilar. Umar o‘zlariga Alini maslahatchi vazir qilib oldilar. Har bir xoh diniy bo‘lsin, xoh dunyoviy ish bo‘lsin Alidan bemaslahat hukm yuritmas edilar. Umar doimo «gar Ali bo‘lmasalar edi, Umar halok bo‘lardi», degan gapni qaytarar edilar. Hazrati Alini Umar ibni Hattobning qoshlarida qanday martabaga hamda hurmat va ehtiromga loyiq bo‘lganliklarini bilmoqchi bo‘lgan odam Umar xalifalik davrlari xaqida yozilgan bobni qayta o‘qib chiqsun. Shunda qanchalik Ali Umar nazdlarida ehtiromga sazovor ekanliklarini juda yaxshi bilib oladi. Alining qanchalik ilmga ega ekanliklarini, adolat bobida qanchalik mustahkam turishlarini u yerda ochiq-oydin yozib qo‘yilgan. 

USMONNING XALIFALIK DAVRLARIDAGI ALINING TUTGAN MAVQELARI

Hazrati Alining Umar bilan aloqalari eng go‘zal soflikda va eng yetuk hamkorlikda davom etdi. Bunday holat to Islomning eng iste'dodli xalifasi va eng adolatli hokimini xoinona o‘ldirmoq uchun yahud va forslar tuzgan suiqasd kengashining ta'siri tufayli Mug‘iraning qo‘li bo‘lgan Abu Luluani qo‘lida shahid topgunlariga qadar davom etib keldi. Umar ibni Hattob nobakor din dushmanlari tuzgan maxfiy fitna orqali shahid bo‘lgan paytlarida sahobalar: «Yo Umar, o‘zingizdan keyin kim xalifa bo‘lishligini vasiyat etib keting», dedilar. Bu so‘zni eshitib Umar: «Agar buni o‘zingizga havola etib qoldirsam, mendan avval qoldirgan mendan yaxshiroq zotga, ya'ni Rasulullohga ergashgan bo‘laman. Mabodo, vasiyat etsam, unda ham mendan avvalroq vasiyat qoldirgan zotga, ya'ni Abu Bakrga ittibo ko‘rgizgan bo‘laman», dedilar. Oxirida ish Rasululloh rozi bo‘lgan hollarida vafot etgan olti kishini xalifalik masalasida vakil qilib qoldirdilar. Bular Usmon ibni Affon, Ali, Talxa, Zubayr, Abdurahmon ibni Avf va Sa'd ibni Abu Vaqqoslardan iborat edilar. Mazkur olti janobdan Usmon ibni Affon tanlanib xalifalik mansabiga qo‘yildi. Shundan keyin ham Ali avvaldagi kabi dinlarini o‘rganmoqchi bo‘lib murojaat etadiganlarga din o‘rgatuvchi kishi bo‘lib qolaverdilar. Ayrim musulmonlar yangi saylangan xalifaning ko‘ngli yumshoq, saxiy ekanliklarini oz vaqt o‘tmay sezib qolishib, fursatni g‘animat bildilarda, Umar joriy etgan qattiq qo‘lliklardan qutulishganiga suyunib dunyo matolariga berilishga havas qila ketdilar. Oqibatda hatto xalifadan sovg‘alar tama' eta boshladilar. Odamlarning ishtahalari juda ochilib ketganidan Usmon ularning barchalarini barobar xursand etishga yarolmay qoldilar. Diddagi istagan sovg‘asini ololmagan odamlar esa u janobga qarshi har xil ig‘volarni tarqatdilar. Xalifaning qarindosh-urug‘lariga ko‘proq narsa berayotganlarini ko‘rganlarida achchiqlari chiqadigan bo‘ldi. Natijada odamlar Usmon xaqlarida har xil gaplar tarqatib masxara qilishni ham boshladilar. Hazrati Ali u janobning Islomga qilgan xizmatlarini va hamda o‘zlarining Islomda barqarorliklarini juda yuksak qadrlar edilar. Shu bilan birga yuz berayotgan xato ishlarga ham befarq emas edilar, xususan hazrati Ali xalifaning qarindoshlari bo‘lgan bani Umayya qabilasi odamlarining mehribonliklari va nuqsonlarni suistemol qilib yuksaklikni istayotgan musulmonlarning g‘azablariga ham parvo etmay davlat ishlarida nafs bandalariga aylanib qolayotganlarini ko‘rgan paytlarida Usmonning oldilariga borardilar. U kishiga qarindoshlari to‘g‘risida odamlardan eshitgan shikoyatlarini yetkazdilar. O'zaro suhbatlashib turib goho ittifoq bo‘lishadi, gohida esa tortishib ham qolishadi. 

Ish qiziganidan qizib, oxiri tarix eshitmagan buyuk fitna yuz beradi. Ya'ni jinoyatchilar eshitsa badanlari titraydigan jinoyatni sodir etib, u zotning hovlilariga xoinona bostirib kirib ablahona tarzda o‘ldirishlari sodir bo‘ladi. Buning tafsilan bayoni Usmon Zinnurayn xalifalik davrlari haqida so‘z yuritgan qissada aytib o‘tilgandur. 

ALINING XALIFALIKLARI

Madinaturrasul sallollohu alayhi vassallam to‘s-to‘polon bo‘lib ketdi. Hamma yoqda beboshlik yuz bergani kabi odamlar hech narsani anglamas, hamma hushidan ajralgan kabi hayajonda edi. Bir tunda kishilar Ali ibni Abu Tolibning oldilariga xalifalik vazifasini yuklash uchun bordilar. Lekin hazrati Ali xalifalikdan butunlay voz kechgan, hech qanday mansabni xohlamas edilar. Shuning uchun kelgan odamlarga qarab: «Sizlar boshqa kishini ixtiyor etinglar, meni tinch qo‘yinglar, kimni saylasangiz saylangiz, men birinchi bo‘lib o‘shanga bay'at berurman. Zero, meni yaxshi vazir bo‘moqligim, xalifa bo‘lishimdan ko‘ra afzalroqdur», dedilar. Biroq kelgan kishilar o‘z so‘zlarida mahkam turib u kishini qattiq qistab iltimos qildilar. Ular hadeb qistayverganliklaridan keyin hazrati Ali bir nima deyishga hayron bo‘lib: «Unday bo‘lsa masjidga boringlar va u yerda to‘planib, yaxshilab o‘zaro kengashib ko‘ringlar, sizlarga yana takror aytamanki, vazir bo‘lib turganim, amir bo‘lishimdan ko‘ra yaxshiroq», dedilar. Lekin ular qichqirishib qattiq turgan holda «Sen bizni rozi qilasan» dedilar. Shu payt Qufa boshliklaridan biri bulgan Ashtar ibni Xoris o‘rnidan turib: «Ollohga qasamki qo‘lingni cho‘zasan, bay'at aytamiz, yo bo‘lmasa ko‘zingni tepasidan uchinchi ko‘z chiqarasan» deb sayxa tortdi. Bunga javoban hazrati Ali xotirjamlik bilan: «Meni o‘z holimga qo‘yinglar, mendan boshqa bir odamni qidirib topinglar. Ey odamlar, kelajakda aql ishonmaydigan turli fitnalar, yuz tuman qiyinchiliklar bo‘lishligi kutilib turibdi», dedilar. Biroq odamlar bo‘lib o‘tgan fitna voqeasini eslariga solib turib «xudodan qo‘rqmaysizmi?» deyishdi. Ali ancha o‘ylanganlaridan keyin xotirjamlik bilan ularga rad javobini berdilar. Keyin ularga qarab: «Ogoh bo‘linglar va yaxshi bilib qo‘yinglarki, agar sizlarga xo‘p, deb vazifani ustimga olsam unda achchig‘imdan o‘zim bilmagan holda sizlarni qattiq koyib qo‘yaman. Agar meni bu ishni qabul qilishga majbur etmasangizlar, boshqa kimni saylasangiz men o‘shanga sizlarning birinchingiz sifatida quloq solaveraman, itoat etaveraman», dedilar. Odamlar hazrati Alining gaplarini eshitib bo‘lib: «Biz sizga toki bay'at bermay turib ajralib ketmaymiz», dsya qichqirdilar. Hazrati Ali ularni juda ham ustuvor turganliklarini ko‘rib: «Agar shunday qilish kerak bo‘lsa, masjidga kiringlar. Agar menga bay'at beradigan bo‘lsangizlar, mening bay'atim maxfiy suratda bo‘lmasun. Butun musulmonlarning roziliklarida ado topsun. Xalqning ichida oshkora suratda amalga oshirilsun», dedilar. Kishilar ertaga ertalab masjidda ko‘rishishga kelishib olishgandan so‘nggina tarqalib ketishdi. Ertasiga tongda hazrati Ali masjidga kirdilar va minbarga ko‘tarilib odamlarga qaradilar-da ohista tovushda so‘z boshladilar: «Kecha sizlar bilan o‘zicha hal qilishga hech kimning haqqi bo‘lmasdan bir ishga kelishib ajralgan edik, agar hohlasangiz bugun o‘sha ishni sizlarinng ixtiyoringizga qayta topshiraman». 

Bu so‘zni eshitib hammalari: «Biz kecha siz bilan nimaga kelishgan bo‘lsak, o‘sha qarorda qat'iymiz. Ollohning kitobi bilan sizga bay'at beramiz. Olloh, o‘zing guvoh bo‘l!», deya barobar suronli qichqirdilar. Eng birinchi bo‘lib Talxa ibni Ubaydulloh, keyin Zubayr ibni Avom, keyin esa o‘sha yerda hozir bo‘lganlar Alini oldilariga borib bay'at bera boshladilar. 

Bay'at berib bo‘linganidan so‘ng hazrati Ali o‘rinlaridan turib minbarga chiqdilar va odamlarga qarata xutba o‘qidilar. Xutbalarining mazmuni shunday edi: 

- Ey odamlar! Sizlarga Olloh, yetaklovchi bir kitobni yubordi. Bu kitob barcha yaxshilikni va yomonlikni ochiq-ravshan ko‘rsatib be-radi. Sizlar mana shu ko‘rsatilgan yaxshilikni o‘zlashtirib olinglar, yomonliklarni esa o‘zingizdan chetga tashlanglar. Olloh tomonidan ustingizga yuklangan vazifalar bor. Ularda Olloh xarom narsalarni ma'lum etgan. Musulmonlarning hurmatini saqlashlikni boshqa hamma narsadan ko‘ra ortiqroq qilgan. Musulmonlar huquqini ixlos bilan bog‘liq qildi. Musulmon degani - kishilar uning qo‘lidan va tilidan salomat bo‘lsalar degani. Har biringiz xos ishlaringizda o‘limni esdan chiqarmanglar. Zero, odamlar - oldilaringizda, orqangizda esa qiyomat sizlarni chaqirib turmoqda. Uchrashishlik uchun o‘zingizni yengillatib tayyorlanglar. Haqiqatda odamlarni oxirigacha kutib turadi. Ey Olloxning bandalari! Ollohning mamlakatlari va bandalari to‘g‘risida Olloxdan qo‘rqinglar. Zero, sizlar hamma narsa uchun - hatto yerlar uchun ham, hayvonlar uchun ham javobgarsizlar. Doimo Ollohga itoatda bo‘linglar. Uning amriga osiylik qilishdan qo‘rqinglar. Qaerda yaxshilik bo‘lsa, uni rivojlantiringlar. Qaerda yomonlikni ko‘rsangizlar, yo‘qotishga kirishinglar. Bir vaqtlardagi ozchilik bechora hollaringizni eslab yuringlar. Xutbani tugatib minbardan pastga tushdilar. 

ALINING SIYOSATI

Ali karamallohu vajxahu xalifalikni avvalgi Abu Bakr hamda Umar davrlarida bo‘lgan holatiga qaytarmoqni iroda qildilar. Hazrati Ali bu ishni dabdabalarga berilmaydigan, tarafkashlik qoniga singimagan qarindosh, urug‘lariga, quda, andalariga davlat xazinasidan hadyalarni bo‘lib berib yubormaydigan bir diniy rahbar sifatida iroda qilgandilar. Biroq, Alidan boshqa ayrim kishilar esa xalifalik dunyoning aldamchi matolariga o‘ralgan yolg‘on dabdaba, saltanat ishida mast bo‘lgan podshohlik bo‘lishini istagan edilar. Hazrati Ali yangi fatxlarni amalga oshirishdan avval, Islomga yangi yerlarni qo‘shib kengaytirishdan avval asosiy g‘oyalarini amalga oshirish ya'ni davlatning ichki holatini tuzatishga kirishdilar. Xalifalik muddatlari ichki fitnalarni tinchitish hamda xalifalikning asosiy g‘oyasidan uzoqlashib o‘z maqsadlariga yetish maqsadida yuruvchi xudbinlarni tugatish bilan o‘tib ketdi. Hazrati Ali mana shunday ulkan ishga, ya'ni xalifalikni avvalgi xolatiga qaytarishga kirishganlari sababli tortishuvlar chiqa boshladi. Isyonlar va qarshiliklar yuzaga keldi. 

ALINING YURITGAN ISHLARI

Hazrati Ali xalifalik mansabiga minib boshlagan ishlarining avvali viloyat boshliqlarining qaysinisidan musulmonlar shikoyat qilgan bo‘lsalar, o‘shanisini ishdan olishlik bo‘ldi. Muoviya ibn Abu Sufyon Umar davrlaridan beri Shom viloyatiga voliy edi. Umar xalifalik davrlarida u zotdan Muoviya nixoyatda qo‘rqib turardi. Umar undan xar doim qilgan ishlari to‘g‘risida, yuritayotgan siyosati haqida birdak hisob olib turadilar. Hazrati Umarning qattiqqo‘llik bilan yuritgan siyosatlari sababli voliylar oldilarida xam, yo‘qliklarida ham barobar birdek qo‘rquvda turadilar. Biron bir o‘zboshimchalik bilan ish qilishlikdan havf etardilar. Chunki Umar bularni doimo qattiq tekshiruv ostida ushlab turardilar. 

Hazrati Umar Muoviyani dabdaba bilan yashayotganini, eshigi oldida soqchi askarlar qo‘yib qo‘yganligini eshitib qoldilar. Darhol Muoviyaga «bu qanday ahvol, tezda menga anig‘ini yozib yubor», deb xat yozadilar. Muoviya Umarning maktublarini olgan zahotiyoq qo‘rquvdan qaltirab quyidagi javobni yozib yuboradi: «Shom ahli bilan mana shu tariqa muomala qilinmasa bo‘lmaydi. Agar amiral mo‘‘minin tutayotgan yo‘limni o‘zgartirmoqligimni xohlasalar, albatta hech qanday to‘xtovsiz o‘zgartiraman». Muoviyaning javobi Umar hazratlariga yetgach, unga quyidagicha tahdidli javob yubordilar: «Agar rost aytayotgan bo‘lsang, albatta, bu kishini shakga soladigan ish va agar yolg‘on aytayotgan bo‘lsang, albatta bunday ish odob berishga loyiqdur. Men seni qil ham demayman, qilma ham demayman». 

Oradan ko‘p o‘tmay Umar oddiy bir otga minib patriarxi bilan sulh shartnomasi tuzgani yo‘lga chiqdilar. Muoviya buni eshitib Umarni kutib olish uchun o‘zining ko‘rkam basavlat otiga minib a'yonlari ila peshvoz chiqdi. Hazrati Umar muntazir turgan Muoviyaga parvo qilmay orqalaridan piyoda ergashgan holda qoldirib ketaverdilar. Piyoda yurganidan oxiri juda ham qattiq charchab madori qurib ketdi. Qadam bosgani ham madori yetmay qoldi. Shunda Abdurahmon ibni Avf Umarga qarab: «Ey amiral mo‘‘minin, orqangizdan ergashib ketayotgan kishi holdan toyib, terga botib ketdi. Biror narsa desangiz-chi», dedilar. Keyin Umar to‘xtab, Muoviyani chaqirdilar va odamlarning ko‘z oldida otlarining orqasiga behol suyab qo‘ydilar, Muoviyaning ahvoli Umar xalifalik davrlarida shunday tekshiruv ostida edi. Ammo yumshoq ko‘ngil Usmon davrlariga kelib Muoviya butunlay o‘zgarib ketdi. Dunyoviy mol-mulklarga ega bo‘lish yo‘lini tuta boshladi. Rasululloh alayhissalom mehribon Robbilari huzuriga bormoqdan avval barham bergan johiliyat tarafkashligiga asta yana o‘zini ko‘rsata boshladi. Muoviya shunday qulay sharoitni qo‘ldan berishni istamadi. O'zi uchun hamda kelajak avlodlari uchun xalifalikni mol-mulk qilib olishlikka yo‘l hozirlay boshladi. Hashamatli yashash tarziga o‘tgani to‘g‘risidagi hamda ish yuritish uslubining yomonligi to‘g‘risidagi xabarlar ayon bo‘lgandir. Muoviyaning siyosati uning yaqin qarindoshi, xazrati Usmonning vazir hamda maslahatchisi, havorijlarni Usmonga qarshi qilib qo‘ygan Mavlon ibni Hikamning ham siyosati mana shundan iborat edi. Shu sababli xazrati Ali xalifalikka saylangan kunlaridayoq eng avval boshqa voliylardan ko‘ra Muoviyani ishdan chetlatish haqida fikr etdilar. Abdulloh ibni Abbos, Mo‘g‘ira ibni Shu'ba hamda Zayid ibni Hamzaga hazrati Alining oldilariga kirib nasihat qildilar. Bular uchchovlon xam ishbilarmon va tadbirkor kishilardan edilar. Mo‘g‘ira ibni Shu'ba hazrati Aliga qarab: «Ey Ali, albatta, itoat etdirish va nasihat etishlik xaqqi sizniki. Bugungi kunda erta uchun ehtiyot chorasini ko‘rishlik lozim. Bugun agar nima yo‘qotilsa, ertaga ham yo‘qotiladi. Muoviyani o‘z amalida qoldiring, boshqa amaldorlarni ham ishdan chetlatmay turing, toki hamma sizga itoat etib bo‘lgach, hamda harbiylar ham qasamyod qilib bo‘lishgach, xohlasangiz almashtirasiz. Xohlaganingizni o‘z ishida qoldiraverasiz», dedilar.

Hazrati Ali Shu'baning takliflariga javoban: «Men dilimda laganbardorlik qilmayman va ishimni paskash kishilarga ham topshirmayman», dedilar. Mo‘g‘ira yana hazrati Aliga qaytadan murojaat qilib: «Mayli, kimni xohushsangiz ishdan olingaz-u, ammo Muoviyani o‘z ishida qoldirib turing. Zero, u jur'atli kishi. O'zi esa ahli Shom ichida e'tiborli kimsa», dedilar. Hazrati Ali jiddiy holda ularga qarab: «Ollohga qasamki, men Muoviyani bir kun ham o‘z ishida qoldirmasmen», deb qat'iy qilib javob berdilar. Hazrati Ali bunday keskin javob berganlariga qaramay Abdulloh ibni Abbos yana Aliga qarab «Ey Ali, Muoviya hamda uning sahobalari dunyodor kishidurlar. Ularni o‘z ishlarida qoldirsangiz, kimni voliy etilsa ham bo‘yin egadilar. Agar ishdan olsangiz ular ishni Ali maslahatsiz o‘zicha egallab olgan, deb gap yuritadilar. Mana shunday yuritilgan mish-mish gaplar sababli birodarimiz Usmon o‘ldirildilar. Ularning hammalari xalqni sizga qarshi chiqishga tezlaydilar. Natijada Shom va Iroq ahli qo‘zg‘olon qilib yuboradilar», dedilar. Ibn Abbos so‘zlarini tugatganlaridan keyin hazrati Ali u kishining biror maslahatlarini ham qabul etmay, balki yana qat'iy ravishda: «Ey ibni Abbos, men bilgan haqiqat va ma'rifat o‘z ishida qoldirmaydigan qilib qo‘ygandur. Agar ular yaxshilikcha mening taklifimni qabul qilib ishni topshirsalar, o‘zlariga yaxshi va agar keyin qaysi birlari bo‘yin tovlik qilsalar, bo‘yinlarida qilich bo‘ladi», dedilar. Hazrati Usmon ba'zi bir kimsalarga bergan yerlarini hamda mulklarini Ali musodara qildirib, qaytadan baytullohga topshirishga amr etdilar. Ummul mo‘‘minin Oyisha, raziyallohu anho, hajning farzini ado etmoqlik niyatida Madinadan chiqib ketgan edilar. Madinadan chiqib ketishlarini ochiq sababi ba'zi bir muhojirlarining rivoyatlariga qo‘ra, janob Usmonning yuritgan siyosatlaridan hamda yaqinlarining ish yuritishlaridan achchig‘lanib qolganlari edi. Fitna juda qattiq tus olgan paytda Oyisha onamizga: «Ey Ummul mo‘‘minii, Usmonning oldilariga borsangiz, u kishini himoya etsangiz, ehtimol shunda mushkulliklar uchun hal etishlik imkoniyati tug‘ilsa», deyilganda, Ummul mo‘‘minin bu gaplarni qabul qilmadilar, balki Madinani tashlab chiqib ketdilar. Makkaga yetib kelib haj farzlarini tugatgan paytlarida Zubayr bilan Talxa Madinadan chiqib oldilariga keldilar va hazrati Alining xalifa etib saylanganliklari xabarini eshitib Oyisha onamiz: «Koshki bunga, Aliga ish topshirilmay erishilganda edi,- dedilar,- Usmon mazluman o‘ldirilgandirlar, men albatta uning qonini talab etaman». Bu esa Zubayr hamda Talxa va Oyisha singallari Asmonning o‘g‘li Abdullohning kutgan fursatlariga mos kelib qoldi. Zero, Zubayr ham, Talxa ham xalifalikka umidvor kishilardan edilar. Ular bunday qulaylikdan foydalanishga urinadilar. Oyisha onamiz Madinaga qaytmoqchi edilar. Endi u fikrdan qaytdilar. Ummul mo‘‘minin raziyallohu anho Mavlon ibni Hikam va shunga o‘xshash boshqa mansab tadabgorlari bo‘lgan, adashgan kimsalarga bilmasdan ergashib qoldilar. O'rtada «jamal» jangidek mudhish jang Ali bilan Oyisha onamiz o‘rtalarida kelib chiqdi. 

JAMAL VOQEASI

Ummul mo‘‘minin Oyisha haj marosimlarini tugatib, Makkani tashlab Madina sari yo‘lga chiqqan paytlarida Ali ibni Abu Tolibga bay'at qilinganligini eshitdilar. Bu xabarni eshitgach, Makkaga qaytib keldilar. Oyisha onamizning bu ishlaridan odamlar hayron qolib nima uchun yo‘ldan qaytib keldilarkin, deyishib turdilar. O'zlaridan Makkaga qaytib kelganliklarining sababini so‘raganlaridan keyin ish odamlarga ravshan bo‘ldi. Zero, Oyisha onamiz mazlumona shahid uchun adolat istab va o‘chlarini olmoqlikni talab etib kelgan ekanlar. Makkada esa hazrati Usmonning qarindosh-urug‘lari hamda u zotga qadrdon bo‘lgan kimsalar juda ko‘p edi. Shu sababli Oyisha onamiz chaqiriqlariga javoban tezdan barchalari jam bo‘lib atroflariga to‘plana boshladilar. Bularga Makkaning yana boshqa odamlaridan ham ko‘pchilik kelib qo‘shildi. Oyisha onamiz Makkaga qaytib kirgan paytlarida u janobdan «nima uchun yana qayta yo‘ldan keldilar» deyilganda, «Usmon mazlumona o‘ldirildi, agar mana shu gavg‘o tinchitilmas ekan, hech qachon ishni to‘g‘ri yo‘lga solib bo‘lmaydi. Sizlar Usmonning qonini talab etinglar. Islomning sha'nini buyuklatinglar», dedilar. Oyisha onamizning mazkur chaqiriqlari ba'zi bir tabaqalar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. Talxa hamda Zubayr xuddi mana shunday fursatni kutgan edilar. Bunday kishilar Oyisha onamiz oldilariga kirib haybarakallachilik qilishdi. Bu ikki buyuk sahoba hazrati Aliga bay'at etganlarini unutib ham qo‘yishdi. Keyin Alidan ruxsat olib hajga kelganliklarini ham esdan chiqardilar, so‘raganlarga «biz Aliga majburiyat ostida bay'at berganmiz», deb javob bera boshladilar. Bularning barchalari hozirgi davrda musulmonlarning eng muhim bo‘lgan ishlari - Usmonning qotillarini jazolashlik, deya ray'i etdilar. Ular hazrati Usmonning qonli ko‘ylaklarini Damashq shahriga yubordilar. Odamlarni jangga chorladilar va Usmon hazratlarini o‘ldirgan kimsalarni hamda mana shu ishda ishtirok etgan kishilarni o‘ldirishlikka chaqira boshladilar. 

Muoviya ibni Abu Sufyon esa bunday fursatni g‘animat bilib zarbasini nishonga to‘g‘rilab, vaqtdan foydalanishga kirishdi. U hazrati Aliga «Muoviya ibni Abu Sufyondan» degan jumlagina yozilgan maktubni jo‘natdi. Bu hazrati Aliga ochiq-oydin isyon etilganligiga bir ishora edi. Muoviyaning maktublarini olib kelgan kishi hazrati Alidan ruxsat bo‘lgach, xatni topshirdi. Hazrati Ali xatni o‘qish uchun ochsalar, oppoq sahifaga faqatgina «Muoviya ibni Abu Sufyondan Aliga» degan jumla bor, xolos. Xatni olib kelgan elchi bu holni payqab qattiq qo‘rqdi va menga omonlik beriladimi?» dedi. Unga «ha, elchiga zulm yo‘q, seni o‘ldirishmaydi» deyildi. Shundan keyin elchi aytdi: «Damashqda 60 mingdan ortiq kishi Usmonning ko‘ylaklariga boqib yig‘lab turmoqdalar. Ular qasos olishni talab etmoqdalar. Damashq minbariga Usmonning qonli kuylaklari osib qo‘yilgandur. Barchalari mana shu ko‘ylak ostiga to‘planib Usmon uchun qasos olishga bir-birlarini undamoqdalar». Elchining ushbu gapini tinglagan Ali dedilar: «Men Usmonning bunchalik xunxo‘rlari ko‘pligini sezib turibman. Ey Olloh, men sendan Usmon qonlaridan qutqarmog‘ingni so‘rayman». 

Demak, hech qanday sir qolmadi. Faqat shaxsiy tama' egalari o‘z orqalaridan Ummul mo‘‘mininni ergashtira boshladilar. Oxiri ularga itoat etib qoldilar. Madinaga Muoviya urush uchun tayyorgarlik ko‘rayotganining xabari kelgan edi. Shomga borib itoat etishdan bo‘yin tovlaganlarga adab berishlikdan o‘zga chora qolmadi. Lekin shu vaqtda Zubayr va Talxa hamda Ummul mo‘‘minin to‘planib Aliga qarshi harakat qilayotganlarining xabari ham kelib qoldi. Biroq Ali tezikmay sabr qildilar, va dedilar: «Ularning tiyilishlarini kutib turaman, agar tinchib qolishsa hech narsa qilmayman». Lekin yana ular urushga tayyorgarlik ko‘rayotganliklarini hamda Basraga qarab yurishlik niyatida ekanliklari to‘g‘risida yangi xabar kelib qoldi. Ushbu mash'um xabarini tinglagan Ali «agar ular shunday harakat qilsalar, albatta musulmonlarning birligi qirqiladi», dedilar. Ummul mo‘minin qavmga boshchilik qilgan holda yo‘lga chiqdilar. U janob Zubayr hamda Talxa va jiyanlari Abdullohning maslahatiga quloq solib ular bilan yo‘lga chiqdilar. Kundoshlari Ummu Salama bu xabarni eshitib darhol Oyisha onamizni yo‘ldan qaytarishga kirishgan holda odam yubordilar. Maktub yozib unda shunday jumlalar bilan gap boshlagan edilar: 

«Rasulullohga nima degan edingiz? Bugun esa Olloh lozim qilgan xijobni yirtib tashladingaz. Agar men siz ixtiyor etayotgan ishni qilgan bo‘lsamda, keyin o‘lganimdan so‘ng jannatga kiring, deyilsa, albatta men Rasulullohga yo‘liqishdan hayo qilgan bo‘lardim». Lekin Oyisha onamiz yo‘llarida davom etdilar. Bunday gaplarga quloq solmadilar. Oyisha onamizning atroflaridagilar chaqiriqni umum manfaatlarni ko‘zlash degan nom bilan atab, odamlarni aldashga kirishdilar. Shuningdek, o‘zlarining harakatlariga Abdulloh ibni Umar va shu kishi kabi boshqa Islom muttaqiylarini ham tortmoqchi bo‘ldilar. Biroq bunga erisha olmadilar va hamda Madinaga yurish qilishga qodir bo‘lisha olmadi. Zotan u yerda Ali bor ekanlar, yurish boshlashga yuraklari dov bermadi. Keyin ular «Shomga qarab yuramiz, chunki u yerda sizlar xunini talab etayotgan kishining qarindoshi bor», dedilar. Ushbu falokatli holatda Marvon ibni Hikam ham chetda holmadi. Zero, uning Usmon davrlarida qanday ishlar yuritganligi va Usmonning fitnalariga asosiy sababchi bo‘lganligi o‘tgan boblarda aytilgandur. Hazrati Ali uni qilmishiga yarasha mansabidan bo‘shatganlari sababli tinchib turmay balki Aliga qarshi ish yuritardi. Butun yo‘l-yo‘riqlarni, ko‘rsatmalarni berib turdi. Tortisha-tortisha ular Shomga borishlikdan voz kechadigan bo‘ldilar. Chunki Shomga borishsa Muoviya bilan o‘rtalarida kelishmovchilik chiqishi turgan gap edi. Ichlaridan bittalari Basraga borish kerak, degan taklifni kiritadi. Ularning hammalari shunga rozi bo‘ladilar. Oyisha onamizni ham mana shu taklifni qabul qilishga ko‘ndiradilar. Oyisha onamiz ham ularning Basraga borishlik fikriga qo‘shiladilar. Talxa bilan Zubayr, Abdulloh ibni Umarni o‘zlariga qo‘shib olishga yana bir urinib ko‘radilar. Lekin Abdulloh ularga qarab: «Ey shayxlar, Oyisha onamizning uylari xavdajlaridan ko‘ra, o‘zlariga yaxshiroq ekanligani, sizlarga esa Madina Basradan ko‘ra xayrliroq ekanligani, bo‘ysinishlik qilich tutishingizdan ko‘ra afzalroq ekanligani bilib olinglar. Aliga qarshi kurashganlar, albatta, yaxshi kishilar bo‘laolmaydilar», dedilar. Shundan keyin jarchilar kishilarni Ummul mo‘‘minin saflariga qo‘shilishga chaqira boshladilar. Basra hamda Yaman zakot moli yordami bilan tayyorlangan kattagina qo‘shin ham Oyisha onamizga ergashdi. Yaman va Basra zakotini ibni Zabat va ibni Omir yig‘dirib shar'iy hukumat boyligiga yubortirmagan edi. Qo‘shin hali Makkadan Basraga tomon yo‘l solmay turib Mo‘g‘ira ibni Shu'ba ibni Sa'd ibni Os bilan Talxa va Zubayra o‘rtalarida keskin tortishuv kelib chiqdi. Tortishuvning asosiy sababi Alining ustilaridan g‘alabaga erishilgan choqda kim xalifa bo‘ladi, degan masala edi. Talxa bilan Zubayr «Ikkimizdan birimiz bo‘lamiz» deya javob beradilar. Unga qarshi Sa'd ibni Os esa «Yo‘q, sizlar emas, balki Usmonning o‘g‘illaridan biriga topshirasizlar» dedi. «Undan ko‘ra muxojirlarni chaqirib, ularning bolalariga topshirib qo‘ya qolamizda» dedilar. Shu payt Sa'd ibni Os Oyisha onamizning oldilariga keladi va u kishidan maqsadlari nima ekanligini so‘raydi. Oyisha onamiz «Men Basraga Usmonning xunlarini talab etib bormoqdaman» deydilar. Shunda Sa'd «Usmonning qotillari siz bilan birga-ku» deydi. Ba'zi odamlarga ish nimada ekanligi ravshan bo‘lib qoldi. Bu o‘ch olish talabi emas, balki mansab tama'sida uyushtirilgan bir fitna ekanligini tushunib qoldilar. Bu orada Aliga fitna avj olayotganligi xabari kelib turadi. Hazrati Ali ham nima ish qilish, qanday chora ko‘rish to‘g‘risida o‘ylay boshladilar. Agar indamay sabr etib turaversalar, ular hazrati Alini tahqirlaydilar va agar ularning harakatlariga yarasha harakat qilib urushsalar, zero har ikki firqa ham omon topaolmaydi, deb fikr yuritadilar. Agar ular yaxshilik-la unab qo‘yaqolsalar edi, hazrati Ali tinchlik yo‘lini tutib ular ustidan g‘olib keladilar. Hazrati Alining safdoshlari esa ularga qarshi qo‘shin bilan chiqib jang qilishga qiziqtira boshladilar. Lekin Ali o‘zlarining maslaklarida mahkam turdilar. Ya'ni tinchlik bilan masalani hal qilish yo‘lini ushlashda davom etdilar. Abdulloh ibni Sadam Aliga uchrashib Madinadan tashqariga chiqmasliklarini o‘tinib so‘radilar. «Agar chetga chiqsangiz, keyin hargaz Madinaga kiraolmaysiz», dedilar. Hazrati Ali ushbu ra'yga moyil bo‘ldilar. Biroq atroflaridagi jamoat u zotni majburan chetga chiqardilar. Biroq Ali hanuz urush boshlanmaslik qarorida mahkam turdilar. Masalani tinchlik va sulh yo‘li bilan hal etishga harakat etdilar.

«Ikki firqa o‘zaro tortishib har qaysi tomonda bulsunlar. Keyin o‘shani qabul qilsunlar, toki Islom millatining birligi avvalda bo‘lgan holiga qaytsun», degan rag‘batda bo‘ldilar. Hazrati Ali o‘z qo‘shinlari safiga Usmonning o‘ldirishlikda ishtirok etganligi ehtimoli bo‘lgan kimsani yoki mana shu ishga kishilarni qiziqtirilganligi ehtimoli bo‘lgan kimsalarni olmaslikka harakat etdilar. Hazrati Ali qo‘shinni tayyorlab turgan paytlarida safdoshlaridan biri: «Hazrati Ali, bu bilan nima istaysiz?» deb so‘radi. Hazrati Ali unga: «Agar ular bizning taklifimizni qabul qilsalar va bizga itoat etsalar, sulhni xohlamay va agar bizga itoat etmoqni istamasalar, taqdir ularga nimani ko‘rsatsa ko‘rsunlar, deya o‘z hollariga tashlab ho‘yib sabr etib turamiz, agar bunga ham rozi bo‘lishmasa, bizlarni o‘z holimizga tinch qo‘yinglar deymiz va agar bizni o‘z holimizga tinch qo‘ymoqqa ham rozi bo‘lmasalar, unda ulardan, o‘zimizni mudofaa etamiz», deb javob berdilar. Maqsadlari tinchlik hamda musulmonlarning umum birliklarini saqlashlik ekanligini takror-takror aytib turdilar. Basra aholisi ikki kimsaga, Ummul mo‘‘mininga yordam etuvchi hamda hazrati Aliga tarafdorlik qiluvchilarga bo‘linib ketdi. Hazrati Ali qo‘shinlar Basra ostonalariga yetib kelmasdan burun u yerdagilarni sulhga va hamkorlikka chaqirish uchun elchilar yubordilar. Hazrati Ali qurolsiz yuzma-yuz turib, haqiqiy niyatlarini nima ekanligiii bilib olishlari uchun ular bilan uchrashishlikni ixtiyor etdilar. Basraliklar qo‘shini oldida hazrati Zubayr urush qilmoqqa moyil ekanliklarini bildirib, qurollangan hodda adl qomat-la turardilar. Hazrati Ali Zubayr tomonga qarab qilich ham taqmay, sovut ham kiymay, oddiy kiymda yurdilar. Borib qarasalar, Talxa hazratlari ham mukammal qurollangan hollarida tayyor turibdilar. Har ikkalalarining oldilariga borib ularga qarab: «Umrimga qasamki, sizlar otlarni, odamlarni jangga tayyor holga keltirib qo‘yibsizlar. Biroq qiyomat kuni Olloh subhona oldiga borganingizda unga aytadigan uzrlaringizni ham tayyorlab qo‘ydingizmi? Ollohdan qo‘rqinglar, bunday bema'ni urushga bel bog‘lashdan tiyilinglar. Sizlar o‘zi avvalda mahkam etgan arqonni o‘zi chuvab tashlaydigan kimsa kabi bo‘lmanglar. Zero, mana shu buyuk Islom jamiyatini barpo etishda o‘zingizning benihoya xizmatlaringiz singgan. Endilikda esa uni parchalab tashlovchi kishilardan bo‘lib qolmanglar. Sizlarni tutayotgan ushbu ishlaringiz Islom jamiyatini qismatga qadar birlasha olmaslik fitnasiga giriftor etmasun, o‘zimizdagi ichki adovatga barham bermasak, tezda bizni tashqi dushmanlar mag‘lub etajak. Mana shunday mag‘lubiyat amaliga uchramasligimiz darkor. Aks holda biz ichki tortishuvni bir yoqlik qilmay o‘zaro birodarkushlik olovini yoqib yuborsak, kelajak avlodlarimiz uchun g‘oyatda katta xiyonat qilgan bo‘lamiz. Kuch faqat birlikdadur. Qaysi millat birligini yo‘qotsa, o‘sha millat kelajagi uchun qayg‘urmagan bo‘ladi. O'ziga halokatni lozim etib olgan bo‘ladi. O'rtadagi kelishmovchiliklari-mizni o‘zaro kelishib Ollohning ulug‘ kitobiga hamda Ollohning muborak payg‘ambarining ko‘rsatgan yo‘llariga amal qilgan holda bartaraf etmog‘imiz darkor», dedilar. 

Hazrati Alining gaplarini tinglab turgan hazrati Talxa Aliga qarab: «Siz Usmonga qarshilar tomondasiz, Usmon qotillariga la'nat bo‘lsun!» - dedilar. Keyin hazrati Ali Talxaga qarab: «Menga bay'at etgan edingiz-ku?» - dedilar. Bunga javoban Talxa: «Men majburan bay'at etgan edim»,- dedilar. Hazrati Ali Zubayr qalblarini yumshatadigan narsalarni eslatib shunday dedilar: «Bir kuni Rasululloh hazratlari bilan bani G'anam mahallasidan birga o‘tib ketayotganimizda Rasululloh menga tabassum qildilar. Shunda men ham u zotga qarab tabassum etdim. Keyin siz u janobga «Abu Tolibning o‘g‘li gerdayishni tashlamaydi-ya», dedingiz. Rasululloh hazratlari so‘zingizni tinglab turib sizga, u aslo gerdaygan emas, albatta siz unga zolim bo‘lmagan holda qitol urush etasiz» deganlari esingizdami? Zubayr Alining gaplaridan keyin qalblari yumshab ahdlaridan qaytdilar. U kishi, men Aliga qarshi urishmoqchi emasman, deb qasamyod etardilar. Xususan, Ammor ibni Yosir hazrati Ali bilan birga ekanliklarini bilganliklaridan so‘ng butunlay shahdlaridan qaytdilar. Chunki Rasululloh hazratlari Ammorga qarab «Sizni zolim guruhlar o‘ldiradi» degandilar. Hazrati Zubayr bu xabardan ogoh edilar. Zubayr xato qilganliklarini sezgandek bo‘ldilar. Zero, u kishi Olloh uchungina amal qiladilar. Har vaqt Olloh uchun qilingan amal haqiqatga qaytuvchiroq, to‘g‘ri yo‘lni topguvchiroq bo‘ladi. Shundan keyin hammalari bir-birlarini tushungan holda o‘z qavmlarini oldiga qaytib ketdilar. Barchalari endi albatta, sulhga kelinadi degan ishonch bilan tarqalishdilar. Lekin Alining dushmanlari fursatni g‘animat bilib tunda xoinona ish yuritishga, qanday bo‘lmasun ikki toifa o‘rtasiga nifoq solib urushtirib yubormoqlik harakatini boshladilar. Bunda asosiy ishni «Yamanlik yahudiy ibni Sabo' bajardi. Tunda bir necha kishilarga xoinona nayza sanchib o‘ldirildi. Birdan to‘s-to‘polon ko‘tirilib ketdi. Hech kim jangni kim boshlagani va nayza qaerdan kelib sanchilayotganini ham bilolmasdi. Tundagi to‘polonda ikki toifa bir-biriga aralashib ketishganidan kim-kimni o‘ldirayotgani, dushmanimi yoki birodarini - bilolmasdi. 

Hazrati Ali shovqin-suronni eshitib olishuv bo‘layotgan joyga bordilar va odamlarga qarab: «Ey odamlar, tinchlaninglar, tinchlaninglar!» deb qattiq ovozda qichqirdilar. Yo‘lda uchragan kimsadan nima bo‘layapti, deb so‘radilar. U odam «behosdan bizning ustimizga ular hujum yasadilar. Biz ularni kelgan tomonlariga yubordik», deb javob berdi. 

Undan bu javobni eshitgan Ali «Zubayr bilan Talxa qon to‘kmagunlaricha tiyilmasliklarini bilgan edim. Ular hargiz bizga itoat etmaslar», deb o‘yladilar. Keyin qo‘llariga Qur'onni ko‘targan holda askarlarini aylanib yurib, kim ushbu Qur'onni qo‘liga olib ularni mana shu kitob hukmiga qaytmoqlikga da'vat eta oladi, deb qattiq ovoz-la qichqirdilar. 

Alining chaqiriqlariga qufalik bir yosh yigitcha «men olib boraman!» deb o‘rnidan turadi. Hazrati Ali yigitga qarab... «Ey yigit, agar o‘ng qo‘lingni kesib tashlasalar, chap qo‘ling bilan mahkam ushlaysan va agar chap qo‘lingni ham kesib tashlasalar, unda tishing bilan mahkam tishlab olasan», dedilar. Yigit albatta shunday qilaman, deb so‘z berdi. Shundan keyin hazrati Ali Qur'onni berdilar va unga qarab: «Ey yigit, buni ularga ro‘baro‘ qil va «bu siz bilan bizning o‘rtamizni hal qiluvchi narsadur. Olloh sizlarni ham, bizlarni ham qonimizni to‘kmoqlik ni xarom qilgan», deb ayt», dedilar. Yigit qo‘liga Qur'onni olib boshi uzra baland ko‘targan holda ular tomonga jo‘nadi. Biroq ular yigitning chaqirig‘iga quloq ham solmadilar. O'zini nayza bilan parchalab tashladilar. Ishning bu tariqa tus olganini ko‘rgan hazrati Ali urush qilishdan boshqa chora qolmaganini sezdilar. «Endilikda ularga qarshi urushmoqlik o‘z-o‘zidan ruxsatli bo‘ldi», dedilar. Harbiy sarkardalarni chaqirib qo‘shinga tartib berishlikka amr etdilar. Ka'b ibni Suvor jamal safida turib ahvolni kuzatardilar. Hazrati Ali tomonlaridagi qo‘shinlarning safga tizilib jangovar holga keltirilayotganini ko‘rib shoshilinch ravishda Ummul mo‘‘minin Oyisha onamiz huzuriga chopdilar. Oldilariga yetib kelgan zahotiyoq Oyisha onamizga qarab: «Yo Ummul mo‘‘minin, kishilar jangga qattiq hozirlik ko‘rib qolishdi, o‘rtada behuda qon to‘kiladiganga o‘xshaydi. Shoyad, Olloh siz tufayli bularning o‘rtasini islohga keltirsa», dedilar. Oyisha onamiz Ka'badan bu so‘zlarni eshitgan zahotlariyoq o‘rinlaridan turib: «Ey Ka'b, tuyadan tush va ularga Ollohning Qur'onini ro‘paro‘ qilib hammalarini mana shu kitob hukmiga itoat etishlikka chaqir», deb Ka'bni qo‘llariga Qur'onni tutqazdilar. Ka'b hanuz kitobni ro‘paro‘ qilishga ham ulgurmay turib nogahoniy kelib tekkan o‘qdan avvaldagi zikri o‘tgan bola kabi yer tishlab qoldilar. Oyisha onamiz buni ko‘rib, o‘rinlaridan turib odamlar o‘rtasida: «Ey bolalarim, Ollohdan o‘zga hamma narsa o‘tkinchidur. Ollohni unutmanglar, hisob kunini ham esadan chiqarmanglar», deya qichqira boshladilar. Afsuski, biron kimsa ham u zotning gaplariga quloq solmadi. Birdan ikki o‘rtasida jang qizib avjga chiqdi. Yer betini qonlar ila lolazor etdi, kishilar jasadi-la mozor ayladi. Har ikki taraf kishilari hech qanday to‘xtovsiz jangga kirib bir-birlarini ayovsiz ravishda tig‘dan o‘tkazdilar. Mana shunday to‘polon avjiga chiqib, qir-pichoq bo‘lib turgan paytda, Alining safdoshlaridan bo‘lgan Abdulqays qabilasidan bir kishi oldinga otilib chiqdi va odamlarga qarab hayajonlanmay: «Ey odamlar, men sizlarni Ollohning kitobiga itoat etishga chaqiraman», dedi. Odamlar uning gapini eshitishni ham xohlamay unga qarab: «Ollohning haddini bajarmaydigan odam qanday qilib Ollohning kitobiga kishilarni chaqira oladi? Ollohga chaqirayotgan Ka'b ibni Suvorni kim o‘ldirdi?», deb shovqin-suronila qichqirdilar. Jang avjiga chiqib aqldan ko‘ra vaxshiylik hukmronligi kishilarga ta'sir ko‘rsata boshladi. Jamal safida urushayotganlar bir-birlarini «Ey Usmonning o‘ch oluvchilari» deb atay boshladilar. Ular Usmonning qotillarini baland ovoz ila la'natlashar edilar. Hazrati Ali ularning gaplarini eshitib: «Olloh Usmonning qotillarini la'natlasun», dedilar. Shu payt hazrati Alining yonlariga safdoshlaridan bo‘lgan ibni Xo‘jayn degan kishi kelib: «Ey amiral mo‘‘minin, bizning qarshimizda yuz ming yalang‘och qilich turibdi. O'ng qanot hamda chap qanot himoyachilari chekinishga boshladi. Siz bo‘lsangaz hali ham uyqusirab turibsiz», dedilar. Bu gapni u odam shuning uchun aytdiki, hazrati Ali qo‘shinning o‘rtasida jang maydoniga kirib qolganliklarini sezmasdan beparvo turgan edilar. Bu gapdan keyin Ali turgan o‘rinlarini tark etib, chetga chiqib Rabbillariga g‘oyat dilgirlik ila yolvorib murojaat etishga kirishdilar. Duolari ushbudur: «Ey butun borliqni yo‘qdan barpo etgan zot, sen bilursanki, men Usmonning orqalarini qora qilgan emasmen. O'zing bugun madad ayla.» Shundan keyin tezlik bilan o‘rinlaridan turib ularning hujumlariga qarshi mudofaa uyushtirishlik zarurligini tushundilar. 

Jumodil oyining oxirgi kunida boshlangan jang Basra yerida kun bo‘yi to‘xtamay davom etdi. Ikki guruh bir-biriga tinimsiz hujumlar "uyushtrib bir-birlarining qonlarini ayovsiz to‘kdilar. Shunchalik jang qattiq tus oldiki, bir nafas dam olishga ham hech iloj topolmay qoldi. Avvalda kamondan o‘q uzish bilan boshlangan jang bora-bora avjiga minib oxiri to‘s-to‘polonga aylanib ketdi. 

Hazrati Ali bayroqni olib o‘g‘illari Muhammad Xanafiyga berib: «olg‘a yur!» dedilar. Muhammad u kishiga boqib: «olg‘a yurishga hech iloj yo‘q, oldinda nayza tishlari turubdur», dedilar. Hazrati Ali undan bayroqni tortib oldilar-da, qo‘llariga ko‘tarib o‘ng qo‘llarida mashhur zulfiqorlarini ko‘tarib yakka o‘zlari dushman qo‘shiniga hujumga o‘tdilar. Tarix bahodirlari ega bo‘lmagan bunday mardonavorlikga yagona Ali ibni Abu Tolib ega bo‘ldilar. Alining safdoshlari ham barobar Alidan o‘rnak olib shijoat-la hujumga o‘tdilar. Jamal askarlari g‘alaba ila gerdayib turishardi. Ular bunday shijoat-la uyushtirilgan hujumdan sarosimaga tushib orqalariga qarab tum-taraqay qochdilar. Saflari butunlay buzilib tar-tibsiz holda sochilib ketdi. Zubayr ibni Avom ham jang maydonini tashlab qochdilar. Avvalroq Talha hazratlari g‘oyib bo‘lib qolgan, edilar. 

Hazrati Aliga bir tuyaning himoyasi tufayli odamlarning bekordan bekorga fojea holatda o‘layotganlari juda qattiq og‘ir botdi. Shu sababli Ali Ashtar bilan Ammor ibni Yosirni chaqirib mazkur tuyani safdan chiqarish to‘g‘risida ularga amr etdilar. Zero, tuya bir yoqli qilinmaguncha o‘rtadagi behuda qon to‘kilishi ham pasaymas. Ular tuyani o‘zlariga qibla qilib olib uning himoyasiga g‘oyat jon-dildan qattiq bel bog‘lagandilar. Biroq tuyaning oldiga borishlik dahshatdan-daxshatliroq, qanchadan-qancha jasur atoqli kimsalarning, ulug‘ -kishilarning o‘liklari qolib ketdi. Mana shu tuyani yo‘qotish uchun yetmishdan ortiq quraysh bahodirlarining onalari bolasiz qoldi. Xotinlari beva, bolalari esa yetim bo‘ldilar. 

Hazrati Ali mazkur jangai tezroq hal etib to‘xtatishni o‘ylaydilar. Lekin hech iloji yo‘q kabi edi. Chunki tuya boshini ko‘tarib bayroq kabi ularning o‘rtalarida qaqqayb turardi. Himoyachilar hamma narsani butunlay unutib uni benihoya sadoqatla himoya etishardi. Bir guruh tuya himoyasida turib jon bersa, o‘rniga boshqasi kelib yana himoyani davom ettirardi. Hazrati Ali, odamlar mabodo tuya tirik turarkan, aslo tarqalmasliklarini aniq bilardilar. Yoki Oyisha onamiz biror daydi o‘qdan shikast topib yiqilsalargina ularning shidatlari pasayishi mumkin edi. Hazrati Ali Oyisha onamizning mana shunday biror daydi o‘qdan o‘lim topishlaridan qattiq qo‘rqdilar. Agar shunday hol yuz bersa, Rasululloh hazratlariga qaysi yuz bilan uchrashaman, deb qattiq iztirobda qaldilar. Shu sababli safdoshlariga qarab «tuyani so‘yinglar, agar tuya o‘ldirilsa, ular tarqab ketadilar», dedilar. Keyin bani Saqfa qabilasidan bo‘lgan . bir kishiga ishora qilmb: «ey Ibni Dalja, sen tuyaning oldiga bor», dedilar. Ibni Dalja ham bir hiyla ishlatib tuyaning oldiga yetib bordi va oyog‘ini kesib tashladi. Tuya og‘riqdan qattiq bo‘kirgan holda yerga yotib qoldi. Odamlar bu ahvolni bexosdan yuz berganini ko‘rib, hushlari boshlaridan uchdi. Tuya yerga yumalagan damda hazrati Ali odamlarga qarab: «Ey odamlar, sizlar albatta, omonlikdasiz», deb qattiq ovoz bilan qichqirdilar. Kutilgani kabi o‘rtadagi mojaro ham birdan to‘xtab qoldi. 

ALI RAZIYALLOHU ANHU VA UMMUL MO'MININ OYISHA ONAMIZ

O'rtadagi jang Ummul mo‘‘minin askarlarning asirga tushishlari bilan tugadi. Alining safdoshlari, barcha asirlarni tig‘dan o‘tkazishni taklif etdilar. Ularning takliflariga qarshi o‘laroq, hazrati Ali: «Men qibla ahli asirlari agar tavba qilib yana o‘z hollariga qaytsalar, o‘ldirmasman», dedilar. 

Hazrati Ali Oyisha onamizni nodon kishilar axmoqliklari tufayli ranjitib qo‘ymasalar edi, deb qattiq tashvishga tushdilar. Ya'ni ular Oyisha onamizga har xil bema'ni ta'nalar qilib dillarini ranjitib qo‘ymasalar edi, deb tashvishga tushdilar. Kutilgan voqea yuz berdi. Shu sababli hazrati Ali Oyisha onamizni alohida bir xonaga kechqurun tushirib, ichiqoralarning ko‘zlaridan yiroq tursunlar, deya parda to‘stirib qo‘ydilar. Shunchalik ehtiyot choralarini ko‘rganliklariga qaramay baribir ba'zi nodon kaltafahm kishilar Oyisha onamizga har xil bema'ni gaplarni qilib dillarini og‘ritdilar. Juda qattiq ta'nalar bilan malomat etdilar. Ish bunday tus olganini ko‘rgan hazrati Ali buyruq chiqarishga majbur bo‘ldilar. Kimki Oyisha onamizni behurmat qilsa yoki u kishi sha'nlariga noloyiq so‘zlarni so‘zlasa, unday beadab kishi darra bilan uriladigan bo‘ldi. Hazrati Ali xusumatchilar bilan nihoyatda ochiq ko‘ngillikda edilar. Zero, u janob Talxa (r. a.)ning Mavlon ibn Hikam qo‘lida shikast yeb vafot topganliklarining xabarini eshitgan paytlarida juda ham qattiq alam chekdilar. Zubayr ibni Avom (r. a.) ning namoz o‘qiyotgan chog‘larida o‘ldirilganliklari xabarini eshitgan vaqtlarida hazrati Ali qattiq tovushda shunday dedilar: «Ibn Safiya aslo ko‘rqqan ham emas, laim ham emas edi. Lekin hozir nihoyatda xunuk xodda o‘ldirilibdi.» Zubayr hazratlarining qotillari bo‘lgan ibni Jurmuzdan Zubayrning qilichlarini berishni talab etdilar. Keyin u janobning qilichlarini qo‘llarida mahkam ushlagan holda «Mazkur qilich uzoq zamonlar Rasululloh allayhissalomning muborak yuzlaridan qudratlarini ketkizgan edi», dedilar. Jurmuzdan Zubayrni «Sen o‘ldurdingmu» deb so‘radilar. U: «Ha, men o‘ldirdim, endi buni mukofotini xohlayman», dedi. Hazrati Ali uning gapini eshitib, unga qarab: «senga do‘zax mukofot bo‘ladi», dedilar va o‘ldirishlikga amr etdilar. Keyin odamlarga qarab: «Abu Abdullohni Olloh rahmat qilsun. Men tahqiq Bashirannazir sallallohu alayhi vassallamdan ibni Safiyani o‘ldirgan kishining joyi do‘zax bo‘ladi, deb bashorat etganlarini o‘z qulog‘im bilan eshitganman», dedilar. 

Oyisha onamiz hazrati Ali g‘alabaga erishganlaridan so‘ng: «Ey ibni Abu Tolib, qo‘lingga tushdik, endi o‘zing yumshoq ko‘ngillik ayla», dedilar. Hazrati Ali Oyisha onamizning gaplariga iltifot ko‘rsatdilar. Va odil muzaffardan ko‘ra kechiruvchi muzaffar g‘olibroq deb o‘yladilar. 

Bir necha isyonchilar Oyisha onamizning himoyalariga sig‘indilar. Hazrati Ali ularga hech narsa qilmadilar, keyin Ali, ibni Abbosni Oyisha onamiz huzurlariga yuborib «endi ketsunlar», dedilar. Avval Oyisha onamiz «yo‘q, ketmayman», deb turdilar. Bir oz vaqt o‘tgach, Oyisha onamiz .ketishga rozi bo‘ldilar va «men Olloh xohlasa tezda uyimga ketajakman», dedilar. Basradan Madinaga qarab yo‘lga chiqdilar. Hazrati Ali Oyisha onamizga kattagana karvonni jihozlab berdilar va o‘n ikki ming dirham sovg‘a ham berdilar. Alining birodarzodalari bo‘lgan Abdulloh ibni Ja'far ham o‘z hisoblaridan beadad mol va pul ajratib Oyisha onamizga berishga taraddud ko‘rdilar. Keyin bu pullarni Oyisha onamizning oldilariga qo‘yib: «bular meni o‘z hisobimdan sovg‘a», dedilar. Hazrati Ali Oyisha onamizni hech bir narsadan kamsitmay, balki nihoyatda hurmat-ehtiromlarini joyga keltirdilar. Oyisha onamiz ketayotgan paytlarida kuzatuvchilarning o‘rtasida turgan Alini ko‘rib: «Ollohga qasamki, men bilan Alining o‘rtamizda avvalda ham hech qanday xusumat bo‘lgan emas. U mening oldimda eng yaxshi kishilardan hisoblanadi», dedilar. Hazrati Ali Oyisha onamizning gaplariga javoban: «Oyisha onamiz rost aytdilar, bizning o‘rtamizda hech qanday xusumat bo‘lgan emas. U janob payg‘ambarimizning dunyoyi oxiratda zavji muboraklaridurlar», dedilar. Hazrati Ali Abdul Qays qabilasidan 40 ta ayolga erkakcha kiyim kiygazib Oyisha onamizni to o‘z uylariga eson-omon yetib kelgunlariga qadar kuzatib borishlikni buyurdilar. Ular erkakcha kiyinishib Oyisha onamizning karvonlarini kuzatib yo‘lga tushdilar. Oyisha onamiz ularni ko‘rib erkak kishi deb o‘ylab, Ali meni obro‘imni to‘kibdi, deb achchiqlari chiqdi. Biroq Makkaga yetib borganlaridan keyin mazkur ayollar boshlaridan sallalarini olib yuzlarini ochganlaridan keyin ularning ayol ekanliklarini bildilar. Bu Oyisha onamiz ommaviy hayotda ishtirok etgan eng so‘nggi voqea bo‘ldi. Shundan keyin Oyisha onamiz toki vafot etgunlariga qadar uylaridan tashqarita chiqmadilar. Toat-ibodat-la mashg‘ul bo‘lib oliy darajaga yetgunlariga qadar yashab o‘tdilar. 

Tarixchilarning juda ko‘plari Ali karamallohu vajxahu taraflaridan Oyisha onamiz (r. a.)ga qilingan ushbu go‘zal muomalani sharhlashga kirishib, shunday deb yozadilar: «Bu shunday go‘zal muomalaki, tarixda bo‘lgan bunga o‘xshash muomala eshitilmagan. Biror bir kitoblar sahifasida ham aks ettirilmagan. G'olibning mag‘lubga nisbatan qilmaydigan amalni xazrati Ali tomonlaridan qilinishi haqiqatda Abul Hasanayn karamallohu vajxahuning bir buyuk qalb egasi ekanliklariga dalolat etadi», dedilar. Biroq, mana shunday tabir-la sharh etuvchilar ushbu kabi hayronliklarini, qilingan amal oldida izoh etuvchilar ulug‘ payg‘ambar maktablarining ishtirok etgan shogirdlaridan biri bo‘lgan Ali ibni Abu Tolib kim bilan mana shunday go‘zal muomalada bo‘lganliklarini unutganga o‘xshaydilar. Axir, u janob ushbu kabi tarixda o‘xshashi bo‘lmagan muomalani Muhammad alayxissalomning sevimli ayollariga va Rasulullohning g‘ordagi yo‘ldoshlari hamda eng birinchi musulmon bo‘lgan Abu Bakr Siddiqning sadoqatli qizlariga nisbatan qilganlar.

 

TO'G'RI GAP

Juda ko‘p tarixchilar umumiy tafsilotlarga berilib ketib, Ali bilan Oyisha onamiz o‘rtalardagi xoliflik sabablarini bayon etishlikda gapni juda ham cho‘zib yuborib mubolag‘a darajasiga yetkazganlar. Ular shunday deb yozadilar: Ummul mo‘‘minin dillarida hazrati Aliga ya'ni erlarining amakivachchalariga nisbatan rashk aralash karoxiyat saqlar edilar. Zero, hazrati Ali Rasululloh alayhissalom oldilarida katta hurmatga ega va hamda eng sevimli qizlari Fotimai Zahroning erlari va mehribon payg‘ambarga odamlarning eng sevimlisi bo‘lgandilar. Oyisha onamiz qalb dardidagi nafrat bani Mustaqil g‘azotidan qaytganda yo‘lda Oyisha onamizga nisbatan zulm va dushmanlik sababi ila qilingan bo‘hton voqeasidan keyin yana ham ziyodalashgandi. Rasululloh alayhissalom Zayd ibni Xorisa hamda Umar ibni Hattobdan ushbu voqea to‘g‘risida qanday fikrdasiz, deb so‘raganlarida, ularning har ikkovlari «biz Oyishaga aslo biror xunuk ish sodir bo‘lganligini ko‘rgan emasmiz», deb javob berganlar. Ammo hazrat Alidan so‘ralgan chog‘da u janob ulug‘ payg‘ambarning yuzlaridagi alam asarini ko‘rib, Muhammad alayxissalom ado etastgan ulug‘ risolatga biror nuqson yetib qolishidan qo‘rqqanlari sababli Rasulullohga qarab o‘zlaridagi doimiy ochiq gapirish xislatiga binoan: «Yo Rasululloh, bundan boshqa ham ayollar ko‘p-ku» deb javob berganlar. Bu degan javoblarining ma'nosi, agar u kishidan shakllanayotgan bo‘lsangiz, qo‘yib yuboring-da, boshqasiga uylanib qo‘ya qoling, degani edi. 

Ba'zi tarixchilar esa hazrati Ali Oyishaning xodimlarini oldirib kelib nima ish bo‘lganligini aytasan, deb ko‘rganlar. U xodima «Oyisha yosh, tajribasiz qizlar, gohida xamirni qorib turib uxlab qoladilar. Keyin esa qo‘ylar kelib yeb ketardi. Bundan boshqa Oyisha onamizning ayblari yo‘q», degan gapdan o‘zga churq ham etmadi, dedilar. Mana shu sabablarning har biri Oyisha onamiz dillarida yetarlicha ta'sirini qoldirgan edi. Oyisha onamiz qalblarida Aliga bo‘lgan bunday asarni dunyo ta'magirlari g‘animat bilib Usmon raziyallohu anhuni o‘ldirganlaridan so‘ng qo‘zg‘ab harakatga solib yubordilar Bunday qo‘zg‘ashni shaxsiy yoki yakka suratda emas, balki ommaviy suratda ancha jiddiy ravishda avj olishga erishdilar. Natijada o‘tgan voqea yuz berdi, dedilar. 

Ba'zi bir rivoyatlarda esa bu hodisa quyidagacha tartibda aks ettirilgan: Bir kuni Rasululloh alayhissalom Oyisha onamiz oldilarida boshlarini egib turar, Oyisha onamiz esa muborak boshlarini yuvayotgan edilar. Yonlarida Ummul mo‘‘minin Ummu Salama esa xurmo bilan sutni aralashtirib har ikkovlariga taom tayyorlayotgan edilar. Shunda Rasululloh hazratlari birdan: «Men sizlardan biringiz dumli tuya sohibi, Havoib suvining itlarini xurdiradigan va natijada to‘g‘ri yo‘ldan toyadiganingiz qay biringiz bo‘ladi, bilolmayman», dedilar. Bu so‘zni eshitgan zahotlariyoq Ummu Salama taomdan qo‘llarini qo‘rquvga to‘la holda ko‘tarib, shoshilgan holda «men shunday bo‘lishdan Ollohdan hamda uning Rasulidan panoh tilayman», dedilar. Rasuli Akram hazratlari ularga qarab: «menimcha sizlardan bittangiz Havoib itlarini xurdirsangiz kerak,- dedilarda, kaftlari bilan Oyisha onaning orqalariga urib:- «Ey humayra, shunday bo‘lishlikdan ehtiyot bo‘ling», dedilar. Biroq Oyisha onamiz shunday bo‘ldilar. Ollohning taqdir sahifasiga yozganlarini bo‘lmoqligidan na ehtiyot qildirishlik va na ogohlantirishlik to‘sib qo‘ya oldi. Lekin mana shu rivoyatni aytayotgan kishilar bir narsani tashlab ketganlar, u ham bo‘lsa Oyisha onamiz vaqtiki mazkur makonga yetganlarida «ushbu suvning nomi nima?» deb so‘raydilar. Kishilar «Havoib suvi deb» javob berdilar. Ushbu javobini eshitgan Oyisha onamiz: «tezda meni bu yerdan olib ketinglar, Ollohga qasamki, men Havoib sohibasi bo‘lib qolaman», deganlar. Shu payt oldilariga singillarining o‘g‘li Abdulloh ibni Zubayr kelib, Islomda eng birinchi bo‘lib yolg‘ondakam guvohlikni berganlar. Ularning yolgon guvohliklariga ishonib, Oyisha onamiz ularga bo‘ysinib qolganlar. Natijada avvalda tarkib topgan taqdir yuz bergan. Bo‘lar ish bo‘lib o‘tgan. 

Hazrati Alini ba'zi bir tarixchilar malomat etib shunday deydilar. Emishki hazrati Ali Usmon qotillarini hibsga olishda sustkashlik qilganlar. Halifalik mansabiga o‘ltirganlaridan so‘ng esa ishni o‘z holiga tashlab qo‘yishlari Oyisha onamizni qattiq achchiqlanishlariga olib keldi va Oyisha onamizni mazkur jinoyatchilarga nisbatan Islom jazo choralaridan chora qo‘llashlikni talab qilib chaqiriqda bo‘lishlariga olib keldi. 

Din hamda toza vijdon egasi bo‘lgan tarixchi bunday ishni o‘zicha sharhlashdan tiyilishi kerak edi. Balki ahvolni o‘tmish tarixchilari tushuntirganlaridek tushuntirishlari zarurdir. Hazrati Ali Muhammad alayhissalomning amakivachchalari Fotimai Zahroning erlari, to‘rtinchi halifa, Badr va Husayn urushlarining qahramoni, Haybar qo‘rg‘onini shikastlovchi, Rasululloh alayhissalomga xijrat kechasi o‘z jonini fido etuvchi, bundan tashqari hisobsiz fazilatlarga ega bo‘lish bilan birga, butunlay ma'sum emaslar. U kishi Imom va Mujtahid, demak to‘g‘ri ijtihod qilgan bo‘lsalar, cheksiz ajrga ega bo‘ladilar va agar xato ijtihod etgan bo‘lsalar, unda bitta ajrga ega bo‘ladilar. Oyisha onamizning ham shu kabi juda ko‘p buyuk fazilatlari bo‘lgan. Bunday ishlarda to‘g‘ri hukm chiqarishlik mumkin ham emas, chiqarib ham bo‘lmaydi. Eng yaxshisi bunday holatda ishni g‘ayblarini biluvchi, yeru-osmonda hech narsa unga maxfiy bo‘lolmaydigan zotga topshirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Bunday mushkul shakli masalalarda fikr bildirishdan to‘xtab, ishni Olloh taolo va taborakka topshirishlikda juda katta hikmatlar bordur. Eng to‘g‘ri yo‘l ham shudir. Olloh talo karamallohu vajhahudan rozi bo‘lsun. Oyisha onamizdan ham rozi bo‘lsun. Har ikkovlarini Olloh uchun g‘azablanadigan havmlar mukofoti kabi mukofotlar ila mukofotlansun. Omin. 

SAFIN VOQEASI

Hazrati Ali Jamal voqeasidan hanuz tinib-tinchimay turib yana yangidan Muoviya ibni Abu Sufyon Shom qo‘shnida hazrati Aliga qarshi dushmanlik uyg‘otib u zotga qarshi kurashga otlantirayotganligining xabari kelib qoldi. Muoviya askarlarga juda ham saxiylik bilan sovg‘alar ulashib o‘z tomoniga og‘dirib oladi. Ular ichida Aliga qarshi fitna shu darajada yurgiziladiki, hatto Ali Usmon (r. a.)ning xunlarini o‘z vaqtida olmaganlari yetmaganiday bunga qo‘shimcha ravishda hazrati Usmonni qatl etishda ishtirok etgan ibni Sabo' qo‘shinini o‘ziga birlashtirib olganligi uchun ham mas'uldir, degan da'voga ularda qanoat hosil qildirdi. Albatta, bunday mish-mishlar askarlar orasida o‘zining yomon ta'sirini ko‘rgazmay qolmadi. Mazkur mash'um xabar hazrati Aliga yetib ma'lum bo‘lgach, u janob Jarir ibni Abdullohni qo‘llariga maktub berib Muoviya tomonga jo‘natdilar. Maktubda muhojirlar bilan ansorlar hazrati Aliga to‘la quvvatlangan holda bay'at berganlarining xabari hamda Talxa bilan Zubayr bay'at etganlaridan keyin bay'atlarini buzganliklari va oqibatda Jamal voqeasida xunuk holatda o‘ldirilganliklarining xabari bayon etilib, oxirida esa Muoviyani hazrati Aliga bay'at berishlikka chaqiriq bilan tugatilgan edi. Hazrati Aliga bay'at qilmagan voliylardan yagona Muoviyaning o‘zi qolgan edi. O'zga barcha viloyat boshliqlarining hammasi bay'at berib bo‘lgan edi. Muoviya hazrati Alining maktublari qo‘liga tekkanidan keyin esa bir hiyla ishlatishlikni qasd etdi. Alining elchilariga javob berishni keyinga surib, «men yaxshilab o‘ylab olishim kerak», deb chalg‘itib o‘zi esa Amr ibni Osni chorlab maktub yozib yubordi. Maktubni olganlaridan so‘ng, Amr ibni Os Muoviyaning oldiga yetib keladilar. Muoviya Amrdan «hazrati Ali xususlarida nima qilishim kerak», deb maslahat so‘raydi. Amr ibni Os Muoviyaga: «Siz Alidan Usmonning qasosini talab eting, mabodo Ali bunga rozi bo‘lmasa, unda Aliga qarshi Shom lashkarlari yordamida urush oching», deya maslahat so‘raydilar. Ushbu rivoyatda aytilgan: 

Amr ibni Os Muoviya Usmon to‘g‘rilarida hech narsa demay maslahat berganlar. Buni Ya'kubiy rivoyat etganlar. Bu rivoyatlardan qaysi biri to‘g‘riroqligi noma'lum. Biroq, hazrati Alining elchilari Muoviya qoshlaridan Muoviya Aliga qarshi Shom qo‘shnini tayyorlayotganligi xabarini olib kelganlar. Xabar mazmuni ushbu edi: Muoviya Shom askarlari ichida hamiyatni qo‘zg‘ashlik uchun Usmonning qonga belangan kuylaklarini hamda xotinlarining panjalarini Damashq minbariga bayroq qilib ostirib qo‘yadi. Askarlarga juda ko‘p sovg‘alar berib ularni o‘ziga og‘dirib olganidan so‘ng esa mana bu mazmundagi xatni ular ichida o‘qib eshitdirgandi. Go‘yo ular Usmonning o‘chini olish uchun jang qilar emishlar. 

Hazrati Ali ham 37-hijriy yilning 25-shavval oyida to‘qson ming askar bilan birgalikda Safin degan joyga qarab yurdilar. Muoviya ham sakson besh ming askar bilan Frot daryosining sohiliga kelib tushdilar. Muoviya askarlari Ali askarlari bilan daryoning o‘rtasini to‘sib qo‘ydilar. Askarlar qarorgohlariga o‘rnashgandan ikki kun o‘tib hazrati Ali Muoviya tomonlariga elchi yubordilar. Muoviyani birlashishga, hamda Islom jamoatiga kirishlikka chaqiradilar. Muharram oyining oxirgi kuniga qadar ikki o‘rtada tinchlik shartnomasi tuzildi. Biroq ikki toifa o‘rtasida urush alangasini butunlay to‘xtatishlikka muvaffaq bo‘lolmadilar. Safar oyi kirib, o‘rtadagi shartnoma vaqti bitishi bilan ikki orada urush boshlanib ketdi. Jang benihoya qizidi. Shu paytda Ammor ibni Yosir Muoviya askarlarning bir qanchalariga to‘satdan hujum etib, ularning barchasini tig‘dan o‘tkazdilar. Bu ishni ko‘rgan Ali askarlari g‘ayratga kirib, dushmanlariga qarshi qattiq hujumga o‘tdilar. Muoviya askarlari sarosima ichida qoldilar. Agar shu vaqtda Amr ibni Os bir xiyla ishlatmaganda edi, albatta, Ali askarlari g‘alabaga erishgan bo‘lardilar. Chunki Muoviya askarlari chekinishga tushay deb qolgandilar. Biroq shu paytda Amr ibni Os qo‘llarida Kur'onni ko‘tarib Qur'on hukmiga itoat etishga har ikki toifani chaqirgan bo‘ldilar. Buni ko‘rib Alining askarlari o‘rtasida ixtilof paydo bo‘ldi. Iroqliklar «Ollohning kitobiga javob berishimiz kerak», dedilar. Hazrati Ali ularga: «Bu ish bir aldamchiliqdur, xolos, sizlar bunga ishonib naqd g‘alabani qo‘ldan chiqarmanglar. Ular bu bilan sizlarning birligingizga barbod bermoqchilar», deb tushuntirdilar. Biroq ular o‘z so‘zlarida mahkam turib olib, Alining so‘zlariga e'tibor bermadilar. Muoviyaning‘ chaqiriqlarini qabul etishimiz kerak, deb qattiq oyoq tirab turib oldilar. Sarkardalari Ashtar ibni Molikga urushni to‘xtatish to‘g‘risida hukm berib odam yuborishga hazrat Alini majbur qildilar. Ashtar ibni Molik g‘alabani qo‘lga kiritay deb turgan bir holida bunday hukm kelganini ko‘rib majburan urushni to‘xtatdi. 

HAKAMLAR MUHOKAMASI

Ikki o‘rtadagi qonli urush tindi. Shundan keyin Ali Muoviyaning qanday fikrda ekanliklarini bilishlik uchun oldilariga elchi yubordilar. Elchi Muoviyaga hazrati Alining takliflarini yetkazdi. U quyidagi mazmunda edi: Bizlar ham, sizlar ham Olloh taolo kitobida buyurgan amriga imtisol ko‘rguzaylik. Sizlar o‘zingiz rozi bo‘lgan shaxsni yuboringlar. Bizlar ham o‘zimizdan odam yuboramiz. Keyin ularga Ollohning amriga binoan ish yuritishlarini topshiramiz. Muoviya bunga rozimiz deb javob berdilar. Muoviya o‘tkir siyosat yurgiza oluvchi Amr ibni Osni tanlaydilar. 

Avvalda ham osongina aldangan Iroq ahli esa hazrati Alidan Abu Muso Ash'ariyni mazkur ishga vakil qilib tayinlashlarini qattiq turib so‘raydilar. Hazrati Ali ularga qarab: «Sizlar avvalda ham menga osiylik qiddingizlar. Endilikda keling, osiylik qilmanglar», deydilar va Jamal voqeasida Abu Musoning odamlarni o‘z holiga tashlab ketganliklarini hamda u kishi mohir quv odam bo‘lgan Amr ibni Osga nisbatan nihoyatda sodda, go‘l odam ekanliklarini ochiq suratda tushuntirdilar. Abu Muso Ash'ariy Amr ibni Os bilan so‘z yuritib to‘g‘ri xulosaga kelolmasliklarini ularga aytib, «shuning uchun men o‘z vakolatimni Abu Musoga topshira olmayman», dedilar. Biroq Iroq ahli o‘z so‘zlarida qattiq turib oldilar. Bu holni ko‘rib hazrati Ali ichlarida afsus va nadomat-la ularning ra'ylarini majburan qabul qildilar. Hazrati Ali to‘rt yuz kishidan iborat guruh bilan ularga bosh vakil qilib Abu Muso Ash'ariyni, Muoviya esa u ham shuncha odamga bosh vakil qilib Amr ibni Osni mazkur o‘ttiz sakkizinchi hijriyning ramazon oyida muhokama yurgizyshlik uchun Dumatil jandal degan yerga yubordilar. Bu yerda Abu Muso va Amr ibni Os o‘rtalarida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan qattiq muhokama bo‘ldi. 

Amr ibni Os Abu Muso Ash'ariyning har xil tilyog‘lama gaplar bilan aldashga kirishdi. Oxirida «aytgan gaplarimizni yozdirib qo‘yaylik», degan qarorga kelishdi. Ollohning kitobi hakam bo‘ladigan bo‘ldi. Ikki hakam Ollohning kitobiga binoan, qanday fikrga kelsalar, har ikki guruh mana shu ular ittifoq qilishgan fikrga yuradigan bo‘ldilar. Oxirgi ikki hakamning oxirgi yuzma-yuz uchrashadigan vaqti kelganda, Abdulloh ibni Abbos Abu Musoga qarab: Ey Abu Muso, sen agar o‘zingning kim ekanligangni unutsang xam, biroq, hazrati Aliga bay'at qilganlar Abu Bakrga, Umarga, hamda Usmonga bay'at qilgan kishilar ekanliklarini unutmagin. Hazrati Alida uni xalifalik mansabidan uzoqlashtiradigan hech bir xislat yo‘qligini, Muoviyada esa xalifalik mansabiga yaqinlashtiradigan hech bir xislat yo‘qligini esingdan chiqarmagin. Sen yana Amr ibni Osning xiyla tuzog‘iga ilinib qolmagin», deb qattiq tayinladilar. Ikki o‘rtadagi uchrashuv o‘sha yili ramazon oyida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Amr ibni Os Abu Musoni yumshoq so‘zlar, maqtovli gaplar bilan asta o‘zlari tomonga og‘dirib olishga kirishdi. Zero, Amr hech qanday munozaraga va gapning ko‘payib ketishiga tarafdor emasdi. O'rtada bir kotibni chaqirib olib, olib borilayotgan munozara bahsini yozib borishlikka ittifoq etdilar. Oxirida yozilgan maktub «Biz Alining Usmonni o‘ldirishlikda ishtirok etganlariga hujjat keltiramiz», degan so‘z bilan tugadi. Abu Muso «Bu ish Islomda yangalik bo‘ldi, bizlar bu yerga Muhammad ummatini Olloh tezda yana ahvolni sulhga keltiradigan bir ish qilishga yig‘ildik, dedilar. Amr ibni Os u kishidan «Bu nima deganingaz?» deb so‘radilar. Shunda Abu Muso: «Iroq ahli Muoviyani yaxshi ko‘rmaydilar. Shomliklar esa Alini do‘st tutmaydilar. Shunday bo‘lgach, biz har ikkisini mansabdan bo‘shatsak-da, o‘rniga Abulloh ibni Umarni tavsiya etsak», dedilar. Amr Abu Musodan bu gapni eshitib u kishining ra'yini to‘g‘irlashga qasd etdi. Abdulloh ibni Umarni saylanishiga qarshi chiqdi. Abu Musoga bir necha sahobalarning nomlarini aytib mana shulardan birlarini xalifalikka tavsiya etishlarini so‘radilar. Abu Muso Abdulloh, ibni Umardan boshqa kishini xalifalikka tavsiya etilishiga rozi bo‘lmadilar. 

Amr, saxifaga har ikkovlari o‘z qo‘llarini qo‘yib imzo chekkanlaridan keyin taxlab qo‘ydilar. Keyin Abu Musoga bir necha xalifalikka nomzod etib nomlarini aytganlaridan so‘ng u kishi rozi bo‘lmagach, «xo‘p, o‘zingizni ra'yingiz nima?», deb so‘radi. Abu Muso Amr ibni Osga qarab: «Mening ra'yim har ikkovlarini ham mansabdan olib tashlash, keyin xalifalikka nomzod ko‘rsatib saylashlikni musulmonlar ixtiyoriga bersak, xohlagan kishilarini o‘zlariga xalifa etib saylab olsalar», dedilar. Amr bu gapni eshitib, «mening ra'yim ham sizning ra'yingiz kabidur. Demak, endi tashqariga chiqib odamlarga qarab «biz ittifoqga kelishdik», deb e'lon eting», dedi. 

Shundan so‘ng Abu Muso o‘rnilaridan turib: «Mening bilan Amrning ra'yimiz bir ish ustida to‘xtadi. Umid etamanki, shoyad Olloh buning bilan Islom millatini hozirgi tang ahvolidan qutqazib najot baxsh yo‘lini ko‘rguzsa», Abu Musoning gaplarini Amr, to‘g‘ri aytayapti, deb tasdiqladilar. Keyin Abu Musoga qarab: «Ey Abu Muso, oldinga chiqing va odamlarga fikringizni ayting», dedilar. Abu Muso oldinga chiqib ketayotganlarida Abdulloh ibni Abbos orqalaridan yetib kelib, u kishini to‘xtatib: «Ey Abu Muso, gumonimcha seni Amr aldaganga o‘xshaydi, agar biror fikrda ikkovlaringiz qaror qilgan bo‘lsanglar, unda avval Amr chiqib so‘zlasin, keyin esa siz so‘zlang», dedilar, lekin Abu Muso ushbu nasihatga quloq solmay chiqib ketdilar. Odamlarga qarab: «Ey odamlar, men va Amr ibni Os, Ali bilan Muoviyani o‘z vazifalaridan olib tashlashlikka qaror qildik, Millatning o‘zi bu ishni ko‘rib chiqishga ittifoq etdik. Ular ichlarida o‘zlari sevgan va ishongan kishilarini o‘zlariga xalifa etib saylab olaversinlar. Men Ali bilan Muoviyani o‘z vazifalaridan bo‘shatdim», dedilar. Abu Muso so‘zlarini tugatib bo‘lgach, Amr ham o‘rnilaridan turib xalqqa qarab: «Ey odamlar, o‘zlaringiz eshittingizki, bu odam o‘zining sohibini ishdan bo‘shatdi. Men ham uni ishdan bo‘shatdim. Ammo o‘zimning sohibimni esa amalida qoldirdim. Chunki u Usmon tayinlagan voliylardandur, hamda Usmonning hukmlarini talabgoridur», dedi. 

Kutilmagan bu gapdan so‘ng ikki o‘rtada qattiq to‘qnashuv bo‘ldi. Lekin vaqt o‘tgan edi. Abu Muso xijolat chekkanlaridan Makkaga qarab ketdilar. Shom ahli ham o‘z joylariga jo‘nadi. Xalifalikni Muoviyaga topshirdilar. Muoviya Shomga g‘alaba qilgan holida muzaffarona qadamlar bilan qaytib ketdi. Hazrati Ali esa o‘z askarlari oldida ularning ichida fasod oralagan holda qaytib ketdilar. 

Mana shundan keyin askar ichida bir guruhi o‘zini «Havorijlar» deb atab bir-birlarini so‘kishib, ajralib chiqib ketdi. Islomdagi eng birinchi o‘zini «Havorij partiya» deb atagan guruhning ajralib chiqishligi yangi guruhlar paydo bo‘lishligining boshlanmasi edi. 

Ular avvalda Aliga yordam uchun to‘plangan edilar. O'rtalaridagi chiqarilgan hukm shartnomasidan keyin esa, Alini tashlab chetga chiqib ketdilar. Ushbu guruh tarafdorlari Basra va Qufa aholisidan tashkil topgandi. Ular Ali askarlaridan ajralib chiqib o‘zlariga Abdulloh ibni Rasmiyni xalifa etib saylab oldilar. Ular o‘z ra'ylariga qarshi chiqqan yangi xalifalarni tan olmagan kishilarni o‘ldirishga kirishdilar. Usmon hamda Alini la'natlay boshladilar. Mamlakatda turli fasotlar qo‘zg‘ab har tomonga yoya boshladilar. Hazrati Ali ularni tinchitish uchun askarlarni qurollantirib jang qilishga majbur bo‘ldilar. Ularga qarshi urushib, ularni butunlay tor-mor keltirdilar. Keyin Ali askarlarini Shomga qarshi yurish boshlashga da'vat etdilar. Askarlar urushdan nihoyatda charchaganlari uchun Alidan bir oz vaqtga muhlat so‘radilar, hazrati Ali muhlat berdilar va «hammangiz o‘zingizni urushga tayyorlanglar hamda shomliklar bilan ishini bir yoqli etmaguncha hech kim o‘z ahli yoniga bormasun», deb buyruq berdilar. Lekin ular asta sekin bittadan bo‘lib Qufaga ketib qolish-di. Qarorgoh butunlay bo‘shab qoldi. Muoviya Ali askarlari ichida yuz bergan bunday parokandalikdan foydalanib Amr ibni Osni o‘zi tomonidan Misrga voliy etib tayinladi. Amr Misrga qo‘shin bilan borib uni o‘ziga bo‘ysindirdi, shundan keyin Muoviya Misrni butunlay Amr ibni Osga topshirdi. Misrga Ali tayinlagan voliylar bo‘shatildi. 

ALINING SHAHID BO'LISHLARI

Xavojirlar ochiqdan-ochiq va pinhona ham turli suiqasdlarni uyushtirishning tadbirlarini ko‘ra boshladilar. Kunlaridan bir kuni xavojirlardan uch kishi bir yerga to‘planib o‘zaro maslahat qilib har uchchala boshliqni, ya'ni hazrat Alini, Muoviyani hamda Amr ibni Osni o‘ldirishga qaror qildilar. Bular Abdurahmon ibni Maljam, Barq ibni Abdulloh va Umar ibni Abu Bakr nomli shaxslar edilar. Har uchchalasi bir kunga va'dalashib uch tomonga, a'ni Abdurahmon ibn Maljam hazrati Alini o‘ldirgani Qufaga, Barq ibni Abdulloh Muoviyani o‘ldirgani Shomga, Umar ibni Abu Bakr esa Amrni qatl etgani Misrga jo‘nab ketdilar. Va'dalashilgan kuni ertalab ya'ni 40 hijriy yilining 17-ramazon jum'a kuni Barq ibni Abdulloh Muoviyaga pichoq sanchadi. Biroq pichoq uning dumbasiga tekkanligi sababli, Muoviya o‘lmay qoladi. Barq ushlanib o‘ldirib yuboriladi. Umar ibni Abu Bakr esa Misrga borib Amr ibni Osga pichoq urdim deb o‘ylab, u kishini o‘rniga Amr kasalliklari sababli namozga imom bo‘lgan Xorija ibni Hubaybni o‘ldirib qo‘yadi. Abdurahmon Qufaga keladi. U yerda qufalik oshnalari bilan uchrashadi. Ular uni yashirib qo‘yadilar. Abdurahmon ularning ichida bir ayol bilan uchrashib qoladi. Uning ismi Fitom edi. U ayol benihoya go‘zal bo‘lganligidan ibni Maljam uni o‘ziga xotinlikka so‘raydi. Ayol ibni Maljamga «Bir necha shartlarim bor, agar bajarsang tegaman» deydi. Ibni Maljam ayoldan «qanday shartlaring bor» deb so‘raydi. Uning otasini, akasini Ali o‘ldirib yuborgan edilar. «Birinchi shartim, menga uch ming dirham pul berasan, ikkinchisi esa, Alini o‘ldirasan» deydi. Ibni Maljam uning qo‘ygan shartlarini qabul qiladi. Shundan keyin ayol unga yordam beradigan odam ham topib beradi. O'zining qavmidan Vardon ismli odamni uning oldiga yuboradi Vardon ibni Maljamning aytganlarini qabul qiladi. Va'dalashilgan kuni ertalab Vardon bilan ibni Maljam masjidga kirib hazrati Ali kiradigan eshiklarning yoniga kelib o‘ltiradilar. Hazrati Ali ertalabki namozga eshikdan kirayotgan vaqtlarida Vardon qilich bilan bexosdan uradi. Ali eshikni yondarasiga ag‘darilib tushadilar. Shu pallada ibni Maljam ham Alining qornilariga qilich bilan uradi va «Ey Ali, xokimiyat senga ham va seni ashoblaringga ham emas hokimiyat Ollohga» deb aytadi. 

Vardon qochib qutilmoqchi bo‘ladi, biroq kimdir uni ushlab olib o‘ldirib tashlaydi. Hazrati Ali o‘rnilariga Ja'ada ibni Xubayrani namozga o‘tkazadilar. Ibni Maljamni tutib, bog‘lab qo‘yadilar. Hazrati Ali keyin odamlarga qarab: «jonga - jon, qonga - qon, agar o‘lib ketsam, uni ham meni qanday o‘ldirgan bo‘lsa, shunday o‘ldirib yuboringlar. Agar tirik qolsam, unda o‘zim nima qilishlikni o‘ylab ko‘raman. Ey Bani Abdul Mutallib, amiral mo‘‘mininni o‘ldirdilar, degan bahona bilan musulmonlarning qonlarini to‘kmanglar va sho‘ng‘imanglar. Meni faqat bir qotil o‘ldirdi, xolos. Ey Hasan, menga qaranglar, mana shu zarba sababli, men o‘lsam uni xuddi shunday zarba bilan o‘ldiringlar. Zero, men Rasululloh alayhissalomdan «qiynab o‘ldirishdan saqlaninglar, agarda quturgan it bo‘lsa ham» deganlarini eshitganman», dedilar. Alining huzurlariga Jund ibni Abdulloh kirib «Ey amiral mo‘‘minin, agar siz bizni yo‘qotayottan bo‘lsangiz ham biz sizni yo‘qotmasmiz, o‘g‘lingiz Hasanga bay'at qilamiz», dedilar. Hazrati Ali unga qarab: «men tavsiya ham qilmayman, ma'n ham etmayman, o‘zlaringiz o‘ylab ko‘rasiz», deb javob beradilar. Keyin Hasan bilan Husaynni chaqiradilar: Ularga qarab: «Ey aziz farzandlarim, men sizlarga Ollohdan taqvo qilishga tavsiya etaman. Dunyoga aldanib qolmanglar. Yo‘qotgan narsalaring uchun dard chekib yig‘lamanglar. Doimo haqni gapirishga odat etinglar. Bechoralarga rahm-shafqat qilinglar. Bechoralarga yordam beringlar, oxirat harakatida bo‘linglar. Zolimga dushman, mazlumga esa yordamchi bo‘linglar. Ollohning kitobida buyurilgan narsalar bilan amal qilinglar. Sizlarni malomatchilar malomati Olloh haqida rost so‘zlashdan to‘xtatib qo‘ymasun», dedilar. 

Keyin Muhammad ibni Xanafiyga qarab: «mening akalaringizga qilayotgan vasiyatlarimni siz ham esingizda saqlab turasizmi?», dedilar. U kishi «ha» deb javob berdilar. Hazrati Ali u kishiga qarab: «men sizga akalaringizga qilganim kabi vasiyat qilaman. Yana akalaringizni hurmat qiling, ularning ishlarini o‘zingizga o‘rnak eting hamda ularning maslahatisiz o‘zingizcha biror ish qilmang, deb vasiyat etaman», dedilar. Keyin yana Hasan va Husaynga qarab: «Sizlar ukangizni ehtiyot qilinglar, uni otangiz yaxshi ko‘rishini esdan chiqarmanglar», dedilar. Yana imom Hasanga boqib: «Ey o‘g‘ilcham, Ollohdan qo‘rqing, deb; namozni o‘z vaqtida ado eting, deb; taxoratni chiroyli-chiroyli qilib kamoliga yetkazib qiling, deb; zero, namoz taxoratda bo‘ladi, zakotni o‘z mahalida bering, deb vasiyat qilaman. Yana sizga birovlarning gunohini kechiring, deb achchig‘ingizni yuting, siylayi-rahm qiling, johillarni hilim ila qarshi oling, dinni yaxshi o‘rganing - har bir ishda barqaror turing, deb; Qur'onga hamkor bo‘ling, deb; qo‘shnilar bilan xushmuomalada yashang, deb; yaxshi ishlarni qilishga odamlarni buyuring, deb; yomon nojo‘yaliklardan tiyiling, deb; yaramas kirdikorlardan saqlaning, deb tavsiya etaman», dedilar.

Shundan keyin to jonlari jasadlaridan chiqqunga qadar Ollohning zikrida bo‘lib turdilar. Vafot bo‘lganlaridan keyin u janobni o‘g‘illari imom Hasan va Husayn hamda amakivachchalari Abdulloh ibn Ja'far yuvdilar, keyin kafanladilar. Ha. 

Hazrati Ali (r. a.) xalifalik mansabida to‘rt yilu yetti oy davomida turdilar. Uz zotning xalifalik kunlari Olloh taolo va taborak Islom millatiga turli ixtilof hamda qiyinchiliklar ila sinashni ixtiyor etgan davriga to‘g‘ri keldi. Butun xalifalik davrlari o‘zaro ichki kelishmovchilinlarni bartaraf etishlikka harakati bilan o‘tib ketdi. Bu davrda biron bir muhim voqea ro‘y bergani yo‘q. 

Hazrati Ali shahidlik jomini ichgach Qufa ahli katta o‘g‘illari imom Hasanga bay'at qildilar. Imom Hasanga birinchi bo‘lib bay'at etgan kishi Hays ibni Sa'd ibni Uboda bo‘ldilar. U kishi imom Hasanga qarab: «Qo‘lingizni uzating, men sizni Ollohning kitobiga va Rasulining sunnatiga binoan hamda mahalliylarga qarshi jang qilishlikga bay'at etaman» dedilar. Uning bu gapiga qarshi imom Hasan «Ollohning kitobiga hamda uning Rasulining sunnatiga binoan bay'at berishlikni» o‘zi kifoya bo‘ladi. Zero, har ikkisi qolgan hamma shartlarni o‘z ichiga olgandir», dedilar. Keyin qolgan odamlar ham mana shu shartga binoan imom Hasanga bay'at qildilar. 

IMOM HASAN

U kishi Ali ibni Abu Tolibning o‘g‘illaridurlar. Volidai muhtaramalari Rasululloh alayhissalomning sevikli qizlari Fotimai Zahrodurlar. O'zlari hijratning uchinchi yili Madinai Munavvarada dunyoga kelganlar. Imom Hasan Rasuli akram hazratlariga ko‘rinishda o‘xshaydigan kishi edilar. Rasululloh. alayhissalom u zotni hamda inilari Husaynni benihoya sevar edilar. 

Imom Hasan haqlarida Rasululloh «Ey Olloh, men Hasanni do‘st tutaman, sen ham uni do‘st tutgin va uni do‘st tutadigan kishini sevikli qilgin», deb duo qilgan edilar. Shu kabi yana Buxoriyning sahifalarida rivoyat qilingan hadisdan ham Rasululloh Hasan haqlarida shunday degan edilar «Mening bu nabiram sayiddur. Shoyad Olloh, buning sababi-la ikki buyuk mo‘min toifaning o‘rtasini islohga keltirsa». Yosh go‘dak bo‘lganliklari sababli Rasululloh alayhissalom qilgan g‘azotlarining birontasida ham qatnashmagan. Rasululloh alayhissalom vafot etganlarida endigana yetti yoshdan sal o‘tgandilar. Umar ibni Hattob kishilarga moyana tayin etgan vaqtlarida Hasanni Rasulullohning hurmatlaridan Basrada qatnashgan kishilar qatoriga kirgazgandilar. Isyon vaqtida Usmon (r. a.) ni mudofaa qilgan kishilar ichida edilar. Usmonning mudofaalarida isyonchilarga qarshi jasurona kurashganlar. Hatto Usmon (r. a.) ning o‘zlarini «qo‘ying, deb to‘xtatib qo‘yganlari Amiral mo‘‘minin hazrati Aliga bay'at qilganligidan boshlab to umrlarining oxirigacha butun jangu jadallarda Ali bilan birga bo‘lganlar. Hazrati Ali shahid etilgach, Alining tarafdorlari bir og‘izdan Imom Hasanga bay'at qilishga ittifoq etganlar. Imom Hasanning bir necha xotinlaridan ko‘pgina bolalari bo‘lgan. O'zlaridan keyin faqat Hasanul Musanno va Zayt nomli o‘g‘illari hayot qolgan, xolos. 

XALIFALIK DAVRIDA TUTGAN ISHLARI

Imom Hasanga bay'at qilingan paytda otalari shomliklar bilan jang qilishlik uchun kattagina qo‘shinni jihozlab qo‘ygan edilar. Hasan ham otalari qasd qilgan ishni oxiriga yetkazishlik niyatida mazkur tayyorlangan qo‘shinni jangovar holga keltirishga buyurdilar. Qays ibni Sa'dni esa lashkar bilan oldinga jo‘nashga amr etdilar. Ammo Olloh subxonahu va taolo Rasuli Akram salallohu alayhi vassallamning Hasan to‘g‘rilarida oldindan bergan xabarlarini haqiqatga aylantirishni xohladi-da, u janobga to‘g‘ri yo‘lni ilhom qildi. Zero, imom Hasan kishilarning o‘zlariga bergan bay'atlarini o‘ylab tekshirib qaradilar. U bay'at otalariniki kabi emasligiga aqllari yetdi. Zero, bay'at umum ittifoqla amalga oshirilgan bo‘lmay faqatgana Alining tarafdorlari bo‘lgan iroqliklar tomonidan berilgandi, xolos. Boshqa tomondan ham o‘ylab qarasak o‘zaro tortishuv bo‘lgan Iroq ahli yordamida hech qanday kuchli bir davlatni paydo bo‘lishi ham mushkul edi. Bundan ular ichidagi har xil kelishmovchiliklar oxiri ehtimolki, u janobni egallagan mansablaridan bir kuni mahrum etishligi mumkin. Mana shu sabablarni hisobga olgan imom Hasan bir necha shartlarni qo‘yib, sulh tuzishlikni taklif etgan holda Muoviyaga elchi orqali maktub yubordilar. Muoviya ham o‘z o‘rnida imom Hasanga osti imzolanib, muhr urilgan oq qog‘ozni yuborib, «mazkur qog‘ozga nimani shart qilishni istasangiz yozib yuboring», dedilar. Imom Hasan mazkur qog‘ozga bir necha shartlarni yozib yubordilar. Shartlardan eng muhimi o‘zlarini hamda lashkarini va otalarining tarafdorlarini hayotlarini saqlashlikni ta'minlash edi. Muoviya imom Hasan qo‘ygan hamma narsa va shartlarni so‘zsiz qabul qildilar va o‘zlari Iroqga keldilar. Imom Hasan Muoviyani ochiq yuz bilan istiqboliga chiqdilar va kutib oldilar. O'zlari hamda butkul lashkarlari Muoviyaga bay'at berdilar. Mana shu qilgan ishlari bilan Rasululloh hazratlarining «Bu o‘g‘lim sayyiddur, buning sababi-la ikki buyuk mo‘‘min toifaning o‘rtasi sulhga keladi» deb aytgan muborak bashoratlarini amalda isbot etdilar. Imom Hasanning Muoviyaga davlatni topshirishlari sababli Xulafoi roshidin davlatining ikkinchi davri bo‘lgan fitnalar avj olgan davri tugadi. Bu davrning boshlanishi isyonchilarning Usmonga qarshi qo‘zg‘olonlaridan bo‘lsa, nihoyasi imom Hasanning davlatni o‘z qo‘llari  bilan topshirishlari tufayli bo‘ldi. Mazkur fitna o‘n yillar davom etdi. Agar mana shunday qattiq fitna o‘zga bir davlat ichida ro‘y berganda edi, albatta o‘sha davlat tagtomiridan sug‘irilib butunlay inqirozga uchragan bo‘lurdi. Lekin Olloh subhonahu va taolo o‘zining qavmi diniga inoyat ko‘zi bilan qaragani sababli uning ahllari kalimasini yana birlashtirdi. O'zi va'da qilganidek uni yo‘q bo‘lib ketishliqdan saqlab qoldi. Olloh subhonahu va taolo bandalari uchun rozi bo‘lib tanlagan bu din to dunyo hayoti tugagunga qadar davom etadi. Gohida avjlangan kabi olamga nuri yorqinroq ko‘rinsa, gohida Ollohning hikamati-la avji pastlangan kabi dunyoda nuri barqsiz ko‘ringanday bo‘ladi. Bundan kofirlar endi din tugaydigan bo‘ldi, nuri o‘ngashga boshladi, deb o‘ylab, ichlarida shodlanishga tushdilar. Aslida ular o‘ylagani kabi nuri so‘nishga yuz tutgan bo‘lmaydi. Zero, butun mavjudodning yaratguvchisi hamda egasi bo‘lgan Olloh buni har qanday burulishdan, yo‘qolishdan saqlashlikni o‘z zimmasiga olgandur. Kofirlar shodlanib dinni endilikda butunlay yer yuzidan supurilib ketishligi muqarrar bo‘lib qoldi, deya olamga jar solib turgan bir paytlarida, nogahon ular kutmagan tomondan uning nuri o‘z aksini yangidan ko‘rsatib qoladi. Bundan tashvishga tushib qolgan kofirlar uning nurini yana qaytadan o‘chirishga urinadilar. Biroq buyuk Ollohning balosiga giriftor bo‘lib o‘lib ketadilar. Butun mehnatlari evaziga ega bo‘lgan mukofotlari dunyoda xorlik, oxiratda esa do‘zax degan azob-uqubatlar makoni bo‘ladi. 

HAZRATI ALINING MUBORAK QABRLARI VA MOZORLARI

Hazrati Ali Qufa shahridagi masjidil jome'ning yaqiniga dafn etilganlar. Hozirgi kunda u yerda katta bino va mozorlari bor. Minglab kishilar u joyni ziyorat qilib ibrat va nasihat olishni iltimos qilgani keladilar. 

XOTIMA

Shi'a kitoblarida hazrati Alini nihoyatda ulug‘lab, hatto u zotni muqaddaslashtirib, a'lo darajaga ko‘tarib, u zotga tarafkashlik qilgan hollarida ba'zi bir kamchiliklaridan ko‘z yumib, benihoya maqtovli sifatlar bilan sifatlanganlar. Ali (r. a.) ular maqtayotgan sifatlaridan ko‘ra ham oliyroq va ko‘proq sifatlarga ega ekanliklarida shak-shubha yo‘q. Hazrati Ali kishilikda shunday yuksak insoniylik fazilatlariga ega bo‘lgan edilarki, agar u janobda bo‘lgan mazkur insoniylik fazilat sifatini bir necha minglab odamlarga taqsim etilganda mazkur sifatdan ulush tekkan kimsalar, shubhasiz Ollohning eng ko‘zga ko‘ringan xayrli maxluqlaridan bo‘lardilar. Lekin bunday sifatlar bilan sifatkashlik boshqa narsa, ammo u janobni muqaddaslashtirishlik, nubuvvat martabasiga ko‘tarishlik, ba'zi shi'alar da'vo etayotganlaridek abadiy hayot manbaiga ega qilishlik hamda Abu Bakr va Umardan afzalroq deyishlik esa boshqa narsa. Bu ishlarda biz ularni qo‘llab-quvvatlamaymiz bu to‘g‘rida ular fikriga qo‘shila olmaymiz. 

Muoviyani mudofaa etuvchilarning kitoblari esa hazrati Alini so‘kish va turli ta'nalar etish bilan to‘lib ketgan. Shu kabi ulardan shunday jirkanchli rivoyatlar naql etilganki, eshitgan quloqlar dahshatdan hayratga tushadi. Sog‘lom aql, to‘g‘ri tabiat qabul qilishdan bo‘yin tovlaydi. Magar shunday rivoyatlardan birida aytilishi-cha, Muoviyaning oldiga har kuni hazrati Alini badnom qilib so‘kadigan kimsalar to‘planishar ekan. Kishilar hazrati Alini yomonlab so‘kish bilan Muoviyaga yaqinlik hosil qilishar ekan. Minbarlarda va boshqa o‘rinlarda hazrati Aliga eng jirkanchli tuhmatlarni yog‘adiradigan kimsalar Muoviya oldida katta hurmatga ega bo‘lar ekanlar.

Bu yerda yana bir boshqa betaraf jamoat bo‘lib, ular tarix yozmoqlikka qattiq muhabbat qo‘ydilar. Tarixni bir tomondan jiddiy tasvirlash bilan birga yana o‘zlarining tomonlaridan unga tushuntirishlarni ham ilova etib ketdilar. Shu sababli ular ba'zan Ali haq edilar, u janob juda arzimas xatoga yo‘l qo‘ygandilar, xolos deyishsa, o‘zga bir o‘rinda esa Muoviyaning qalbaki ishlarida unga har xil uzrlar keltirishga urinishdan, zero, ularning iddaolariga ko‘ra go‘yo hazrati Ali o‘zlariga Muoviyani bay'at etmaganligani hujjat qiltan holda urushni birinchi boshlaganlar. Zotan, bay'at bermaslik urushni lozim qilmaydi. Chunki Alining o‘zlari ham avvalda Abu Bakrga bay'at berishdan bosh tortgandilar, deyishadi. 

Bizning ra'yimizga ko‘ra, Muoviyaning qilgan xatoliklari Alining bu xatoliklari oldida undan bir necha bor kattaroq va xatarliroq bo‘ldi. Agarchi, buyuk gunoh demasak-da, ammo juda ulkan xatolik edi. Muoviyaning Alini so‘kuvchilarning so‘kishlariga quloq solishlarini va Alining dushmanlarini o‘zlariga yaqin tutishlarini qanday izohlasa bo‘ladi? Ummaviyalar bilan Hoshimiylar o‘rtasidagi adovat qadim zamonlardan beri ularning dillariga o‘rnashib ketgan adovat edi. Tarix Olloh taolo va baborakot hazrati Ali uchun Ummaviylardan bir solih xalifani mansabga o‘tqazdi. 

U janob Umar ibni Abdulaziz (r. a.) edilar. U kishi xalifalik mansabiga o‘tirishlari bilan birga darhol hazrati Alini minbarda turib haqorat etishlikni bekor qildilar. Uning o‘rniga Qur'oni Karimdan bir necha oyatlarni o‘qishlikni yo‘lga qo‘ydilar. Bu xatolik ham vaqti bylan tuzatildi. Lekin juda ham ulkan bir boshqa xatolik yuz bergan ediki, buni aslo tuzatib ham, kechirib ham bo‘lmasdi. Bu xatolik Muoviyaning ruhiy xalifalik mansabini, o‘g‘il otadan, ini birodaridan meros qilib oladigan vorisiy moliklikka aylantirishlari bo‘ldi. Natijada ruhiy mansab bo‘lgan xalifalik bora-bora dunyoviy ko‘rinish kasb etdi. Endi undan yaqin oshna-og‘aynilar, qarindosh-urug‘lar foydalanadigan narsa bo‘ldi. Buning sababi bilan Islom zaiflashaverdi. Keyin esa turli fikrlarga bo‘linib keta boshladi. Oxirida esa biror Islomiy davlat yoki birodari bilan muttasil bo‘lgan Muhammadiy millat ko‘zga tashlanmaydigan holga kelib yetdi. Bo‘lmasa ayting, qani u bir jasad kabi bo‘lgan mo‘‘minlar? Jasadning biror a'zosi og‘rib qolsa, qolgan a'zolari tunlari uxlamay isitma ila tuzatishga kirishadi. Qani mana shunday Rasululloh ta'rif etganlari kabi Muhammadiy millat?! Birisining boshiga musibat tushsa qolganlari unga yupanch berib tuzatishga kirishish o‘rniga, quvonadigan bo‘lib ketdi-ku!!! Bizni shunday ahvolga tushishligamizning ochiq sabablaridan biri shaksiz Muoviyaning mana shu tutgan yo‘llari bo‘ldi. Toki Olloh bizga boshqa ishni izn etgunga qadar mana shu holatda yashab turamiz. Biroq biz Muoviyani sahoba ekanliklarini, vaxiy kotiblaridan bo‘lganliklarini inkor etmaymiz. 

XULAFOI ROSHIDIN DAVRLARIGA QISQACHA MA'LUMOT

Islom tarixida janobi Rasululloh sallallohu alayhi vassallamdan so‘ng ish boshiga kelgan hazrati Abu Bakr Siddiq, Umar ibni Hattob, Usmon ibni Affon va Ali ibni Abu Tolib raziyallohu anhumlar hukmronlik qilgan vaqtlarini Xulafoi Roshidin davri deb nomlanadi. Asosan, bu muborak davrda janobi Rasululloh alayhissalom Rabbil izzat tomonidan yuborilgan hidoyat nurini yerning bir burchagida yoqqanlaridan keyin mazkur nurni yerning qolgan burchaklariga ham yetkazildi. Madaniy olamdan qum sahrolari bilan ajralib qolgan arab yerlarida yangi aqidaning tuxumi ekilgandi. Mana shu aqida rivojlanib butun yer yuzi aholisiga erishtirilishi uchun Olloh taolo butun madaniy dunyo hayotidan ajralib qolgan arab yerini tanlagandi. Mana shu yerdan aqida porloq nurini butun olam uzra yoyaoldi. Bu narsa Olloh taolo va taborak mazkur yangi aqidani nechog‘lik o‘z rivoyatida va himoyatida asrashligani ko‘rsatadi. Chunki ushbu aqidani avvalo biror katta mamlakatning hukmroni qabul qilib keyin uni boshqalarga ham yuqoridan turib majburan qabul qildirgani yo‘q. Balki hamma teng barobar avvalda mazkur aqidani dunyo xalqlari orasida yoyilishiga to‘sqinlik qildi. Shunga qaramay, «Aqida» oddiy xalq tomonidan qabul qilindi. Aqidani qabul qilganlar boshiga tushgan kunlar tarixdan sizga ma'lumdir. Har qanday bilim va siyosat sohasida yo‘q darajada bo‘lgan oddiy kishilar mana shu aqidani qabul qilishganidan so‘ng siyosat, madaniyat, odamgarchilik, axloq sohalarida shunday yuksak darajaga erishdilarki, dunyo bundayini o‘z tarixida boshidan kechirmagandi. Olam sahnasida hech qanday ahamiyat kasb etmagan oddiy kishilar, madaniyat, axloq sohasidai yiroq holda jo‘ngana turmush kechirayotgan sodda odamlar, mazkur aqidani qabul qilganlaridan keyin nafaqat madaniyat, axloqda yuksak darajani egallash bilan kifoyalanib qoldilar, balki avvalda hech qanday o‘zligi bo‘lmagan kimsalar endilikda aqida barokoti tufayli olamga axloq, madaniyat maydonida namuna bo‘lib qoldilar. Dunyo butunlay jaholat hukmronligi ostiga tushib qolgandi. Mazkur aqidani egallagan zotlar jahonni jaholat huqmronligidan qutqazib nuroniy olamga olib chiqdilar. Hech qanday bosmaxona, radioeshittirish, televidenie bo‘lmagan bir zamonda ular butun dunyo xalqlariga nisbatan juda oz bo‘lgan chorak asr mobaynida o‘zlari ega bo‘lgan bilimlarini yetkaza oldilar. Bularning barchasi Olloh taoloning fazli va fayzi tufayli amalga osha oldi. Nasroniy dinini qabul qilganidan keyin amalga oshdi. Mazkur sultonning jiddi-jahdi bilan nasroniy dini Sharqdan asta-sekinlik bilan G'arb dunyosiga kirib bordi. Hazrati Isoning hayotlik davrlarida bir necha kishilargina dinni qabul qilishgandi, xolos. Mazkur davrdan 400 yil keyingana Rum sultoni nasroniylikni qabul qilishi tufayli, Sulton rioyasi ostida din sifatida shakllanib yuzaga chiqa oldi. Ammo Islomga kelsak, tarixda hech bir dinda ko‘rilmagan qisqa davr ichida biron-bir sulton rioyasi ostida emas, balki oddiy xalq harakati orqasida, Rasululloh alayhissalom hazratlaridan so‘ng chorak asr ichida Sharqda Indoneziyadan tortib G'arbda Ispaniyagacha, Janubda Afrika mamlakatlari bo‘ylab tarqalib bo‘ldi. Islom o‘zining dunyo bo‘ylab tarqalish bosqichida boshqa din va falsafa oqimlari tarqalish jarayonida qilingani kabi odamlarni qo‘rqitib majbur qilib dinga kirgazgani yo‘q. Har kimga dunyoda birinchi bo‘lib vijdon erkinligini berdi. Har kim o‘zi xohlagan va qalbi ishongan dinga itoat etishi mumkin, deya e'lon etdi. Nasroniylar tomonidan ta'qibga uchragan yahudiylarni Islom ozodlikka chiqardi, ularni diniy kamsitilishidan qutqarib oldi. Rum sultoni quvg‘uniga uchragan yahudiylarni Islom o‘z qanoti ostiga olib, panoh berdi. Ularga erkin suratda o‘z dinlariga ibodat qilishlari uchun imkoniyat yaratib berdi. Asrlardan beri doimiy ta'qib ostida ezilgan yahudiylar Islom quchog‘ida panoh topdilar. Mana shu bepoyon mamlakatlarda barpo bo‘lgan Islomiy davlat ham chetki hurujlar va fitnalar hamda ichki kelishmovchiliklar tufayli tez orada parchalanib ketdi. Mazkur davlat o‘rnida yuzlab mustaqil xukumatlar tashkil topdi. Islom ichida ro‘y bergan ushbu holatni ko‘rib G'arb davlatlari Islom olamini yer yuzidan supurib tashlash uchun, xalqlar dilidan Islom ta'limotini chiqarib tashlash uchun fursatni g‘animat bilib umum Salb yurishi e'lon qildi. G'arbdagi hukumatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan salbchilar Islom dunyosiga 990 yil melodiyda ochiqdan-ochiq qurolli hujum boshladilar. Ular juda ko‘p Islomiy xalqlar yashaydigan yerlarni bosib oldilar. Kishilarni Islom dinidan chiqarishlik uchun qo‘llaridan kelgan hamma harakatlarni qilib ko‘rdilar. Biroq hech narsaga erisha olmay, Islom dunyosidan xorlarcha qochib chiqib ketdilar. Lekin bu bilan ularni Islomga bo‘lgan qarshi harakatlari tingani yo‘q. Ular har doim Islomga zarba urish uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar. Tashqi tomondan qurolli harakatlari muvaffaqiyat topolmagach, ular ichki tomondan Islom dunyosini buzishga kirishdilar. Ichki fitnalar uyushtirdilar. Islom xalqlari orasida o‘zlarining zaharli ta'limotlarini tarqatishlik uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan kishilarni tayerlab, ularni musulmon xalqlari o‘rtasiga nifoq solishlikka yubordilar. Ularning harakatlari ahli Islom orasida o‘z ta'sirini qoldirdi. Juda uzoq tayyorgarlikdan so‘ng Islom olamiga qarshi ikkinchi marta yana umum  salb yurishini tashkil etdilar. Bu ming yetti yuz va ming sakkiz yuz yillarda bo‘ldi. Bu safar ular butun Islom dunyosini ochiqdan-ochiq qo‘llariga kiritib oldilar. Bu safar ular Islom xalqlarini o‘z dinlaridan voz kechishlari uchun qo‘llaridan kelgan hamma hiyla-nayranglarini ishga solib ko‘rdilar. Musulmonlar o‘rtasida behayolikni yoyishlikka harakat etdilar. Uzoq, ya'ni yaqin 200 yil davomida musulmonlarni aldab, quvg‘in qilib ularni dindan chiqarmoq uchun tinimsiz harakatda bo‘ldilar. Biroq nimaga erishdilar. Hech nimaga erisha olmadilar. Musulmonlarni yoppasiga kofir qilmoqchi bo‘ldilar. Ammo qilolmadilar. Yana Islom dunyosida ichki .qo‘zg‘alish boshladi. Bunga dosh beraolmay G'arb mustamlakachilari u yerlardan o‘zlarini zanjirli hokimiyatlarini olib chiqib ketdilar. Ochiqdan-ochiq mustamlaka etishga yarolmay qolib yangi ma'naviy mustamlakachilik yo‘lini kashf qildilar. Mustamlakachilar yoniga sionistlar, mulxidlar, qo‘shildi, ular birlashib Islomni yer yuzidan yo‘qotib yuborishga kirishdilar. Biroq shunchalik uzoq davr mobaynida ta'qib etilishiga qaramay, musulmonlar hargiz dinlaridan qaytganlari yo‘q. Ularning sonlari ozaymadi ham, aksincha ziyoda bo‘la bordi. Bugungi kunda Islom olamida Islom aqidasini o‘ziga yetakchi deb bilgan xalqlar soni statistik ma'lumotlar axborotiga ko‘ra aniq hisobda milliarddan ortib ketdi. Yagona kishidan boshlaganidan tortib quvg‘in va ta'qibga uchragan musulmonlar yuz million bo‘ldilar, ikki yuz million bo‘ldilar, mana hozirda milliardga yetib o‘zib ketdilar. Uzoq asrlardan beri Islom aqidasini himoya etuvchi biror bir kuchli davlat bo‘lmadi. Aksincha, hamma kuch, texnika va resurslar Islom dushmanlari qo‘lida bo‘ldi. Ular mana shu texnika va kuchlarni ishga solib hech narsaga ega bo‘lmagan xalqlarni dinlardan chiqarishlik uchun doimiy harakatda bo‘ldilar. Biroq hech narsaga erisha olmadilar. Agar biron bir qudratli davlat Islom aqidasining himoyachisi sifatida ish yuritganda edi, ehtimol unda ta'na etuvchi kofirlarga gap topilib qolgan bo‘lardi. Ular Islomni falon qudratli davlat himoya etayotgani sababli xalqlar ichida yashab turmoqda, deya ayta olgan bo‘lardilar. Lekin baxtga qarshi, ya'ni ularning baxtlariga qarshi bunday bo‘lgani yo‘q. Bu narsa Islom butun olam moliki tomonidan yuborilgan narsa ekanligani bildirmaydimi? Axir qaysi falsafa va oqim bo‘lmasun, u faqat biror bir kuchli davlat himoyasida yashab tura olishi tarixdan ochiq-oydin va ravshan ma'lum-ku.

"Xulofoi roshidiyn" kitobidan

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.