Ju'al ibn Suroqa
JU'AL ibn SUROQA, Ju'ayl, Ji'ol, Juffol, to‘liq ismi Ju'al ibn Suroqa ad-Damriy al-G'iforiy (7-a.) - ilk muhojirlardan. Faqir bo‘lgani uchun Suffa ashobi orasidan joy olgan.
Hazrati Payg‘ambar (sav) Banu Musta'liq g‘azvasiga ketayotganlarida Ju'alni Madinada o‘rinlariga vakil qilib qoldirganlar. Zotur-Riqo g‘azvasidan qaytayotganlarida esa, zafar mujdasini Madinaga yetkazish vazifasini unga topshirganlar.
Ju'al bani Qurayza g‘azvasida bir ko‘zidan ayrilgan. Ju'al Janobi Rasululloh (sav)ga nihoyatda bog‘lanib qolgan edi. Uning mustahkam imon egasi ekaniga Hazrati Payg‘ambar shohidlik berganlar.
Hunayn g‘azotidan keyin o‘ljalar taqsimoti chog‘i Rasululloh Aqro' ibn Hobis bilan Uyayna ibn Xisnga 100 tadan tuya berib, Ju'alga hech narsa bermagan edilar. Sababini so‘ragan bir sahobiyga, Aqro' bilan Uyaynani Islomga isintirish uchun ortiqcha o‘lja berganlari, Ju'alning esa, imoniga tayanganlarini aytganlar. "Ju'al bulardaqasidan bir dunyo kimsalarga teng keladi", deganlar.
Tabuk g‘azvasida Hazrati Payg‘ambar (sav) bir mo‘jizalari ila qornini to‘yg‘izgan uch sahobiyning biri Ju'al edi.
Islom ensiklopediyasidan
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.