Fotima binti Yamon
Fotima binti Yamon Haybar va Tayma mavzelari orasida yashagan Bani Abs qabilasiga mansub. Otasining ismi Husayl. Akasi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning sirdosh do‘stlari Huzayfa ibn Yamon.
Aynan Huzayfa singlisining Islomga kirishiga sababchi bo‘lgan. Bu quyidagicha yuz bergan. Bani Abs qabilasidan bir nasroniy olim so‘nggi payg‘ambar kutilayotganini qabila a’zolariga so‘zlab bergan, barcha so‘nggi din va elchini kutayotgan edi. Rasululloh (s.a.v.)ning faoliyatlari boshlanganini eshitgan bir guruh bani absliklar Madinaga kelib, u zot bilan uchrashishdi va musulmon bo‘lishdi. O‘sha guruhda Huzayfa ibn Yamon ham bor edi. Huzayfa ortga qaytgach, so‘nggi payg‘ambar xushxabarini oilasidagilarga ham yetkazdi. Bir oz muddat o‘tgach, u otasi va boshqa oila a’zolarini Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga olib keldi va barchalari musulmon bo‘lishdi.
Shundan keyin Fotima Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni tez-tez ziyorat qilib, suhbatlariga qatnashadigan va u zotning o‘zlaridan ilm oladigan bo‘ldi.
Fotima juda g‘ayratli va tirishqoq ayol bo‘lib, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan eshitgan hadislarini atrofdagilarga yetkazishga harakat qilar, musulmon bo‘lishni istagan ayollarga dalolat qilib, Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga boshlab kelardi.
Fotima binti Yamon haqida, afsuski, ko‘p ma’lumot yo‘q. Xususan, uning qaerda va qachon vafot etgani tarix kitoblarida qayd etilmagan.
Alloh rozi bo‘lsin!
Shoakmal Akbarzoda | “Irfon” taqvimining 2011-yil, 1-sonidan
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.