background
logotype
image1 image2 image3

Abu Huzayfa ibn Utba

Abu Huzayfa ibn Utba (arab: أبو حذيفة بن عتبة; ) (to‘liq ismi – Abu Huzayfa ibn Utba ibn Robia ibn Abdushams ibn Abdumanof. Payg‘ambarimiz s.a.v.ning sahobalaridan. Quraysh boshliqlaridan biri Utba ibn Robianing o’g‘li edi. Singlisi Hind binti Utba esa Abu Sufyoning ayoli edi.

Abu Huzayfa Quraysh qabilasidan bo‘libgina qolmasdan, Islomni qabul qilgan ilk musulmonlardan biri va birinchi va ikkinchi hijratlarda qatnashgan musulmonlardan edi.

Sahla binti Suhaylga uylangan edi, Solim ismli asrandi o‘g‘li ham bor edi. Abu Huzayfa Badr jangida qatnashgan musulmonlardan. Hijratning 11 yili (633 milodiy) kechgan Yamoma jangida shahid bo‘lgan.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.