background
logotype
image1 image2 image3

Abdulloh ibn Abu Bakr

ABDULLOH ibn ABU BAKR (? - 632) - Abu Bakr Siddiqning o‘g‘li, payg‘ambarimiz (sav) ning qayin inilari. Islomning dastlabki yillarida musulmonlikni qabul qilgan.

Hijrat chog‘i payg‘ambarimiz (sav) birodarlari Abu Bakr bilan uch kun Savr g‘orida qolib ketganlarida Abdulloh ularga ham yegulik keltirib, ham mushriklarning ishlaridan xabardor qilib turish bilan muhim vazifani ado etgan.

Keyin u ham Makkadan ketib, "muhojir" degan nomga sazovor bo‘lgan. Makka fathida qatnashgan. Hunayn va Toif janglarida ishtirok etgan. Toifdagi muhosarada o‘q tegib, yaralangan.

Islom ensiklopediyasidan


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.