Rasulullohning payg’ambar bo’lishdan oldin Ollohdan ko’rgan marhamatlari
Muhammad alayhis-salomni emizayotganida Halimaning oilasiga Olloh tomonidan yuborilgan qutu barakotlar payg'ambarimizga berilgan dastlabki in'om edi. U kishi olib kelinishidan avval Halimaning oilasi qo'l uchida zo'rg'a tirikchilik o'tkazardi. Yangi chaqaloqning xosiyati tufayli qo'ylari yaylovdan yelinidan chakillab sut tomib qaytadigan bo'ldi. Olloh rahmat qilgur Imom Bu-sayrining "Hamziya" qasidasidagi quyidagi misralarda bu narsa o'z ifodasini topgan:
Bir elga baxtiyor insonni muyassar aylasa,
Olloh, Uning xosiyati-la el saodatmand bo'lg'usi mutloq.
So'ngra rasulullohning ko'kraklari yorilib, shayton vasvasasi-nafsi ammora olib tashlandi. Kimki bu narsaga ajablansa, u Ollohning qudratiga shubha bildirgan, quvvai hofizasi cheklangan, dunyoning g'aroyib ishlarini faqat o'z tasavvuridan kelib chiqqan holda baholaydigan odam bo'ladi. Payg'ambarlar hayotida favqulodda hodisalar yuz berishi aql bovar qilmas g'ayritabiiy hol emas. Muhammad alayhis-salom Shomga safarga chiqqanlarida Olloh u kishining hurmatlari uchun bir parcha bulutni boshlariga soyabon qilib qo'ydi, oftob olov purkab turgan jazirama yoz kunida bu soyadan karvondagi biror kimsa bahra olgani yo'q. Rasulullohga hamsafar bo'lgan Maysara bu g'aroyib hodisani Xadichaga hayratlanib so'zlab bergan. Xadicha Muhammad alayhis-salomning bo'lakcha odam ekanliklarini qalban his etib, kelgusida ulug' ishlarni ro'yobga chiqarishlariga ishonib, o'z taqdirini bog'lashni ixtiyor etgan. Shu bois rasulullohga dastlabki vahiylar kela boshlagan saodatli kunlardayoq Xadicha u kishining tabiatidagi go'zal xulq-atvordan tashqari biron bir mo'jiza talab qilmasdanoq Islom diniga kirgan. Tosh va dov-daraxtlarning salom berishi ham payg'ambar alayhis-salomga Olloh bergan ne'matlardan biri edi. Rasululloh hojat uchun tashqariga chiqqailarida odam yo'q unguru jarliklar tomonga ketadilar, yo'llarda uchragan har bir tosh, dov-daraxtdan: "Ey rasululloh, senga rahmat va omonlik bo'lsin!" degan ovoz chiqar, u kishi yon-beriga alanglab, biron jonzotni ko'rmay ajablanardilar. Bunday ishlar bandasining qo'lidan kelmaydi, albatta, biroq Ollohga oson, u ilgarigi payg'ambarlarga ham yer yuzidagi barcha jonli va jonsiz narsalarni bo'ysundirib bergan. Muso alayhis-salomning hassalari ajdarhoga aylanib, Fir'avnning sehrgarlari ko'rsatgan hiyla-nayranglarni yutib yuborgan. Muso alayhis-salom asolarini toshga urganlarida o'n ikkita buloq otilib chiqqan va bani Isroilning har bir qavmi o'z bulog'idan suv ichadigan bo'lgan. Olloh boshqa payg'ambarlarning ham ulug'ligini namoyon etib, el-yurt orasida qadr-qimmatini baland qilish uchun turli jonsiz narsalarni amriga bo'ysundirib, mo'jizalar ko'rsatgan.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.