Rasulullohning boshqa qabilalarni da’vat qilishlari
Payg'ambar alayhis-salomning dinga da'vat etishlari dillari takabburlik va manmanlik illati bilan qoraygan quraysh mushriklari tomonidan qattiq qarshilikka uchradi. Rasululloh arab qabilalarining mavsumiy savdo-sotiq va faxrlanish musobaqalarini o'tkazish yig'inlarida ulardan Islom dinini tarqatish uchun himoyasiga olishlarini so'rardilar. Ba'zi qabilalar nazokat bilan, ba'zilari zsa qo'pollik bilan rad etishar, lekin hech kim kazzob Musaylima*ning banu Hanifa jamoasidek qabihlik qilgan emas. Omir jamoasi payg'ambar alayhis-salomga imon keltirishni, lekin u kishidan keyin o'zlari hammaga bosh bo'lishni talab qilishardi. Rasululloh bu Ollohning izmidagi ish ekanini, kim yetakchi bo'lishini uning o'zi istagan kishisiga nasib etajagini yotig'i bilan tushuntirdilar.
Makka bilan Shom orasidagi Yasrib (Madina) xalqi Baytullohni tavof etgani kelib turishardi. Yasriblik Avs va Xazraj urug'lari qarindosh bo'lishsa-da, o'rtalarida ahillik yo'q, muttasil yovlashib, urush-janjal chiqqani-chiqqan edi. Ular bilan bani Qaynuqo, bani Qurayza, bani Nazir kabi yahudiy qabilalari birga yashashardi. Arablar ular bilan urushib, g'alaba qozonishdi. Mag'lubiyatga uchragan yahudiylar yaqin orada dunyoga keladigan payg'ambar haqida so'zlashib, ularni qo'rqitishardi. Arablarning orasida ixtilof tug'ilib, ahillik yo'qolgach, dushmanlari bo'lgan yahudiylar bilan ittifoq tuzishdi. Avs qabilasi bilan bani Qurayza, Xazraj bilan bani Nazir hamda bani Qaynuqo o'rtalarida do'stlik shartnomalari imzolandi. Buos urushi Avs qabilasi bilan Xazraj qabilasi o'rtasidagi so'nggi qirg'in bo'lib, bu jangu jadalda ikkala tomon oqsoqollarining ko'pi qirilib ketdi. Xazraj boshliqlaridan Abdulloh ibn Ubay ibn Salul, Avsdan Rohib ibn Omirgina tirik qolishdi. Oisha raziyallohu anhuning fikricha, Olloh bu urushni Muhammad alayhis-salom uchun keltirib chiqargan. Avs qabilasidagilarning ko'nglida Xazrajga qarshi kurashda qurayshlar bilan birlashish fikri tug'ildi. Ular Iyoz ibn Muoz, abul Haysar Anas ibn Rofi' bilan birga bir guruh odamni elchi qilib yuborishdi. Elchilar Makkaga yetib kelishganda rasululloh: "Sizlar o'tinib kelgan ishdan ko'ra foydaliroq narsani qabul qilsanglar, yolg'iz Ollohga ishonsanglar, unga shirk keltirmasanglar bo'lmaydimi? Men Olloh tomonidan barcha xalqlarga yuborilgan payg'ambarman", dedilar va Qur'on oyatlarini o'qib berdilar. Iyoz ibn Muoz hamrohlariga: "Xudo haqqi, chindan ham bu biz istab kelgan ishdan ko'ra yaxshiroq ekan-ku", dedi. Abul Haysar unga tosh otib: "Ovozingni o'chir, biz bu yerga Muhammadning gapini eshitgani emas, butunlay boshqa ish bilan kelganmiz", dedi. Iyozning dami ichiga tushib ketdi, boshqalardan ham churq etgan sado chiqmadi.
*Kazzob Musaylima - dastlab Islomga kirgan, keyin murtad bo'lib payg'ambarlik da'vosini qilgan yamomalik kimsa.
ANSORLARNING MUSULMON BO'LA BOSHLASHI
Arablarning mavsumiy yig'inlarida rasululloh ansorlardan olti kishi bilan uchrashdilar. Bular Xazraj qabilasining Najjor jamoasidan As'ad ibn Zurora, Avf ibn Horis, Zurayq jamoasidan Rofi' ibn Molik, Salama jamoasidan Qutba ibn Omir, Harom jamoasidan Uqba ibn Omir, Ubayd ibn Adiy jamoasidan Jobir ibn Abdullohlar edi. Payg'ambar alayhis-salom ularni musulmon bo'lishga va islomiy targ'ibotga yordamlashishga chaqirdilar. Ular o'zaro maslahatlashib, yahudiylar aytgan payg'ambar mana shu, ular bizdan ilgari musulmon bo'lib olishmasidan avval biz uni e'tirof etib, imon keltiraylik, deyishdi. "Ey Muhammad, o'zaro urush-janjal, gina-adovat xalqimizni adoyi-tamom qilyapti. Agar Olloh sen orqali birlikka keltirsa, sen biz uchun eng mo'tabar odam bo'lib qolasan", deyishdi va kelgusi yili Ka'ba ziyoratida uchrashishga va'dalashib ketishdi. Yasrib arablarining musulmon bo'lishi ana shundan boshlandi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.