Musulmonlarning Madinaga hijrat qilishi
Ansorlar Madinaga qaytgach, islom dini keng quloch otib yoyila boshladi. Musulmonlarning madinaliklar bilan ittifoq tuzganidan va bu ittifoq o'zlariga qarshi qaratilgan kuch ekanidan xabar topgan mushriklar payg'ambar alayhis-salom bilan sahobalarga ilgarigidan yomonroq zulm o'tkaza boshlashdi. Vaziyat yomonlashganidan tashvishga tushgan rasululloh musulmonlarni Madinaga ko'chishga buyurdilar. Musulmonlar quraysh mushriklarining to'sqinlik qilishlari andishasida yakka-yolg'iz yo'lga chiqdilar. Birinchi bo'lib Abu Salama Mahzumi ayoli Ummu Salama bilan ko'chdi, biroq Ummu Salamani mushrik qarindoshlari ushlab qolishdi, keyin insofga kelib qo'yib yuborishdi. Ayol ne mashaqqatlar bilan eriga yetib oldi. Qalblari yaratganning muhabbati bilan limmo-lim to'lgan musulmonlar Ollohga ibodat qilish, islom dinini turli tajovuzlardan asrash uchun tug'ilib o'sgan maskanlaridan bosh olib keta boshladilar. Ular tangri taolo va payg'ambar alayhis-salomning roziligi uchun kindik qoni to'kilgan zamindan, ota-ona, bola-chaqalaridan ayrilishga ham rozi bo'ldilar. Makkada Abu Bakr, Ali, Suhayib, Zayid ibn Horisa va tarki vatan etishga imkoni yo'q kishilargina qolishdi. Rasululloh safar hijratga ijozat berishi umididaman", dedilar. "Sen shunday umiddamisan? - dedi Abu Bakr. - Unday bo'lsa sening istaging men uchun vojib. Sen menga otamdan ham azizsan". Ikkovlon birga yo'lga chiqishga ahdlashib, tuyalarini hozirlab qo'yishdi.
DORUNNADVADAGI KENGASH
Quraysh mushriklari ansorlarning payg'ambar alayhis-salomni jonlarini tikib himoya qilajaklarini eshitib tahlikaga tushdilar. Mushriklarning boshliqlari va obro'li kishilari Dorunnadvaga yig'ilib, rasulullohga qanday zarba berish haqida kengash tuzdilar. Dorunnadva Qusay ibn Kilobning hovlisi bo'lib, quraysh xalqi barcha muhim ishlarini shu yerda hal etishardi. Bu yig'inga kelgan-lardan ba'zilari payg'ambar alayhis-salomni yurtimizdan haydab chiqarib, xotirjam yashayvermaymizmi, deyishsa, ba'zilar, yo'q, unday qilsak u yaxshi gapirib, yoniga odam to'plab boshimizga balo bo'ladi, deya bu taklifni rad etishdi. Ayrimlar uning oyoq-qo'lini bog'lab to o'lguncha bir uyga qamab qo'yaylik deyishsa, bunga ham qarshi chiqadiganlar topilib, bu gap Muhammadni yaxshi ko'radiganlarning qulog'iga yetsa, uni har qanday yo'l bilan qutqarib olishi, hatto bizga qarshi urush ochishlari mumkin, deyishdi. Hammadan ko'ra o'zini tadbirli hisoblovchi, rasulullohning ashaddiy dushmani Abu Jahl keskin taklifni o'rtaga tashladi. "Muhammadni o'ldirish kerak, - dedi u. - Qarindosh-urug'i bizdan o'ch ololmasligining ham yo'lini topib qo'ydim. Har qabiladan bittadan baquvvat yigitni tanlab olamiz. Ular Muhammadning eshigi oldida shay bo'lib turishadi, u tashqariga chiqqan zahoti barobariga qilich urishadi, oqibatda bu g'alamisning joniga hamma qabila zomin bo'lgan hisoblanadi. Abdumanof avlodi hamma qabilaga barobar urush e'lon qilishga qodir emas, tovon olish bilan cheklanib qo'ya qoladi". Bu fikr ko'pchilikka ma'qul tuyuldi va shu joyning o'zidayoq suiqasdning rejasi tuzildi. Lekin Ollohning irodasi ularning niyatidan g'olib keldi. Oli Imron surasining 54-oyatida bu xususda shunday deyiladi: "Ular hiylai makr ishlatishdi, parvardigor ham tadbir ishlatdi. Tadbirkorlikda Olloh hammadan omilkorroq". Haq taolo o'z rasulini g'animlarning qabih niyatidan ogoh etdi va u zoti muborakka islom dini rivojlanib kuch-quvvatga erishadigan Madinaga ko'chib o'tishni buyurdi. Bu narsada ham ajoyib hikmat bor. Agar islom dini Makkada tarqalsa, dushmanlar: "Quraysh qabilasi barcha arablarga hukmron bo'lishi uchun Muhammadni payg'ambarlik da'vosini qilishga undadi", deyishlari aniq edi. Aslida esa rasulullohning boshiga beadad musibatlar solgan qurayshlar bo'ldi. Shu bois parvardigor payg'ambar alayhis-salomni yurtidan ayro tushib, quraysh qabilasidan olisroqqa ketishlarini iroda qildi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.