background
logotype
image1 image2 image3

Hunayn g'azoti

Makka fath etilib butparastlik tugatilgach, arablar guruh-guruh bo'lib islom diniga kira boshladilar. Lekin buning aksicha jaholati avj olib, musulmonlarga qasdlashgan odamlar ham talaygina edi. Havozin bilan saqif qabilasining kattazang oqsoqollarining johiliyat davridagi ko'hna takabburligi tutib, musulmonlarga qay yo'sin o'zlarini tanitib qo'yish xususida maslahat kengashiga yig'ilishdi. Qolaversa, ularda Muhammad o'z qavmi bilan urushishdan forig' bo'ldi, endi bizga hujum qiladi, degan xavotir ham yo'q emasdi. U urush ochishini kutmasdan biz qo'qqisdan bostirib brraylik, degan to'xtamga kelishib, Molik ibn Avf Nasriyni o'zlariga bosh etib saylashdi. Molikning atrofiga turli qabilalardan juda ko'p odam to'plandi. Ularning orasida rasulullohning sut onasi mansub qavm banu Sa'd aymog'i ham bor edi. Jasurligi va fahm-farosati o'tkirligi bilan shuhrat qozongan Durayd ibn Simma ularga qo'shilib kelgan edi. Biroq u yoshi o'tib qolganligi sababli faqat maslahatgo'ylikdan boshqa ishga yaramasdi.

Molik ibn Avf to'planganlarga bola-chaqasi bilan mol-mulkini birga olib yurishni buyurdi. Durayd ajablanib, buning sababini so'radi. "Agar bola-chaqasi bilan mol-mulki yonida bo'lsa odamlar, ularni himoya qilish uchun astoydil urushadi", deya izoh berdi Molik. Keksa jangchi afsus bilan bosh chayqab: "Mag'lub bo'lganlarni orqaga qochishdan hech narsa to'solmaydi. Agar jangda g'alaba senga yuzlansa, faqat qurol tutishga qodir erkaklargina kuninga yaraydi. Mag'lub bo'lsang, bola-chaqalarning uvoliga qolasan", dedi. Molik uning maslahatiga quloq solmay, jangchilarning orqasiga ayollarini saf-saf qilib tizdi, ulardan keyin tuyalarni, sigirlarni va eng orqaga qo'ylar podasini qo'ydi.

Lashkarboshining mo'ljalicha bu usul jangchilarning orqaga chekinib jang maydonidan qochib ketishiga imkon bermasdi. Havozin bilan Saqif qabilalari urushga tayyorgarlik ko'rayotganidan xabar topgan payg'ambar alayhis-salom ularga qarshi otlanishga qaror qildilar va o'n ikki ming g'oziy bilan yo'lga chiqdilar; ularning ikki minggi Makkalik, qolganlari Madinalik sahobalar edi. Makkaliklar o'lja - g'animat ilinjida g'ayratga minib, topgan ot ulovda, topmagan poyu piyoda safarga otlandi. Ularning orasida ayollar, hatto Safvon ibn Umayya Suhayl ibn Amr kabi saksonta mushriklar ham bor edi.

Dushman qarorgohiga yaqinlashgach, payg'ambar alayhis-salom g'oziylarni safga turg'azdilar. Muhojirlarning a'lamini Ali ibn abu Tolibga, Hazraj qabilasining a'lamini Hubob ibn Munzirga, Avs qabilasining a'lamini Usayd ibn Huzayrga tutqazdilar, boshqa qaoilalarga ham o'z bayroqlarini berdilar. Shundan keyin ustilariga ikki qavat sovut, boshlariga dubulg'a kiyib, xachirlariga mindilar. Musulmonlar o'zlarining ko'shshgidan g'ururlanib yo'lga tushgan edilar. Biroq ularning soni jonlariga asqotmadi, darayu jilg'alarda tepaligu adirlarda pistirmada turgan dushman yomg'irdek o'q yog'dirdi. Sarosimaga tuvdib qolgan musulmonlarning oldingi safidagilar otlarining boshini burib qocha boshladilar. Nima gapligini anglab yetmagan orqa safdagilar ham ularga ergashdi. Payg'ambar alayhis-salom xachirdan tushmay jang maydonida turaverdilar.

Muhojirlar bilan ansorlarning bir qismi rasulullohning yonlaridan jilishmadi. Bular Abu Bakr, Umar, Ali, Abbos va uning o'g'li Fazl, Abu Sufyon ibn Horis bilan uning qarindoshi Robi'a ibn Horis, Mut'ab ibn Abilahab edi. Abbos xachirning tizginidan, Abu Sufyon egaridan ushlab payg'ambar alayhis-salomni muhofaza etishardi. Rasululloh musulmonlarni qochmaslikka undasalar-da, hsch kim u kishining gaplariga quloq solmas, qochoqlar uchun keng olam tangu tor o'raga aylangan edi. Haligacha butparastlikdan voz kechmay endigina musulmonchilik ko'chasiga qadam qo'ygan ba'zi bir makkaliklar quvonsa, ayrimlari qattiq iztirob chekishardi.

Abu Sufyon ibn Harb: "Ular endi to dengiz sohiliga yetmaguncha to'xtashmaydi" dedi. Safvon ibn Umayyaning ukasi quvonib: "Mana, Muhammadning sehri barbod bo'ldi", dedi. "Og'zingni yum, ovozing o'chgur! - deya o'dag'ayladi Safvon. - Xudo haqqi, menga Havozin qabilasidan birov boshliq bo'lganidan ko'ra qurayshlik hukmronlik qilgani yaxshi edi. Senlar ham odammisan?" Qurayshliklardan birovi o'tib keta turib: "Xushxabar! Muhammad bilan sahobalari adoyi tamom bo'lishdi! Endi ular mag'lub bo'lishi muqarrar!" - dedi. "Sen hali badaviylarning g'alabasidan xushxabar yetkazguvchi xabarchimisan? - deya o'dag'ayladi Safvon battar zardasi qaynab. Bor yo'qol, ko'zimga ko'rinma. Ikrima ibn Abu jahl qurayshlik mushrikning yo'lini to'sib: "Musulmonlar o'la qolsa mag'lubiyatdan qutulolmaydi, deyapsanmi? Bu narsa sening ilkingda tugul, jatto Muhammadning ham qo'lida emas, balki Ollohning ixtiyorida. Musulmonlar bugun yengilsa, ertaga g'alaba qozonishi muqarrar", dedi. Suhayl ibn Amr unga e'tiroz bildirib: "Ey Ikrima, hukm chiqarishga shoshilma, bu ishning oqibati nima bo'lishini bilmaysan-ku", dedi. Ikrima uning fikriga qo'shilmadi. "Biz ilgari noto'g'ri yo'lda adashib-uloqib yurgan, aql-hushimizni ishlatmagan edik. Na foydasi, na zarari bor butlarga cho'qinib o'zimizni laqillatardik. Endi ham esimizni yig'ib olmaymizmi?" dedi u qizishib.

Islom lashkarining oldingi safi to'zib, musulmonlar mag'lub bo'lganligi haqidagi xabar Makkaga yetib bordi. Jang maydonidan qochganlar qochib, qolganlar sarosimada edi, biroq payg'ambar alayhis-salom hamon joylaridan jilmay: "Men Abdulmuttalibning o'g'liman, xudoning payg'ambariman, yolg'onchi emasman", deb turaverdilar. Musulmonlar orasida Abbosning ovozi o'tkir edi. Rasululloh unga: "Ansorlarni chaqir!" deb buyurdilar. Abbos bor ovozi bilan: "Ey ansorlar guruhi! Ey rizvon bay'atiga qatnashganlar!" deb qichqirdi. Uning ovozi vodiy bo'ylab gumburlab eshitildi. Ansorlar ovoz kelgan tomonga shoshilib tuyalarining jilovini bo'shatdilar, lekin palapartish qochayotgan arobiylar ularning yurishiga halal berishardi. Ansorlar shartta tuyalaridan tushib sovutlarini yelkalariga tashlagancha yugurib ketishdi. Hash-pash deguncha payg'ambar alayhis-salomning atrofiga qilichu nayza bilan bir talay odam to'plandi. Olloh taolo o'z rasuli va musulmonlarga g'ayrat-shijoat baxsh etdi hamda ko'kdan ko'zga ko'rinmas jangchilarni yordamga tushirdi. Musulmonlar hamjihatlik bilan hujum qilib, dushmanning safini yorib o'tdi va sira kutilmaganda shiddatli jang boshlandi. Tahlikaga tushgan g'anim bola-chaqayu mol-holiga qaramay qocha boshladi. Musulmonlar ularni quvlab tutib olishdi, bir qismi qirib tashlandi. Dushmanning bola-chaqalari bilan jangda qatnashgan xizmatchilari asir olindi, faqat bir qismigina musulmonlar ta'qibidan qochib qutildi. Bu gazotda Xolid ibn Valid og'ir yaralandi. Ollohning qilgan iltifotidan qattiq ta'sirlangan mushriklarning bir qismi imon keltirib, musulmon bo'ldi.

Bu g'azotning o'ziga xos bir jihati bor edi: Qo'shinga makkalik mushriklar, arobiylar hamda endigina musulmon bo'lganlar ko'pchiligi aralashib ketgan edi. Shu bois islom vakillarining g'alaba qozonishi yoki mag'lub bo'lishi ular uchun baribir edi. Ular dastalbki zarbaga uchragan zahoti hamma narsadan voz kechib, o'z , jonlarini asrashning tashvishiga tushib qolishi tabiiy bir hol edi. Agar Olloh taoloning marhamati bo'lmasa, musulmonlarning barcha urinishlari zoe ketishi hech gap emasdi. Bu urush qo'shin din uchun ko'ksini qalqon qilib, sabot bilan kurashadigan va Ollohning g'azabiga uchrashdan qo'rqib, jang maydonini tashlab qochishdan uyaladigan kishilardan tashkil topmog'i lozimligini isbotladi.

Jangdan keyin payg'ambar alayhis-salom qo'lga tushgan asir va g'animatlarni yig'dirdilar. Qo'lga kiritilgan yigirma to'rt ming tuya, qirq mingdan ortiq, qo'y, to'rt ming uqiyya kumush (bir uqiyya 4,37 gramm) ji'rona degan joyga to'plandi. Hunaynda mag'lub bo'lgan mushriklar uchga bo'linib, bir qismi toifga, bir qismi Naxlaga, yana bir qismi Avtosga qochib ketdi.

QO'SHIN YUBORISH

Payg'ambar alayhis-salom Avtosga qochganlarning orqasidan Abu Omir Ash'oriy boshchiligida qo'shin yubordilar. Musulmonlar dushmanni butunlay tor-mor etib juda ko'p g'animatlar olib qaytishdi. Bu g'azotda sarkarda Abu Omir shahid bo'lib, qo'shinga uning qarindoshi Abu Muso qo'mondonlik qildi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.