Ayla hokimining kelishi
Payg'ambar alayhis-salom rumliklarning urushga tayyorgarlik ko'rishayotganini eshitgan bo'lsalar-da, biroq Tabukda biron g'anim askari ko'rinmadi. Islom lashkari bu yerda bir necha kun dam oldi. Bu orada rasulullohning huzurlariga Aylaning hokimi Yuhanno va u bilan birga Jarbo, Azruh Mino aholisining vakillari kelishdi. Yuhanno islom dinini qabul qilmay xiroj to'lashga payg'ambar alayhis-salom bilan shartnoma tuzdi. Rasululloh unga quyidagicha ahdnomani yozib berdilar:
"Bismillahir rohmanir rohim. Bu Ollohdan va uning elchisi Muhammad payg'ambardan Yuhainoga va Ayla aholisiga xoh quruqliqda, xoh dengizda bo'lsin ularga omonlik berilgani haqidagi ahdnomadir. Bu odamlar va ularning tarafdorlari bo'lmish Shom, Yaman, dengiz xalqi Ollohning va uning payg'ambari Muhammadning himoyasida bo'ladilar. Ularning qaysi biri ahdnomani buzsa, joni ham, mol-mulki ham himoya qilinmaydi. Bunday odamlarning mol-mulki tortib olgan kimsalarga halol hisoblanadi. Ahdnomaga binoan ish tutganlar xoh quruqliqda, xoh dengizda, qayerda bo'lishidan qayti nazar dahl, tajovuz qilinmaydi".
RASULULLOHNING AZRUH VA JARBO AHOLISIGA AHDNOMA YOZIB BERISHLARI
Payg'ambar alayhis-salom Azruh va Jarbo aholisiga quyidagicha ahdnoma yozib berdilar: "Bismillahir rohmanir rohim. Muhammad payg'ambarning Azruh va Jarbo aholisiga bergan ushbu ahdnomasi bu odamlar Ollohning va payg'ambarning himoyasida tinch yashashlari haqidagi hujjatdir. Ular har yilning rajab oyida roppa-rosa yuz dinor xiroj to'lashadi. Musulmonlarga pand-nasihat qilishga va marhamat ko'rsatishga Olloh kafildir".
Mino aholisi musulmonlarga mahsulotining to'rtdan birini berish sharti bilan kelishim imzolandi.
Shundan keyin payg'ambar alayhis-salom sahobalar bilan Shom tomonga borish haqida kengashdilar. Ular: "Ey rasululloh, agar oldinga yurishga buyurilgan bo'lsang boshlayver", dedi. Rasululloh: "Agar oldinga yurishga buyurilgan bo'lsam, maslahatlashib o'tirmasdim", dedilar. Umar: "Unday bo'lsa shu yerdan orqaga qaytganimiz ma'qul. Rumliklar son jihatdan bizdan ko'p, Shomda esa bironta musulmon yo'q. Dushman bizning bu yergacha kelganimizni ko'rib, urush qilishga botinolmadi. Biz mana shu fursatdan foydalanib, qaytib ketaylik. Keyinchalik vaziyatga qarab ish qilarmiz. Ollohning o'zi mushkulimizni osonlashtiradigan biron yo'l-yo'riq ko'rsatar", dedi. Payg'ambar alayhis-salom Umarning fikrini ma'qullab qo'shinni orqaga qaytardilar.
ZIROR MASJIDI
Payg'ambar alayhis-salom Madinaga yaqinlashib qolganlarida Ziror masjidi qurilgani haqida xabar yetkazishdi. Bir guruh munofiqlar musulmonlar orasiga rahna solish niyatida Qubo masjidiga taqlidan bu ibodatxonani tiklashgan edi. Munofiqlar rasulullohdan shu masjidda namoz o'qib berishlarini iltimos qilib kelishdi. Sarvari olam bu yerga masjid solishning sababini so'raganlarida erta-indin musulmonlarning soni ko'payib ketsa, baribir, ibodatxona kerak-ku, degan yaxshi niyatda shu ishni amalga oshirdik, deya Ollohning nomini shafe' keltirib, qasam ichishdi. Ularning yolg'onchi, kazzobligiga Ollohning o'zi guvohdir. Payg'ambar alayhis-salom bir guruh sahobalarni yuborib masjidni buzib tashlashni buyurdilar. Sahobalar shu zahoti rasulullohning buyrug'ini bajo keltirishdi
Payg'ambar alayhis-salom Madinaga yetib kelganlaridan keyin turli vaj-karson ko'rsatib g'azotdan o'zini chetga olganlar uzr aytishdi. Rasululloh ularning ogzidan chiqqan so'zlariga ishonib uzrini qabul qildilar, dillarida nimalar (borligini ichki aqvolini Ollohga topshirdilar va yolg'ondan bo'lsa-da, bosh egib kelgan bu kimsalar uchun istig'for aytdilar.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.