Muborak oy tuhfasi. 30-kun
Bismillahir rohmanir rohim.
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 30-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Rasululloh SAVning duolari
Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a'uzu bika minal barasi val jununi val juzomi va sayyi'il asqomi», deb aytardilar. (Ma'nosi: Allohim, Sening noming ila peslikdan, jinnilikdan, moxovdan va yomon kasalliklardan panoh tilayman.) Abu Dovud va Nasaiylar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.
Sahih hadisi shariflar
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning «Alloh taolo ilmni bandalardan tortib olmaydi, uni ulamolarni vafot topdirish bilan tortib oladi. Odamlar birorta ham ulamo qolmaganidan so‘ng dinni tushunmaydiganlarni o‘zlariga boshliq qilib oladilar. So‘ng, ulardan so‘raydilar. Ular bilmasdan fatvo aytadilar. O'zlari ham adashadilar, o‘zgalarni ham adashtiradilar» deganlarini eshitganman»,-deb aytgan. (sahih, Buxoriy rivoyati).
Sahih hikoyatlar
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Salom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Madinaga kelganlarini eshitib, ul zotning huzurlariga bordi-da: «Men sizdan faqat payg‘ambargina biladirgan uch masala xususida surayman: Qiyomatning dastlabki belgisi nima? Jannat ahli yeydirgan dastlabki taom nima? Bola nima boisidan otasiga va nima boisidan tog‘alariga o‘xshaydi?» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Hozirgina Hazrat Jabroil mazkur masalalar xususida menga xabar yetkazdilar», - dedilar. Abdulloh: «Ul kishi (ya'ni, Hazrat Jabroil) yahudiylarga dushman farishtalardandurlar», - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga javoban bunday deb marhamat qildilar: «Ammo, Qiyomatning dastlabki belgisi shuki, alanga (o‘t chiqib), mashriqdan magribgacha yerlardagi odamlarni mahsharga to‘playdi. Jannat ahli yeydirgan dastlabki taom ersa, hut (kit yoki ulkan baliq) jigari o‘simtasidir. Boladagi o‘xshashlik xususiga kelsak, er xotiniga yetganda, agar erning maniysi ayolnikidan ilgari to‘kilsa, bola otasiga va agar ayolning maniysi ernikidan oldin to‘kilsa, bola onasiga o‘xshaydi». Abdulloh (Janob Rasulullohning javoblarini eshitgach): «Men sizning Ollohning rasuli ekaningizga shahodat keltirdim!» - dedi. Keyin, u: «Yo Rasulalloh! Yahudiylar firibgar, yolg‘onchi qavmdur, agar siz men haqimda ulardan so‘ramasingizdan avval Islomga kirganimni bilgan bo‘lsalar, huzuringizda menga tuhmat qiladilar» - deb aytdi. Shu asnoda Janob Rasulullohning huzurlariga yahudiylar kelib qolib erdi, Abdulloh ichkariga kirib turdi. Janob Rasululloh yahudiylarga: «Qavmingizdagi Abdulloh ibn Salom qanday odam?» - dedilar. Shunda yahudiylar (Abdullohning Islomga kirganidan bexabar bo‘lgani uchun): «U eng ulug‘imiz va eng ulug‘imizning o‘g‘lidur hamda u eng yaxshimiz va eng yaxshimizning o‘g‘lidur», - deyishdi. Janob Rasululloh: «Fikringiz qanday, agar Abdulloh Islomga kirsa, (sizlar ham Islomga kirasizlarmi)?» - dedilar. Yahudiylar: «Olloh uni bundan o‘z panohida asrasin!»- deyishdi. Shunda Abdulloh ichkaridan ularning oldiga chiqib keldi-da: «Ashhadu an-lo iloha illallohu va ashhadu anna Muhammadan Rasulullohi!» - deb aytdi. Yahudiylar (buni eshitib): «U yomonimiz va yomonimizning o‘g‘lidur» - deya uni yomonlashga tushishdi». (sahih, Buxoriy rivoyati).
Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Uhud (voqeasi) kuni mushriklar yengilib, tumtaraqay qochishdi. Shunda iblis (musulmonlarga): «Ey Ollohning bandalari, ortingizdagilardan ehtiyot bo‘lingizlar!» - deb sayha tortib erdi, musulmonlarning oldingi qatordagilari ortlaridagilarga o‘girilib ularga qarshi jangga kirishib ketishdi. Bir mahal Huzayf (ularning orasida) otalarini ko‘rib qoldilar-da: «Ey musulmonlar, bu mening otam, bu mening otam!» - deb qichqirdilar. Ammo, Olloh taolo haqi, ular o‘zlarini to‘xtatolmay, Huzayfaning otasini o‘ldirib quyishdi. Huzayfa ularga: «Olloh taolo sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qilsin!» deb qo‘ya qoldilar va to Olloh taologa ro‘baro‘ bo‘lgunlari qadar ham ularga yaxshilik qilaverdilar» (Sahih, Buxoriy rivoyati)
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.