background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 24-kun

Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 24-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 

Rasululloh SAVning duolari

Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilib «Robbi a'inniy vala tu'in ‘alayya vansurniy vala tansur ‘alayya, vamkurliy vala tamkur ‘alayya va yassir hudaya vansurniy ‘ala man bag‘o ‘alayya robbij'alniy laka shakiron, laka zakiron laka rohiban laka mitvo'an ilayka mujiyban av muniyban taqobbal tavbatiy vag‘sil havbatiy vaajib da'vatiy va sabbit hujjatiy vahdi qolbiy va saddid lisoniy vaslul saxiymata qolbiy», deb aytardilar. (Ma'nosi: Allohim, mening foydamga yordam berib, zararimga bermagin. Mening foydamga nusrat berib, zararimga nusrat bermagin. Mening foydamga makr qilib, zararimga makr qilmagin. Va hidoyatda yurishimni yengil qil hamda menga tajovuz qiladigan kimsalar zarariga menga g‘alaba ato et. Rabbim, meni Senga shukr qiluvchi, Seni zikr qiluvchi, Sendan qo‘rquvchi, Senga itoat etuvchi, Seni (chaqirig‘ingga) ijobat qiluvchi yoki Senga tavba qiluvchilardan et, tavbamni qabul ayla, gunohimni yuv, duoimni ijobat qil, hujjatimni sobit qil, qalbimni hidoyat et, tilimni mustahkam et va qalbimdan ginani sug‘urib ol.) Abu Dovud , Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati

Sahih hadisi shariflar

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagicha gapirib berdilar: «Jabroil alayhissalom huzurimga kelib xursandlik xabarini bergan holda: «Ummatingizdan qaysi bir kishi Allohga biror narsani sherik qilmay vafot etsa, jannatga tushadi», deganlarida, men: «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa hammi?» desam, Jaroil alayhissalom: «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa ham», dedilar».(sahih, Muslim rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Sa'd ibn Abu Vaqqos rivoyat qiladilar: «Umar raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirmoqqa ruxsat so‘radilar. Shunda ichkarida bir guruh Quraysh ayollari bor bo‘lib, ular payg‘ambarimizning ovozlarini bosib ketgudek baland ovoz birlan ul zotga savollar berishar erdi. Hazrat Umar izn so‘raganlarida ayollar o‘rinlaridan turib, hijoblarini (yuzlariga) tushirib olishdi. Janob Rasululloh Hazrat Umarga izn bera turib kulib qo‘ydilar. Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo sizni hamisha kuldirsin!» - dedilar. Janob Rasululloh: «Huzurimdagi anavi xotinlarning qilgan ishlaridan taajjublandim, sening ovozingni eshitiboq hijoblarini tushirib olishdi», - dedilar. Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, axir ular eng avvalo (barchadan ko‘ra) sizdan hayiqmoqlari lozim ermasmi?!» - dedilar. So‘ng, ayollarga qarata: Ey o‘ziga-o‘zi dushman bo‘lgan ayollar! Mendan hayiqasizlar-u, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan hayiqmaysizlarmi?!» - deb aytdilar. Ayollar: «Ha, shundoq, chunki siz Janob Rasulullohga nisbatan to‘ng va qo‘polroqsiz!» - deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, (ey Umar), basharti shayton yo‘lingda duch kelsa, (dag‘alligingdan) bo‘lak yo‘ldan ketgan bo‘lur erdi!» - dedilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Sa'd ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (jannati ekanligi bashorat qilingan o‘n kishi olamdan o‘ggach), Abdulloh ibn Salomdan bo‘lak hozir yer yuzida yurguvchi biror kishiga jannati ekanligini aytganlarini eshitmaganman. Olloh taolo uning xususida «...Banu Isroildan bo‘lgan bir guvoh ham guvohlik berib...» degan oyati karimasini nozil qilgan («Ahqof» surasi, 10-oyat)». (Sahih, Buxoriy rivoyati)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.