Muborak oy tuhfasi. 2-kun
Bismillahir rohmanir rohim.
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 2-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Rasululloh SAVning duolari
Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Allohumma ya musarrifal qulub sarrif qulubana ‘ala to'atika», deb aytardilar (Ma'nosi: Ey qalblarni burib qo‘yuvchi Allohim, qalbimizni toatingga burib qo‘ygin.) Imom Muslim rivoyatlari.
Sahih hadisi shariflar
Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarning yaxshilaringiz mening zamondoshlarimdur, so‘ng ulardan keyingilar, so‘ng ulardan keyingilar» - deb marhamat qildilar. Keyin, Janob Rasululloh o‘z asrlaridan ikki yoki uch asr so‘ng dunyoga keladiganlar haqida zikr qildilarmi, yo‘qmi, buni aniq bilmayman, ul zot: «Sizlardan keyin shunday qavm dunyoga keladiki, ular xiyonat qilib, o‘zlariga nisbatan ishonchni yo‘qotadilar, va'da beradilar-u, vafo qilmaydilar, (dunyo lazzatlariga berilib ketganlaridan) semirib ketadilar» - deb aytdilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).
Sahih hikoyatlar
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Uch kishi yo‘lda ketayotgan erdi, birdan yomg‘ir yog‘ib qolib, tog‘dagi bir g‘orga kirib berkinishdi. Shu payt, tog‘dan bir katta tosh (qoya) dumalab tushib, g‘orning og‘zini tusib qo‘ydi. Shunda ular bir-birlariga: «Olloh yo‘lida biror xayrli ish qilgan bo‘lsangizlar, o‘shani o‘rtaga qo‘yib parvardigorga iltijo qilingizlar, zora u g‘orning og‘zini ochsa!» - deyishdi. Ulardan biri: «Yo Olloh, mening keksayib qolgan ota-onam bor erdilar. O'zim ersam qo‘ychivonlik qilardim. Har kuni yaylovdan qaytgach, quylarni sog‘ib, sutini avval ota-onamga, so‘ng bolalarim va ahli ayolimga berardim. Bir kuni yaylovda kech qolib ketdim, kelsam, ular uxlab qolishibdi. Odatdagidek, quylarni sog‘ib, sutini ota-onamning huzurlariga olib bordim-u, ularni uyg‘otishga botinolmay turib qoldim. Bolalarim ersa (sut so‘rab) oyoqlarim ostida talpinib yig‘lashardi. Shu ahvolda tong ottirdik. Yo Olloh, agar bilsang, bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. Bizga g‘orning og‘zini bir oz ochgil, toki biz osmonni ko‘raylik!» - deb iltijo qildi. Shunda Olloh taolo g‘orning og‘zini bir oz ochdi. Keyin, ularning ikkinchisi: «Yo Olloh, agar bilsang, men amakimning qizlaridan birini erkaklar ayollarni yaxshi kurgandek qattiq sevardim. U (ya'ni, amakimning qizi menga): «Yuz dinor bermaguningcha maqsadga erisholmaysan», - dedi. Men yuz dinor topib uning oldiga bordim-da, o‘zimni oyoqlari orasiga olib erdim: «Ollohdan qyorqgil, muhrni halollab ochgil!» - dedi. Shunda men darhol o‘rnimdan turib, undan nari ketdim. Yo Olloh, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. Bizga g‘orning og‘zini (kattaroq) ochgil!» - dedi. Olloh taolo g‘or og‘zining uchdan ikki qismini ochdi. So‘ng, ulardan uchinchisi: «Yo Olloh, agar bilsang, men bir kishini bir faraq (3 so') makkajo‘xoriga yollab erdim. Ish tugagach, haqini berdim, ammo u olmay ketib qoldi. Keyin, men o‘sha (bir faraq) makkajo‘xorini ekib, dehqonchilik qildim, hosilini sotib, puliga bir sigir va molga qarab turish uchun bir xizmatkor (qul) sotib oldim. Bir kuni o‘sha yollangan odam kelib, haqini mendan talab qildi. Men: «Bor, anavi sigir va uning boquvchisi senga!» - dedim. U menga: «Meni masxara qilayotirsanmi?» - dedi. Men: «Yo‘q, masxara qilmayotirman, o‘sha sigir va uning boquvchisi senga, ularni olib ketaver!» - dedim. Yo Olloh, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. G'orning og‘zini butunlay ochgil!» - deb iltijo qildi. Shunda Olloh taolo g‘orniig ogzini butunlay ochdi».(sahih, Buxoriy rivoyati).
Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar
Hamza otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotganimda (ya'ni, tushimda) sut ichdim, hatto uning tirnoqlarim atroflaridan oqib chiqayotganini ko‘rdim. So‘ng, ortib qolganini Umar ibn al-Xattobga berdim», - dedilar. Shunda (sahobalar): «Buni nimaga yo‘ydingiz, yo Rasulalloh?» - deyishdi. Ul zot: «Ilmga», - dedilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.