Muborak oy tuhfasi. 19-kun
Bismillahir rohmanir rohim.
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 19-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin!
Rasululloh SAVning duolari
Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, qaysi duo afzal?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rabbingdan dunyo va oxiratda ofiyat va sog‘likni so‘ramog‘ing», dedilar. U kishi ikkinchi kuni ham kelib, «Ey Allohning rasuli, qaysi duo afzal?» deganida, Rasululloh yana shuni aytdilar. So‘ngra uchinchi kuni ham kelganda, yana shu duoni aytib, «Agar dunyo va oxiratda ofiyat berilsang, batahqiq najot topding», dedilar (ya'ni,Allohumma inniy as'alukal ‘ofiyata val mu'ofota fid-dunya val oxira). Ibn Moja rivoyatlari.
Sahih hadisi shariflar
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon yetmishdan yoki oltmishdan ortiq bo‘lakdir. Bularning eng afzali «La ilaha illalloh» bo‘lsa, eng pasti odamlar yuradigan yo‘ldan ozor beruvchi narsalarni olib tashlashdir. Hayo ham o‘sha iymon bo‘laklaridan biridir», dedilar. (sahih, Muslim rivoyati).
Sahih hikoyatlar
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ansoriya ayol Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, va'z chog‘ida o‘ltirishingiz uchun bir narsa yasatib beraymi, chunki mening duradgor g‘ulomim bor», - dedi. Janob Rasululloh: «Agar xohlasang, mayli, unga ayt, menga bir minbar yasab bersin!»- dedilar. Jum'a kuni Janob Rasululloh (yangi) minbarga chiqib o‘ltirdilar. Shunda Janob Rasululloh ilgari yonida turib (yoki ustiga chiqib) va'z aytgan xurmo to‘nkasi shul qadar o‘ksinib yig‘ladiki, hatto yorilib-yorilib ketadigandek tuyuldi. Janob Rasululloh buni eshitib minbardan tushdilar-da, to‘nkani bag‘rlariga bosdilar. Shundan so‘ng, to‘nka xo‘rsina-xo‘rsina yupanib qolgan go‘dak kabi asta-sekin tinchlandi. So‘ng, Janob Rasululloh: «Ilgari eshitgan va'zlarni qo‘msab yig‘ladi», - dedilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).
Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Oisha, Jabroil alayhissalom senga salom aytayotirlar», - dedilar. Men: «Ul kishiga (ham) salom hamda Olloh taoloning rahmati va barakoti bulsin! Siz, (yo Rasulalloh), men ko‘ra olmaydirgan narsalarni ko‘ra olursiz», - dedim».
Abu Muso al-Ash'ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ko‘pchilik erkaklar kamolotga erishdi, ammo Imron qizi Maryam va fir'avnning xotini Osiyodan bo‘lak ayollar kamolotga erishmadi. Oishaning boshqa ayollardan afzalligi ersa sariydning (ya'ni shunday nomli taomning) boshqa taomlardan afzalligi kabidur» - dedilar». (Sahih, Buxoriy rivoyati)
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.