background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 17-kun

Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 17-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 

Rasululloh SAVning duolari

Oisha (r.a.): «Ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, agar Laylatul qadr ekanini bilsam, nima deb aytaman», deb so'radilar, shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma innaka ‘afuvvun, tuhibbul ‘afva fa'fu ‘anniy», deb ayt», dedilar. (Ma'nosi: Ey Rabbim, Sen afv qilguvchisan va afv qilishni yaxshi ko'rasan. Meni afv et.) Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Shayton qaysi biringizningdir oldingizga keladi-da (ya'ni, yuragingizga vasvasa soladi-da): «Falon narsani kim yaratgan, falon narsani kim yaratgan?» - deydi, hattoki- «Rabbingni kim yaratgan?» - deb aytadi (ya'ni, xayolingizga mazkur savollarni keltiradi). Agar (xayolingizga shunday shaytoniy) savollar kelsa, darhol: «A'uuzu billohi minash-shaytonir-rajiym!» - deb shaytonning vasvasasidan qutilingiz!». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Sumra ibn Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bu kecha tushimda ikki kishi (farishta)ning huzurimga kelganlarini ko‘rdim. Ular meni bir muqaddas joyga olib bordilar. Yo‘lda bir qon oqar daryoga duch keldik. Daryoning o‘rtasida uning qirg‘og‘ida ham bittadan odam bo‘lib, daryoning qirg‘og‘idagi odamning qo‘lida (ancha) tosh bor erdi. Daryoning o‘rtasidagi odam qirg‘oqqa chiqishga har qancha intilmasin, qirg‘oqdagi odam uning og‘ziga tosh otib, turgan joyiga qaytarar erdi. Men ulardan (farishtalardan): «Bular kim?»- deb so‘ragandim: «Qon daryosining o‘rtasida turgan kishi sudxo‘rlik birlan tirikchilik qilgan odamdur»- deb javob berishdi.(sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Abdulloh Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni bag‘rilariga bosib: «Yo parvardigoro, bunga hikmatni (Qur'onni) o‘rgatgil!» (ya'ni, «Qur'on hofizi va faqihi qilgil!») - deb duo qildilar», - deydilar. (Sahih, Buxoriy rivoyati)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.