background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 16-kun

Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 16-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 

Rasululloh SAVning duolari

Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo‘lish uchun shartlashilgan bahodagi mablag‘ni topolmay, Hazrati Alidan (r.a.) yordam so‘radi. Shunda u zot: «Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataymi?» Agar «Allohumma akfiniy bihalalika ‘an haromika va ag‘niniy bifazlika ‘amman sivaka» duosini o‘qib yursang, qarzing «sir» tog‘icha bo‘lsa ham, xalos bo‘lasan», dedilar. (Ma'nosi: Ey Rabbim, harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila Uzingdan boshqalardan behojat qil.) Imom Termiziy rivoyatlari.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Agar Olloh taolo biror bandasini sevib qolsa, Hazrat Jabroilga: «Darhaqiqat Olloh taolo falon bandasini sevib qoldi, sen ham uni sevgil!» - deb nido qilgay. Shunda Jabroil alayhissalom uni sevib qolgaylar-da, osmon ahliga: «Darhaqiqat Olloh taolo falon bandasini sevib qoldi, sizlar ham uni sevingizlar!» - deb nido qilgaylar. Shunda osmon ahli ham o‘shal bandani sevib qolgay. Ana shundan so‘nggina yerdagilar (odamlar) qalbida unga nisbatan muhabbat paydo bo‘lgay». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «(Sizlardan ilgari o‘tgan odamlarning orasida) bir (badavlat) kishi bo‘lgan bo‘lib, u odamlarga (beg‘araz) qarz berib turar erdi hamda xizmatkoriga (doimo): «Agar biror muhtoj odamning qoshiga (olgan qarzini so‘rab) borsang-u, (u hozir uzolmasligini aytsa), olgan qarzidan kechgil, shoyad Olloh taolo bizning ham (gunohlarimizdan) kechsa!» - der erdi. Keyin, (o‘shal kishi vafot qilganda) Olloh taolo uning gunohlaridan o‘tdi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Bilolga: «Men jannatda ro‘paramdan kelayotgan qadamlaring tovushini eshitdim» - deb marhamat qilganlar.

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar: «Abu Bakr bizning sayyidimiz bo‘lib, sayyidimizni (ya'ni, Hazrat Bilolni) qullikdan ozod qilgandurlar» - der erdilar. (Sahih, Buxoriy rivoyati)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.