background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 15-kun

Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 15-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 

Rasululloh SAVning duolari

Abul Yasradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a'uzu bika minal hadmi va a'uzu bika minattaraddiy va a'uzu bika minal g‘oraqi val haraqi val harami va a'uzu bika an yataxabbatanish-shaytonu ‘indal mavti va a'uzu bika an amuvtu fiy sabiylika mudbiron va a'uzu bika an amuvta ladiyg‘on», deb duo qilardilar. (Ma'nosi: Allohim, (uy) buzilib ketishidan, qulashdan, g‘arq bo‘lishdan, yong‘indan, o‘ta qarilikdan va o‘lim paytida shayton yo‘ldan urishidan Sening noming ila panoh tilayman. Va yana Sening yo‘lingda orqa o‘girib o‘lmoqlikdan (urushda orqaga chekinmoqdan) va (biror narsa tomonidan) chaqilgan holda o‘lmoqdan panoh tilayman.) Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati. Boshqa bir rivoyatda «...g‘amdan panoh tilayman» bo‘lib kelgan.

Sahih hadisi shariflar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga Madina bozorlaridan birmda erdim. Janob Rasululloh (bozordan) qaytdilar, men ham qaytdim. Keyin: «Qani mening kichkintoyim?!« -deb uch marotaba takrorladilarda: «Hasan ibn Alini chaqir!» - dedilar. Hasan ibn Ali bo'yniga munchoq taqqan holda o'rnidan turib kela boshladi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam quchoqlarini ochib: «Mana bunday qil!» dedilar. Hasan ibn Ali ham quchog'ini ochib Mana bunday qiling!»- dedida, ul zotning bag'rlariga o'zini tashladi. Janob Rasululloh: «Ey xudoyim, men buni juda ham yaxshi ko'raman, buni yaxshi ko'rganni ham yaxshi ko'raman dedilar. Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shu gapni aytganlaridan so'ng Hasan ibn Ali mening uchun eng suyukli odam bo'lib qoldi!» - deydilar. (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Bir kishi bir odamning hovlisini sotib oldi Keyin, u o‘shal sotib olgan hovlisidan bir ko‘za oltin topib olib, uning sobiq egasiga: «Mendan oltiningni olgil, chunki men sendan yer sotib olganman, oltin sotib olgan emasman», - dedi. Yerning (hovlining) sobiq egasi esa: «Darhaqiqat, men senga yer va undagi barcha narsalarni sotganman», - dedi. Shul tariqa ular o‘zaro bahslashib, bir kishiga arz qilishdi. Shunda ul ikkisiga: «Bolalaringiz bormi?» -.dedi. Hovli sotib olgan kishi: «Mening o‘g‘lim bor», - dedi. Hovli sotgan kishi esa: «Mening qizim bor», - dedi. Qozilik qilayotgan kishi: «Yigitni qizga nikohlab, oltinning bir qismini ikkisiga nafaqa qilingizlar hamda qolganini shaxsan o‘zlaringiz sadaqa qilingizlar!» - dedi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (nabiralari)Hasanni yonlariga olib minbarga o‘ltirdilar. Hasan bir odamlarga va bir ul zotga jovdirab qarar erdi. Shunda ul zot: «Mening mana bu o‘g‘lim (nabiram) sayyiddur. Shoyad Olloh taolo uning vositasi ila musulmonlarning ikki guruhini yarashtirsa!» - dedilar».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (gavdasining ko‘krakdan pastki qismi tuzilishi jihatidan) Hasan ibn Alidan ko‘ra uxshashroq kishi bo‘lmagandur», - deydilar.

Bir kishi Ibn Umardan: «Ehrom bog‘lagan odam pashshani o‘ldirsa, ne bo‘lgay?» - deb so‘radi. Shunda Ibn Umar: «Manavi iroqliklarga qarangizlar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning (Hasan vaHusaynni quchoqlab hamda hidlab turib): «Bu ikkisi mening bu dunyodagi ikki (xushbo‘y) rayhonimdur!» - deb aytganlariga qaramay, ul zotning qizlarining farzandlari bo‘lmish (Husaynni) o‘ldirishib, tag‘in: «Ehromdagi odam pashshani o‘ldirsa, ne bo‘lgay?» - deb tahqirona savol berayotirlar», - dedilar. (Sahih, Buxoriy rivoyati)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.