background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 13-kun

Bismillahir rohmanir rohim.

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

Bugun ramazonning 13-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 

Rasululloh SAVning duolari

Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana bu kalimalar bilan duo qilardilar: «Allohumma inniy a'uzu bika min fitnatin nari va ‘azobinnar va min sharril g‘ina val faqri». (Ma'nosi: Allohim, do‘zax fitnasidan, do‘zax azobidan, boylik va kambag‘allik yomonliklaridan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.

Sahih hadisi shariflar

Muoviya rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo qaysi bandasiga savob (ya'ni, barcha savoblarni yohud ulkan savob) ato etmoqni ixtiyor qilsa, uni din borasida faqih (dinni teran tushunguvchi, din bilimdoni) qilur. Darhaqiqat men Qosim (taqsim qilguvchi)man, Olloh taolo ersa ato etguvchidur. Bu ummat Olloh taoloning amri kelgunga (ya'ni, Qiyomatga) qadar ham o‘zlariga muxoliflik qilayotganlarga qarshi kurashni davom ettirurlar!» - deb marhamat qildilar». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahih hikoyatlar

Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini eshitgan erkanlar: «Darhaqiqat, Banu Isroiddagi uch kishini - pes, kal va ko‘rni Olloh taolo sinamoqchi bo‘lib huzurlariga bir farishtani yo‘lladi. Farishta (avval) pesning qoshiga kelib: «Eng ko‘p orzu qiladirgan narsang nedur?» - dedi. Pes: «Chiroyli rang va chiroyli teri, (chunki) odamlar mendan hazar qilayotirlar» - deb javob berdi. Farishta uning (badanini) silagach, pesi yo‘qolib, unga chiroyli rang va chiroyli teri ato etildi. So‘ng, farishta (yana) undan: «Qanday molga (ega bo‘lmog‘ingni) ko‘proq orzu qilursan?» - deb suradi. U: «Tuyaga» - deb erdi, unga qornida o‘n oylik bo‘talog‘i bor bir (urg‘ochi) tuya ato etildi. Farishta unga: «(Olloh taolo) uyangga baraka ato etsin!» - deb tilak qilgach, kalning qoshiga bordi-da: «Eng ko‘p nimani orzu qilursan?» - dedi. Kal: «Chiroyli sochni hamda mana shu darddan xalos bo‘lmog‘imni, (chunki) odamlar mendan hazar qilayotirlar» - deb javob qildi. Farishta uning (boshini) silag‘ach, (kallig‘i) yo‘qolib, unga chiroyli soch ato etildi. So‘ng, farishta (yana) undan: «Qanday molga (ega bo‘lmog‘ingni) ko‘nroq orzu qilursan?» - deb so‘radi. U: «Sigirga», - dedi. Farishta unga bir bo‘g‘oz sigirni bergach: «(Olloh taolo) sigiringni muborak qilsin!» - dedi-da, ko‘rning qoshiga keldi. Ko‘rdan: «Eng ko‘p orzu qiladirgan narsang nedur?» - deb so‘radi. Ko‘r: «Olloh taolo ko‘zimni qaytarib bermog‘ini hamda uning birla odamlarni ko‘rmog‘imni (orzu qilurman)», - dedi. Farishta uning ko‘zlarini silagach, Olloh taolo uni yana ko‘radirg‘an qildi. So‘ng, farishta unga: «Qanday molni ko‘proq orzu qilursan?» - dedi. U: «Qo‘yni» - deb erdi, farishga unga bir bo‘g‘oz sovliq berdi. Keyin, (tez orada) tuya egasi bo‘taloqli, sigir egasi buzoqli va sovliq egasi qo‘zichoqli bo‘ldi. Natijada birining vodiysi tuyalarga, ikkinchisining vodiysi sigirlarga, uchinchisining vodiysi ersa quylarga to‘lib ketdi. Shundan so‘ng, farishta (o‘shal) pes (bo‘lgan) kishining qoshiga ilgari kelgandagi qiyofasida kelib: «Men bir miskin odamman, safarimda muhtojlikdan qiynaldim. Avvalo Olloh taolo, qolaversa sen tufayli bugun murodimga yetmog‘im mumkin. Senga chiroyli rang, chiroyli teri va ko‘plab mol dunyo ato etgan zot haqqi-hurmati! Menga bitta tuya bersang, murodimga yetgayman», - dedi. (Ilgari pes bo‘lgan) kishi: «Seni qara-yu, ishtahang juda karnay-ku!» - dedi. Farishta: «(Shoshma), men seni taniydirganga o‘xshayman, ilgari pes bo‘lmaganmiding, odamlar sendan hazar qilishmasmidi, faqir ekanligingda Olloh taolo senga mol-dunyo ato etmaganmidi?!» - dedi. U: «Bu mol-dunyoni ota-bobolarim menga meros qilib qoldirgandur» - deb (Olloh taoloning ns'matini inkor qildi). Shunda Farishta: «(Olloh taolo) yolg‘on gapirganing uchun seni asl holingga (pes va faqirlik holingga) qaytarsin» - deb uni duoi bad qildi. So‘ng, ilgari kal bo‘lgan kishining qoshiga avvalgi qiyofasida kelib, unga ham (pesga) aytgan gaplarini aytib erdi, u ham pes kabi javob qildi. Shunda farishta: «(Olloh taolo) yolg‘on gapirganing uchun seni asl holingga qaytarsin!» - deb uni ham duoi bad qildi-da, ilgari ko‘r bo‘lgan kishining qoshiga avvalgi qiyofasida kelib: «Men bir miskin odamman, musofirman, safarimda muhtojlikdan qiynaldim. Avvalo Olloh taolo, qolaversa sen tufayli bugun murodimga yetmog‘im mumkin. Senga ko‘zingni qaytarib bergan zot haqqi-hurmati! Menga bir dona qo‘y bersang, safarimda menga kifoya qilur erdi», - dedi. Shunda ilgari ko‘r bo‘lgan kishi: «Men ko‘r erdim, Olloh taolo ko‘zimni qaytarib berdi, faqir erdim, meni boy qildi, istagan narsangni olaver! Olloh taolo haqi, bugun men parvardigor yo‘lida (molimdan o‘zing muhtoj bo‘lgan har qancha) narsani olmog‘ingga qarshilik qilmasman!» dedi. Shunda farishta: «Molingni olib qolaver, sizlar sinaldingizlar (ya'ni, Olloh taolo sizlarni sinadi) Parvardigor sendan rozi bo‘lib, ikki sherigingga (tuya va sigir sohiblariga) g‘azab qildi (yoki ularni yana pes va kal qildi)», dedi». (sahih, Buxoriy rivoyati).

Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar

Abdulloh Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hayotlik vaqtlarida bir kishi bor erdi, u agar tush ko‘rsa, darhol ul zotga aytib berar erdi. O'shal kezlarda men masjidda yotib yurguvchi bir bo‘ydoq yigitcha bo‘lib, «Qani endi, men ham bir tush ko‘rsam-u, uni Janob Rasulullohga aytib bersam!» - deb orzu qilur erdim. Nihoyat, bir kuni tush ko‘rdim. Tushimda go‘yo ikki farishta meni ushlab jahannam tomon olib borishgan emish. Jahannamning atrofi (ya'ni, og‘zi) quduq (og‘zi) singari (erdan) ko‘tarib qurilgan bo‘lib, (quduqniki kabi) ikki ustuni bor emish. Jahannamda men ilgari tanigan odamlar bor bo‘lib, «Yo parvardigoro, meni jahannamdan o‘z panohingda asragil! Yo parvardigoro, meni jahannamdan o‘z panohingda asragil!» - der emishman. Keyin, bizga boshqa bir farishta duch kelib, u menga: «Qo‘rqma!» - degan emish. Sung, men bu tushimni Hafsaga aytib berdim, u ersa Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib beribdi. Janob Rasululloh: «Abdulloh o‘zi ajoyib (solih) yigit, qani endi, kechalari turib namoz o‘qisa!» - deb marhamat qilibdilar».(Sahih, Buxoriy rivoyati)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.