background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 9-kun

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 9-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 
 
Qur’oniy duolar
 
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, nozil qilgan narsangga ishondik, payg‘ambaringga ergashdik. Bas, bizni (O’zingning birligingga, payg‘ambaringning haqligiga) guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin! (Oli-Imron surasi, 53-oyat) 
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
 
To‘qqizinchi hadis. 
Zarar berish ham yo‘q. Zarar olish ham yo‘q. «Muvatto’» kitobida  rivoyat qilingan. 
 
Buyuk sahobalar o'gitlari
 
Muoz ibn Jabalning o‘gitlari
Muhammad ibn Siriyndan rivoyat qilinadi:
“Bir odam Muoz ibn Jabalning, roziyallohu anhu, yoniga keldi. Muoz ibn Jabal mehmonlarini kuzatayotgan ekan. Kelgan odamga shunday dedi: “Senga ikki narsani tavsiya etaman. Shuni bilgin, dunyodagi ulushing seni albatta qidirib topadi. Sen undan ko‘ra oxiratdagi ulushingga muhtojroqsan. Binobarin, sen oxiratdagi ulushingni tanla. Qaerga borsang ham oxiratdagi ulushingni talab qil.
o'g'lim! Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi o‘qi! Yana bir bor o‘qiy olishingni o‘ylama. Shuni bilgin, mo‘min kishi biri bajargan va biri ortda qolgan ikki yaxshilik o‘rtasida o‘ladi.
Ro‘za (nafl ro‘za) tut, biroq oralatib tut. Namoz (nafl namoz) o‘qi, biroq uyqu uchun ham vaqt ajrat. Rizqing uchun harakat qil, ammo rizq topaman deb to‘g‘rilikdan ayrilma va musulmon holda o‘lishga intil. Mazlumning badduosidan saqlan.
Kimda shu uch narsa bo‘lsa, Allohning Hazabiga uchraydi: noo‘rin (sababsiz) kulmoq, istaksiz uxlamoq va ochiqmay turib ovqat yemoq.
Ochlik va qiyinchilik fitnasi bilan imtihon qilindingiz, sabr etdingiz. Mo‘l-ko‘lchilik fitnasi bilan ham sinalursizlar. Men sizning ayollar fitnasiga uchishingizdan ko‘proq xavotirdaman. Ular oltin va kumush bilaguzuklar taqib, Shom va Yamanning yupqa, bezakvor ko‘ylaklarini kiyib, boyni charchatib qo‘yurlar, kambag'alni esa topolmagan narsalarini topishga majbur eturlar». 
 
Saodat asri qissalari


Insonlar ikki hovuchdirlar
Tabaroniydan, raqmatuloqi alayq, rivoyat qilinadi:
“Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu, vafot etar chog’i yig‘ladilar. U kishidan:
— Nega yig‘layapsan? — deb so‘rashdi.
— Vallohi, men o‘lim azobidan qiynalib yoki ortimda mol-dunyo qolib ketayotgani bois yig‘layotganim yo‘q, — dedilar. — Janobi Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: “Insonlar ikki hovuchdirlar. Bir hovuchi jannatda, bir hovuchi esa do‘zaxda”, deganlarini eshitganman. Mana shu hovuchlardan qaysi birida ekanimni bilmaganimdan yig‘lamoqdaman”, — dedilar Muoz ibn Jabal, roziyallohu anhu».


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.