background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 17-kun

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 17-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 
 
Qur’oniy duolar
 
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigorim, meni va zurriyotimdan (bo‘lgan bolalarimni) namozni to‘kis ado etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla. (Ibrohim surasi, 40-oyat) 
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
 
O’n yettinchi hadis. 
Vobisa ibn Ma’baddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik va gunoh haqida so‘rash uchun keldingmi?» dedilar. Shunda bu zot: «Ha», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbingdan fatvo so‘ra. Yaxshilik -nafs va qalb unga xotirjam bo‘lganidir. Gunoh - nafs xira bo‘lib, qalb beqaror bo‘lganidir. Agar kishilar senga fatvo berishsa ham va berdirishsa ham», dedilar. Imom Ahmad va Doramiylar  rivoyati.

Navvos ibn Sam’ondan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik husni xulqdir. Yomonlik - nafsing kirlanib, kishilar undan xabardor bo‘lishlarini karih ko‘rganingdir», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari. 
 
Buyuk sahobalar o'gitlari
 
Abdulloh ibn Umar o'gitlari
- Agar biror kishi xufton va bomdod namozlarida jamoatga chiqmasa, uni munofiq, deb gumon qilardik.
- Misvok ishlatilgandan keyin o‘qilgan namoz misvok qilmasdan o‘qilgan yetmish besh namozdan ko‘ra fazilatlidir.
- Bandaning vujudida pokiza tutilishi lozim bo‘lgan eng muhim a’zo tildir.
- Bir bandaga dunyo molidan nima yetsa, saxiy bo‘lsa ham, Alloh nazdidagi darajasi pasayadi.
- Bandaning vujudida pokiza tutilishi lozim bo‘lgan eng muhim a’zo tildir. 
 
Saodat asri qissalari


Shahidlar havas qilgan martaba
Abu Dardodan, roziyallohu anhu:
«Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, marhamat qildilar:
–Alloh subhanahu va taolo qiyomat kuni bir necha kishilarni yuzlari nurli va olmosdan yasalgan minbarlar ustida turgan holatda qabrlaridan turg’izadi. Hamma  ularga havas bilan qaraydi. Holbuki, ular payg‘ambarlar ham, shahidlar ham emas.
Shunda bir badaviy arab tiz cho‘kib:
— Yo Rasulalloh, ularni bizga ta’riflang, tanib olaylik, — dedi.
— Bular turli qabilalardan va har xil  uzoq joylardan bo‘lganlari holda bir yerda to‘planishib, Allohni zikr qilganlardir, — deya marhamat etdilar Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam».


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.