background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 12-kun

Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
Bugun ramazonning 12-kuni. Allohim, tutayotgan roza'laringiz, qilayotgan hayrli amallaringizni dargohida qabul qilsin! 
 
Qur’oniy duolar
 
Bismillahir rohmanir rohiym.
Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavm bilan birga qilib qo‘ymagaysan! (A’rof surasi, 47-oyat) 
 
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
 
O’n ikkinchi hadis. 
Sahl ibn Sa’ddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Ey Allohning rasuli, meni bir amalga yo‘llab ko‘yingki, u amal bilan meni Alloh yaxshi ko‘rsin va insonlar ham yaxshi ko‘rsin», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dunyoda zohid bo‘l, Alloh seni yaxshi ko‘radi. Insonlar huzuridagi narsadan behojat bo‘l, insonlar seni yaxshi ko‘radi», dedilar. Ibn Moja  rivoyatlari. 
 
Buyuk sahobalar o'gitlari 
 
Abdulloh ibn Mas’udning o‘gitlari
«Ham dunyo, ham oxirat uchun harakat qilmagan odamni xushlamayman.
Orangizda tonggacha losh (o‘lik) kabi o‘rnidan qimirlamay yotadigan va tong otgach esa, olov pashshasi kabi u yoqdan-bu yoqqa sakraydigan kimsani ko‘rmayin.
Dunyoning musaffoligi ketgan, oqavasi qolgan. O‘lim musulmon uchun sovHadir.
Ko‘pchilik yoqtirmaydigan o‘lim va kambag'allik qanday ajoyib narsalardir. Allohga qasamki, boylik ham, faqirlik ham bir ne’matdir. Qaysisi bilan imtihon qilinsam ham, xotirjamdirman. Boy bo‘lgan kezlar muhtojlarga yordam qilish, faqirlikda esa sabr etish fazilati bor.
Banda imon cho‘qqisiga chiqmagunicha, uning haqiqatiga yetisholmaydi. Musulmon kambag'allikni boylikdan, pasayishni yuksalishdan afzal ko‘rmagunicha va uni maqtagan va yomonlagan kishilarni bir xilda ko‘rmagunicha imon cho‘qqisiga chiqa olmaydi.
O‘zidan boshqa iloh bo‘lmagan Allohga qasamki, musulmon holda tong ottirib, kechqurun shu holda uyquga ketgan bandaga dunyoning musibatlari zarar bermaydi.
Barchangiz mehmonsiz, qo‘lingizdagi dunyo moli esa omonatdir. Mehmon albatta bir kuni ketadi va omonat egasiga beriladi.
Haq og'irdir, biroq tomoqdan oson o‘tadi. Botil yengilgina, ammo kasallik keltirib chiqaradi. Necha-necha insoniy orzu-istaklar borki, ularga ergashilsa, uzoq vaqt davom etguvchi xafagarchilik bilan nihoya topadi». 
 
Saodat asri qissalari


G’aflatning sababi
Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
«Bir safarda Abu Muso bilan birga edik. Tumonat odam yig‘ilganini ko‘rdik. Bir kishi o‘rtada turib, tinmay gapirar edi. Abu Muso menga:
— Ey Anas, kel Rabbimizni zikr etaylik. Ko‘ryapsanki, bular dunyo uchun tinmay gap sotmoqdalar. Ey Anas, bugungi insonlarda oxirat qayHusi deyarli yo‘q, oxirat ular uchun hech bir ahamiyatga ega emas, — dedi.
— Nafsoniy orzu-istaklar va shayton ularni g’aflatga yetaklamoqda, — dedim.
— Yo‘q, unday emas. Ularga dunyo naqd holda ko‘rsatilgan, oxirat esa ulardan pardalangan. Agar dunyoni ko‘rganlari yanglig’ oxiratni ham ko‘rganlarida edi, oxiratdan yuz o‘girmas va dunyoga bu qadar o‘ralashib qolmas edilar, — dedi Abu Muso».


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.