background
logotype
image1 image2 image3

Muborak oy tuhfasi. 20-kun

Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bugun Ramazonning yigirmanchi kuni. Ayyomingiz xayrli o'tsin!

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak kun Oyati

Bas, (shunda ham) yuz o'girsalar, ayting: "Menga Alloh kifoyadir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Unga tavakkul qildim. U buyuk Arshning rabbidir!".
(Tavba surasi, 129-oyat)
 

Muborak kun Hadisi

Mo'min – mo'minning ko'zgusidir. Mo'min – mo'minning birodaridir, unga maishiy ishlarida yordamlashadi, yo'qligida moli va obro'sini himoya qiladi.
Imom al-Buxoriy rivoyati

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir, – deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, – bul eshikdan ro'zani kanda qilmay tutganlargina kirg'aydirlar, xolos. Qiyomat kuni «Ro'zadorlar qani?» deb nido qiling'aydir. Shunda ular o'rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishg'aydir. So'ng eshik yopilg'aydir. Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas».
Imom al-Buxoriy rivoyati
  

Muborak kun Hikmati

Xo'rlikka chidab ilm oldim, piravardida ulug'likka erishdim.
Ibn Abbos
  

Muborak kun Hikoyati

Bir kuni Fotima r.a. kasal bo'lib qoldilar. Negadir ko'ngillari anorni tusadi. Bu haqda erlari Hazrati Aliga r.a. aytdilar.Hazrati Ali r.a.bozorga chiqib, bir dona anor sotib oldilar. Chunki pullari faqat bittagina anorga yetar edi, holos.Bozordan qaytayotganlarida yo'lda bir tilamchi uchrab, qo'llaridagi anorni so'radi. Imon va hayolari qo'ymay, Hazrati Ali r.a. anorni ikkiga bo'lib yarmini unga berdilar. Tilanchi hursand bo'ldi. Uyga kelib ayollariga anorni yarmini berib, yarmini kimga berganlarini aytib, uzr aytdilar. Fotima r.a. uzrni qabul qilib: - Alloh sizdan rozi bo'lsin, sizga ajru mukofat bersin,- dedilar. Oradan hech qancha fursat o'tmagan ham ediki, eshik taqqiladi. Hazrati Ali r.a. ochib qarasalar. Solmon Forsiy r.a. turibdilar. Qo'llaridagi idishda to'qqiz dona anor. - Bu anorlarni Rasululloh s.a.v. berib yubordilar,- dedilar. - Bo'lishi mumkin emas,- dedilar Hazrati Ali r.a. Agar RAsululloh s.a.v . berib yuborgan bo'lsalar anor o'n dona bo'lishi kerak. Chunki Alloh har bir yahshilikka o'n savob beriladi degan. Shunda Salmon Forsiy r.a. cho'ntaklaridan o'ninchi anorni chiqarib: - Barakot uchun olib qolgandim,- dedilar.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.