background
logotype
image1 image2 image3

Qazo namozi. Sajdai sahv

QAZO NAMOZLARI

Mo'min-musulmonlar namozlarini doimo vaqtida o'qishga harakat qilishlari lozim. Lekin biror sabab bilan o'qilmay qolsa, u namozning qazosi o'qilishi kerak. Farz namozlar va vitr namozi qoldirilsa, qazo qilib o'qiladi.
Qazo namozi va umuman har qanday namoz o'qish makruh hisoblangan uch vaqt borki, bular kun chiqish, kun botish va kun tikkaga kelgan (qiyom) paytlaridir.
Namozni o'tkazib yuborish katta gunohdir. Binobarin, qazo namozi o'qilgach, Alloh taolodan mag'firat tilash va har namozni o'z vaqtida, qazo qilmay o'qishni nasib etishini so'rab duo qilish kerak.

SAJDAI SAHV

Namozning farz yo vojiblaridan biri vaqtidan kechiktirib bajarilsa yoki vojib amali unutilib, bajarilmasa, qa'dai oxirada (oxirgi o'tirishda) faqat «Attahiy- yat» o'qilib, o'ng tomonga salom beradi va «Allohu akbar», deb ikki marta sajda qiladi va yana o'tirgan holda «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolarini o'qib, o'ng va chap tomonga salom berib namozni tugallaydi. Bu ikki sajda «sajdai sahv» (xatoni o'nglaydigan sajda) deyiladi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.