background
logotype
image1 image2 image3

Namozni buzadigan, savobini kamaytiradigan hollar

NAMOZNI BUZADIGAN HOLLAR

– namoz paytida gaplashish;
– biror narsa yeyish yoki ichish;
– o'zi eshitadigan darajada kulish (yonidagi eshitadigan qilib kulsa, tahorat ham buziladi);
– birovga salom berish yoki salomga alik olish;
– qibladan boshqa tomonga burilish;
– dunyoviy biror tashvish tufayli «uf» tortish, «oh-voh» deyish va yig'lash (gunohlariga tavba qilib, Allohdan kechirishlikni so'rab yig'lasa bo'ladi);
– ataylab yo'talish;
— bir ruknda uch martadan ortiq begona harakat qilish (masalan: kiyimni to'g'rilash, qashinish va hokazo);
– namozda o'qiladigan oyatlarni ma'nosi buziladigan darajada yanglish o'qish;
– namoz o'qilayotgan paytda tahoratning sinishi.
— sajda holida ikkala oyoqni yerdan ko'tarish.

NAMOZNING SAVOBINI KAMAYTIRADIGAN HARAKATLAR

– Barmoqlarni qisirlatish, ust-boshni o'ynash;
– ko'zni yumish, u yoq-bu yoqqa alanglash;
– rukuda «Subhana robbiyal 'aziym»ni uch martadan kam aytish yoki umuman aytmaslik;
– sajdada «Subhana robbiyal a'la»ni uch martadan kam aytish yoki hech aytmaslik;
– qibla, o'ng tomon va sajdagohda jonli narsalar suratining bo'lishi;
– yo'l ustida egasi rozi bo'lmagan bir joyda namoz o'qish;
— sajda holida bir oyog'ini yerdan ko'tarish.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.