background
logotype
image1 image2 image3

40 farz

Islom besh farzni o‘z ichiga oladi:

1. Imon.

2. Namoz.

3. Ro‘za.

4. Zakot.

5. Haj.

Imon yettita farzdan iborat:

1) Allohga;

2) Allohning farishtalariga;

3) Allohning kitoblariga;

4) Allohning payg‘ambarlariga;

5) Oxirat kuniga;

6) Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;

7) O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish.

Tahoratning farzlari to‘rtta:

1. Yuzni sochlardan xoli joylarini iyak ostigacha va ikki quloq orasidagi qismini yuvish.

2. Qo‘llarni tirsaklari bilan birga qo‘shib yuvish.

3. Boshning to‘rtdan biriga mash tortish.

4. Oyoqlarni to‘piqlari bilan birga yuvish.

G‘uslning farzlari

1. Og‘izni yaxshilab chayish.

2. Burunni achishguncha yaxshilab chayish.

3. Badanning hamma joyini qoldirmasdan yuvish.

Tayammumning farzlari

1. Niyat.

2. Pok tuproqni qasd qilish.

3. Ikki qo‘lni pok tuproqqa urib yuzga surish.

4. Qo‘llarni yana tuproqqa urib, tirsak bilan qo‘shib qo‘llarga surish.

Namozning farzlari o‘n ikkitadir.

Oltitasi namoz tashqarisida, oltitasi namoz ichida.

Namoz tashqarisidagilar «shart», ichidagilar «rukn» deyiladi.

Namozning olti sharti

1. Tahorati yo‘qning tahorat olishi, junub bo‘lganning g‘usl qilishi.

2.   Badan, kiyim va namoz o‘qiladigan joy toza bo‘lishi.

3.   Avrat yopiq bo‘lishi.

4.   Qiblaga qarab turish.

5.   O‘z vaqtida o‘qish.

6.   O‘qiydigan namoziga niyat qilish.

Namozning olti rukni

1.   Iftitoh takbiri.

2.   Qiyom.

3.   Qiroat.

4.   Ruku.

5.   Sajda.

6.   Qa’da (so‘nggi o‘tirish).

Quyidagilar ham farzdir:

1. Ilm olish.

2. Amri ma’ruf, nahyi munkar.

3. Halol mehnat qilish.

4. Rizqni halol yo‘l bilan topish.

5. Shariat halol deb belgilagan narsalarni yeyish.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.